315
Agar
majburiyatni
bajarmaganlik
yoki
lozim
darajada
bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan bo‘lsa, zararning neustoyka
bilan qoplanmagan qismi to‘lanadi. Qonunda yoki shartnomada zararni
emas, balki faqat neustoykani undirib olishga yo‘l qo‘yiladigan; zarar
ham neustoykadan tashqari to‘la hajmda
undirib olinishi mumkin
bo‘lgan; kreditorning tanloviga ko‘ra yoki neustoyka yoxud zarar undirib
olinishi mumkin bo‘lgan hollar belgilanishi mumkin. Ushbu tartib
qoidalar FK-325-moddasida va O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to‘grisida”gi Qonunining 34moddalarida mustaxkamlangan.
Agar to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning majburiyatini
buzish oqibatlariga nomutanosibligi ko‘rinib tursa, sud neustoykani
kamaytirishga haqli. Bunda qarzdor
majburiyatni qay darajada
bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli,
shuningdek kreditorning manfaatlari e’tiborga olinishi kerak.
Sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga
olib, kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoykani kamaytirish
huquqiga ega.
FKning 326-moddasi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
15.06.2007 yil 15 iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘grisidagi fuqarolik
qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son
qarorining 4-bandi.
Pul majburiyatini bajarmaganlik uchun javobgarlik - boshqa
shaxslarning pul mablaglarini gayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib
berishdan
bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish
yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamgarish natijasida
ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablaglar summasiga foiz to‘lanishi
kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs
bo‘lganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning
tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan
bank foizining hisob
stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida sud
kreditorning talabini da’vo qo‘zgatilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan
kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu
316
qoidalar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilangan
bo‘lmasa qo‘llaniladi.
Kreditorning pul mablaglaridan qonunsiz foydalanish tufayli unga
yetkazilgan zarar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga
asosan unga tegishi kerak bo‘lgan
foizlar summasidan oshib ketsa,
kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‘lgan qismini
to‘lashni talab qilishga haqli.
FKning 327moddasi shuningdek, FKning
236 — 258, 324 — 326, 328 — 339, 785, 1023moddalari va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 24.09.1999 yildagi “Fuqarolik
kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim
masalalar to‘grisida”gi 16-son qarorining 22-bandi, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007 yil 15 iyundagi
“Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik
uchun mulkiy javobgarlik to‘grisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini
qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarorining 4-
bandining ikkinchi xatboshisi, 5 — 11-bandlari, 12-bandining ikkinchi
xatboshisi, 13-bandi, 18-bandining ikkinchi xatboshisi.
Dostları ilə paylaş: