199
Yer uchastkasini olib qo‘yish va uyni, boshqa imoratlarni,
inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo‘porib tashlash
to‘risidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy
dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish
loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni,
inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo‘porib tashlashga
zararning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘la qoplanmagunga
qadar yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki
dovdaraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror to‘risida buzib tashlash
boshlanishidan kamida olti oy oldin,
bildirishnomaga tegishincha
Qoraqalpoiston Respublikasi Jo‘qori Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlari qarorining ko‘chirma nusxasini ilova
qilgan holda yozma ravishda (imzo qo‘ydirib) xabardor qilishi shart.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni,
inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk
huquqi bekor qilinayotganda olib qo‘yilayotgan
mol-mulkning qiymati
ana shu mol-mulk bevosita olib qo‘yilishidan oldingi paytdagi yoki olib
qo‘yilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga ta’sir ko‘rsatgan
paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorga buzib
tashlanayotgan mol-mulkning o‘rnini qoplash, buzib tashlanayotgan
uyning mulkdoriga turar joy berish, fuqaroga olib qo‘yilgan yer
uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatini berish, yer uchastkasi va
boshqa mol-mulk olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan
zararning o‘rnini qoplash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi.
(19-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-
yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-
yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan
qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qaror
sud tomonidan nizo hal
200
etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan
zararning o‘rnini qoplash masalalari ham nizoni ko‘rib chiqishda hal
etiladi. (19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi
O‘RQ-656-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son)
Mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunga xilof
egaligidan talab qilib olishga haqli. Mazkur huquqni amalga oshirishda
davlat organlari mulkdorga ko‘maklashishi shart. Mulkdor o‘z
huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan
mahrum etish bilan bogliq bo‘lmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi
mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga
ko‘maklashishi shart. Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun
qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga
yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati
davlat tomonidan to‘la hajmda qoplanadi. Zararning o‘rnini qoplash
to‘risidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati
mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan
yoki mulkdorga
qo‘shimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega
emasligi kafolatlangan (23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,03/21/683/0375-son)
Xususiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi subyektlar
mol-mulki
davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish
natijalarining qayta ko‘rib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Davlat
mulkini
davlat
tasarrufidan
chiqarish
hamda
xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib
chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
Quyidagi ko‘char va ko‘chmas mol-mulk davlat tasarrufidan
chiqarilgan hamda xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb
e’tirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va
xususiylashtirilmaydigan
obyektlar
bundan
mustasno):
davlat
201
tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-
mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan
ko‘char va ko‘chmas mol-mulk;
korxona hududida joylashgan, davlat
tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida
tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan ko‘char va ko‘chmas mol-
mulk.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu
jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib
chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan
davlat organlari,
shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi
hududida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda
mulk huquqi kafolatlangan.
Dostları ilə paylaş: