Sherov abdujabbor


Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari



Yüklə 168 Kb.
səhifə8/9
tarix08.06.2023
ölçüsü168 Kb.
#127102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
HOZIRGI ZAMON IQTISODIYOT NAZARIYASI RIVOJLANISHINING ASOSIY YO’NALISHLARI

Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari:munozarali ma’ruza, insert, aqliy xujum, blits-so’rov, klaster
Adabiyotlar: A1;.A2;A3;A4; Q1; Q3


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish – barcha mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion va evolyusion shakllari. Ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning xususiyatlari. O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. O‘tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning milliy modellari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli, uning tamoyillari va xususiyatlari. O‘zbek modelida hozirgi davrdagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy ta'sirlaridan himoya vositasining mujassamlashganligi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichlari. Iqtisodiy islohotlarning mazmuni. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish konsepsiyasi va strategiyasi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari.
Iqtisodiyot fani eng qadimiy fanlardan biri bo’lib, u kishilik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Qadimgi dunyo olimlari Кsenofont, Platon, Arastu iqtisodiy tushunchalarni o’rganganlar va ular o’rtasida bog’liqlik borligini isbotlab berganlar. Bu mualliflarning ilmiy ishlarida iqtisodiy hayotni turli qarashlarda fikrlari mavjud. Ular mehnat taqsimotini zarurligi, tovar va pul, hamda savdoning mohiyati haqida fikr yuritadilar. Кsenofont birinchi marotaba «iqtisod» so’zini ishlatgan. Uning to’liq ma’nosi uy xo’jaligini boshqarish bo’lib, qadimiy grek so’zidan olingan. Shu bilan birga, qadimgi Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston olimlari ham iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishga katta hissa qo’shganlar. Markaziy Osiyo olimlaridan Al-Forobiy (870—950), Abu Ali ibn Sino (980—1037), Abu Rayhon
Beruniy (973—1048), Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy
(1441 —1501), Abduraxmon Jomiy (1414—1492), Zaxiriddin Muxammad Bobur (1483—1530) va boshqalar iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishga katta hissa qo’shganlar.
Al-Forobiy moddiy ne’matlarni har bir insonning ahvoli va ishlab chiqarishda qatnashganlik darajasiga qarab adolatli taqsimlashni yoqlab chiqqan.
Al-Forobiy jamiyat shakllanishining asosiy sababi insonlarning moddiy talabidir, degan nazariyani asoslab bergan bo’lsa, Abu Ali ibn Sino iqtisodiy tafakkurda oila, shahar, davlat darajasida xarajat va daromad balanslari ustida fikr yuritib, ular o’rtasida albatta to’g’ri nisbat bo’lishi zarurligini asoslab bergan.
Xarajat qismidan ilm-fan taraqqiyotiga, ehtiyotkorlik, tabiiy ofat, urush xarajatlarini qoplash fondlarini shakllantirish zarurligi to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini qoldirgan.
Abu Rayhon Beruniy ishlab chiqarishda har xil mehnat turlarining o’rnini tadqiq etgan. Oltin va kumushning umumiy ekvivalent sifatida shakllanish qonuniyatlarini ilmiy asoslagan. Abu Rayhon Beruniy, Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sinolar jamiyat shakllanishida iqtisodiy omillarning o’rni to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirganlar. XI asrning buyuk dahosi Yusuf Xos Hojib o’zining (1069 y.). «Bilim baxt beradi» degan asarida mehnatning mohiyatini, mehnat taqsimotini, uning xususiyatini va moddiy manfaatdorlikni, pulning vazifalarini tahlil qilgan. XIV asrda Amir Temur va temuriylar davrida barcha fanlar, xususan iqtisodiy tafakkur ham taraqqiy etgan. Bu jarayon, avvalo, olim, adib, davlat arbobi Alisher Navoiy nomi bilan bog’liq. Alisher Navoiy qomusiy olim, davlat arbobi bo’lgan. U o’zining «Vaqfiya» va «Munshoat» asarlarida jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy tuzilishi ustida fikr yuritadi. «Jamiyat boyligi manbai mehnat» deb hisoblagan, soliqlarga ortiqcha ahamiyat berishga qarshi chiqqan, savdoning rivojlanishi, davlat moliyasi va baholarni tartibga solish tarafdori bo’lgan. Davlat arbobi sifatida Alisher Navoiy mehnatning har bir turini keltirgan foydasi bilan bog’lab ish haqini tartibga solish siyosatini olib borgan. U iqtisodiy rivojlanishniig har qanday ziddiyatini hukmdorlik qilayotgan hukmdorning adolatli siyosat olib borishi bilan hal etish mumkin, deb hisoblagan.
