Shartli va shartsiz operatorlar


O`tilgan mavzuni takrorlash



Yüklə 192,5 Kb.
səhifə2/5
tarix27.11.2022
ölçüsü192,5 Kb.
#70815
1   2   3   4   5
Musbat-va-manfiy-sonlarni-kopaytirish-6-sinf

O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar bilan o`zaro savol-javob asosida o`tilgan mavzu takrorlanadi:
1-savol: Bir xil ishorali sonlar ko`paytmasi qanday topiladi ?
Javob: Bir xil ishorali ikkita sonni ko`paytirish uchun ularning modullari ko`paytiriladi va ko`paytma oldiga “+” (plus) ishorasi qo`yiladi.
2-savol: Har xil ishorali sonlar ko`paytmasi qanday topiladi ?
Javob: Har xil ishorali ikkita sonni ko`paytirish uchun ularning modullari ko`paytiriladi va ko`paytma oldiga “-” (minus) ishorasi qo`yiladi.
3-savol: Son bilan 0 ning ko`paytmasi nimaga teng ?
Javob: Ixtiyoriy son n bilan 0 ning ko`paytmasi 0 ga teng: n ∙ 0 = 0; 0 ∙ n = 0.
4-savol: Sonni (-1) ga ko`paytirilganda nima o`zgaradi ?
Javob: Ixtiyoriy son n ni (-1) ga ko`paytirilsa, n ga qarama qarshi son hosil bo`ladi, ya’ni sonni (-1) ga ko`paytirish uning ishorasini o`zgartiradi xolos: n ∙ (-1) = - n; (-1) ∙ n = - n.
5-savol: n sonning k-darajasi deganda nimani tushunasiz ?
Javob: Har biri n ga teng bo`lgan k ta ( k – natural son) ko`paytuvchining ko`paytmasi n sonning k-darajasi deyiladi va nk kabi belgilanadi:
nk = n ∙ n ∙ n ∙...∙ n, bu yerda ko`paytuvchilar soni k ta.
6-savol: Sonning 1-darajasi nimaga teng ?
Javob: Har qanday n sonning 1- darajasi shu sonning o`ziga teng: n1 = n.


O`tilgan mavzuga doir test sinovi.

  1. Ko`paytmani toping: (-7) ∙ ( -11).

A) -77 B) 77 C) -18 D) 18
2. Ko`paytmani toping: (-14) ∙ 8
A) -112 B) 112 C) -22 D) -6
3. Ko`paytmani toping: (-1,8) ∙ 6
A) -10,8 B) 10,8 C) -6,48 D) 4,2
4. Ko`paytmani toping: (-1,2) ∙ (-1,5)
A) -1,8 B) 1,08 C) 1,8 D) -1,08
5. Ko`paytmani toping: -2014 ∙ 0.
A) -2014 B) 2014 C) 0 D) -2013
6. Ko`paytmani toping: -41∙ (-1) .
A) -41 B) 41 C) 42 D) -40.
7. Darajani hisoblang: (-1)41.
A) -41 B) 41 C) 1 D) -1.



Yüklə 192,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin