Ilova Google tomonidan ta’minlanadigan minimalizm uslubida ishlanishi va asosiy ranglar sifatida manaxrom ranglardan foydalanishi kerak. Qorong’u rejim bo’lishi kerak.
Ilovaning dizayniga qo’yiladigan talablar
Ilova dizayni Google Material uslubiga asoslangan bo’lishi;
Asosiy ranglar manaxrom bo’lishi;
Kontent ranglari rangli bo’lishi;
Tipografiya muqobil bo’lishi;
Kerakli animatsiyalar ta’minlanishi.
Ilovaning shriftlariga qo’yiladigan talablar
Asosiy shrift sifatida, sarlavhalar uchun Roboto shrift va uning Medium hajmi ishlatilishi;
Qo’shimcha shriftlar sifatida, tana matni va hokazolar uchun Roboto shrifti va uning Regular hajmi ishlatilishi;
Shriftlarning o’lchami mobil qurilma ekraniga qarab o’zgarmasligi kerak.
Ilovadan foydalanish talablari
Ilova quyidagi tizimda ishlashi kerak:
Google Android 4.2 va undan yuqori.
Ilova kontentiga talablar
Ilovaning kontent tuzilishi oddiy va unda faqat dars jadvali bo’ladi;
Ilova 3 ta tilda: rus, o’zbek va ingliz tilida ishlashi kerak;
Ilovadagi dars jadvalini eksportlash va importlash imkoniyati bo’lishi kerak.