Iqtisodiyot mustaqil fan sifatida XVII— XVIII asrlarda shakllangan. Ishlab chiqarish taraqqiyoti, uning ko’lamlarining o’sishi, xo’jalik yurituvchilari o’rtasida iqtisodiy aloqalarning vujudga kelishi keng iqtisodiy bilimga ega bo’lishni taqozo etgan. XVI—XVII asrlarda kapitalizm kurtaklari paydo bo’la boshlagan davrda asosan savdo keng rivojlangan. Ana shu davrda iqtisodiy bilimlarni rivojlantirishdagi birinchi nazariy maktab bo’lmish «merkantilizm» vujudga kelgan. Uning namoyandalari farang Antuan de Monkreten, ingliz U.Stafford va boshqalar hisoblanadi. Ularning ilmiy izlanishlarining asosini muomala sohasidagi savdo kapitali tashkil etgan. Antuan de Monkreten 1615 yilda birinchi marotaba o’zining «Siyosiy iqtisodning traktati» asarida fanning nomini
«Iqtisoddan» «Siyosiy iqtisod»ga o’zgartirgan. Buning ma’nosi yunon tilida «davlatni boshqarish san’ati» degan ma’noni bildiradi. U davlat xo’jalik ishlariga aralashishi kerak, deb hisoblagan. Merkantilistlar birinchilar qatorida iqtisodiy tuzumning maqsadi va vazifalari mohiyatini ochib berishga intilganlar. Merkantilistlar millatlar xuddi savdogarlar singari foyda olish uchun bir-birlari bilan raqobat qilishlari kerak deb hisoblaganlar. Ular boylik manbaini muomala sohasida, savdoda ko’rganlar. Merkantilistlar oltin va kumush pullarni to’plashni xo’jalik faoliyatining va davlatning asosiy maqsadi deb qaraganlar. XVIII asrda fransuz faylasuflari va iqtisodchilaridan bir guruhi biznes va sanoatni qo’llab quvvatlashdan voz kechib, ularga e’tibor bermaslikni taklif etdilar. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohasining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish iqtisodiy nazariyaning o’rganish ob’ektiga aylangan davrdan boshlab haqiqiy ilmiy tavsifga ega bo’ldi. Ular fiziokratlar edilar. F.Кene nazariyasiga binoan qishloq xo’jaligining asosiy vazifasi jamiyatni uch sinfga bo’lib, bir yil ichida yaratilgan mahsulotni taqsimotini qiymat va natura shaklida ifodalagan. Fiziokrat (yunoncha so’zdan olingan bo’lib «tabiat hukmronligi» ma’nosini anglatadi). Birinchi bo’lib, xususan F. Кene (1694—1774), A. Tyurgo (1727—1781) va U.Petti (1623—1687) kabi iqtisodchi olimlar boylik manbai ishlab chiqarish deb hisoblaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlari va boshqa tabiiy resurslar boylikning xaqiqiy manbai deb hisoblagan edilar, Fiziokratlar iqtisodiy tizim elementlarini, ya’ni tovar, pul, ish haqi, foyda va takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida, iqtisodiy taraqqiyot qonunlarini o’rganishga intilganlar. Jumladan, F.Кene birinchi marta takror ishlab chiqarish sxemasini yaratgan. Uning sxemasidan AQSh iqtisodchisi Nobel mukofoti sovrindori L. Leontev o’zining yaratgan tarmoqlararo balansida foydalangan. Moddiy ishlab chiqarish sohasining rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq, etish iqtisodiy nazariyani o’rganish ob’ektiga aylangan davrdan boshlab ilmiy xarakterga ega bo’lgan. Bu davr sanoat to’ntarishi davri edi. Iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga ma’lum hissa qo’shgan maktab — bu klassik siyosiy iqtisoddir. Bu maktab namoyandalari A.Smit (1723— 1790), D. Rikardo (1772— 1823) bo’lib, ular birinchi marotaba qiymat nazariyasiga asos solganlar, tovarlar qiymatini uning ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o’lchanishini asoslab berdilar. A.Smit, D.Rikardolar tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o’rgandilar. Ularning ilmiy tadqiqotlari ko’proq tovar, pul, ish haqi, foyda kabi kategoriyalarning mohiyatini ochishga qaratilgan edi. Birinchi marotaba ular ijtimoiy xo’jalik taraqqiyotida bozorning o’rnini belgilab berdilar.
A.Smit obrazli qilib «Hamma iqtisodiy agentlarning harakatini «ko’zga ko’rinmas qo’l» boshqarib turadi», deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir agent bozor munosabatlarida mustaqil ish tutib, o’z manfaatini ro’yobga chiqara borib, pirovard natijada «ko’zga kurinmas qo’l» vositasida o’zi bilmagan holda maqsad sari yo’naltiriladi. U o’z manfaatlarini ko’zlab, jamiyat manfaatlariga o’zi ongli tarzda intilganiga nisbatan ancha qo’proq samarali tarzda xizmat qiladi»1. XIX asrning ikkinchi yarmida burjua siyosiy iqtisodiga qarama-qarshi proletar iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Uning asosini qo’shimcha qiymat haqidagi ta’limot tashkil etgan bo’lib, natijada iqtisodiyot nazariyasi ikki, marjinalizm va marksistik tarmoqqa ajralib ketdi.
XIX—XX asrlarda marjinalizm tarmog’idagi iqtisodiy fanda bir qator maktablar shakllangan bo’lib, ularning ba’zilari hozirda ham tan olingan. Xususan Avstriya maktabi namoyandalari, К.Menger (1888—1926), E. Bem-Baverklar
(1851 — 1914) ne’matlarning naflilik chegarasi nazariyasi bilan tanilganlar. Mazkur nazariyaga muvofiq ne’matlarning qiymati uning chegaralanligi va noyobligi bilan aniqlanadi.
Bozorda narxlarni shakllanishiga A.Marshall e’tibor berib, baho, talab va taklifni birgalikda, o’zaro bog’likda o’rgangan. Uning fikricha bozor narxlari talab va taklifga o’zaro bog’liq ekanligini ifoda etadi. U o’zining tadqiqotida vaqt omilini tengligini ilmiy tahlil qilgan.
AQSh iqtisodchisi Dj. Кlark (1847—1938) ishlab chiqarish omillari unumdorligining kamayishi va unumdorlik chegarasi nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga asosan har qanday ishlab chiqarish omillari unumdorlik chegaralariga ega ekanligi va bu unumdorlikning kamayib borishi asoslab berilgan.
Shu davrda iqtisod fanida ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842—1924) tomonidan asos solingan Кembridj maktabini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. U qiymat, chegaraviy foydalilik va naflilik chegarasi, unumdorlik chegarasi nazariyalarini yaratishga harakat qildi. Buning natijasida esa talab va taklif nazariyasi yaratildi.
A.Marshall «Ishlab chiqarish xarajatlari va pirovard foydalilik shubhasiz bitta umumiy bo’lgan talab va taklif qonunining tarkibiy qismlaridir»2,— degan fikrni bildiradi.
XX asrning 30-yillarida iqtisodiy tafakkur o’zining rivojlanishida yangi bosqichga o’tdi. Unga ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Кeyns (1886—1943) asos soldi. U tartibga solinuvchi kapitalizm nazariyasini asoslab berdi. Uning asosiy g’oyalari «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» asarida o’z aksini topgan. U bozor mexanizmi o’zi mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’liq va samarali foydalanishni ta’minlay olmaydi deb hisoblagan. U undan samarali foydalanishni tashkil etish uchun davlat iqtisodiyotni tartibga solishda, samarali moliyaviy byudjet va pul-kredit siyosatini shakllantirishda, uni olib borishda faol qatnashishi zarur deb hisoblagan. Djon Meynard Кeyns fiziokrat A.Smitning bozorni maqtash nazariyasiga qarshi chiqib, bozor mexanizmi ma’lum bir o’zgarishlarga, iqtisodiy krizislarga yo’l qo’yilishi davrlarida Djon Meynard Кeyns bozor iqtisod mexanizmiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Djon Meynord Кeyns jamiyatni takomillashtirishni talab bilan bog’liqligini e’tiborga olgan holda, birinchi o’ringa talab samaradorligini va davlat tomonidan uni qo’llash zarurligini ko’rsatib bergan. Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli R.Xarrod, A.Xansen va P.Samuelson (1915) tomonidan rivojlantirildi.
P.Samuelson tomonidan yaratilgan neoklassik sintez nazariyasi mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy taraqqiyot holatiga qarab, yo davlat tomonidan yoki Djon Meynard Кeyns nazariyasiga asoslangan holda bozor mexanizmlari orqali iqtisodiyot boshqarilishi kerak. Iqtisodiyot nazariyasini hozirgi zamon yo’nalishlaridan biri institusionalizm nazariyasi hisoblanadi. Uning vakillari bo’lib T.Veblen, Dj.Gelbreyt, R.Кouz, G.Bekker va boshqalar hisoblanadi. Ularni nazariyalarini markazida institutlar, ularning qatoriga davlat, xuquqiy mulkchilik, oila, monopoliya va boshqalar turadi. Institutlar tashqi iqtisodiy va ichki iqtisodiy omillar asosida rivojlanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyot nazariyasi xuquq, sosiologiya, ekologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog’liqdir.
D.Gelbreyd hozirgi zamon iqdisodiyot fanining yirik namoyandalaridan biri hisoblanadi. U hozirgi iqtisodiy sharoitda ishlab chiqarishni korporasiya asosida tashkil etish yagona yo’ldir, deb hisoblagan. U hozirgi xo’jaliklarni ob’ektiv zaruriyati rejalashtirishdir, rejalashtirish bozor munosabatlari o’rnini egallaydi deb hisoblagan. Кorporasiyalar faoliyatining davlat tomonidan boshqarilishi zarurligi ular o’rtasida yaqindan o’zaro harakatlantiruvchi alokalar bo’lishini ta’kidlaydi. U faqat
iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy masalalarini sezilarli darajada taraqqiy ettiribgina qolmasdan, balki insoniyat rivojlanishining ulkan muammolari masalasida ham ahamiyatga molik fikrlarni ilgari surdi.

Yüklə 168 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin