193
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining
mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf
etishni talab qilish huquqidan iboratdir.
Ommaviy mulk davlatga tegishli mulkdan iborat bo‘lib, u ikki xil
ko‘rinishda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi mulki va munitsipal
mulkdan tashkil topadi.
Tadbirkorlik faoliyati umumiy mulk, ya’ni bir necha fuqarolar va
yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan mol-mulk asosida ham amalga
oshirilishi mumkin. Umumiy mulk birgalikdagi va ulushli mulkdan iborat
bo‘lishi mumkin.
Mulkiy huquq ob’ektlari - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi er,
er osti boyliklari, ichki suvlar,
havo havzasi, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar,
mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat
namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi,
selektsiya
yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, asbob-
uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli
qogozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
Mulk huquqi egalari har birining, ularga tegishli bo‘lgan umumiy
mol-mulkdagi ulushlari (hissalari) aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, bunday
mulk ulushli mol-mulk deyiladi. Ulushli
mol-mulkda qonunga asosan
yoki ishtirokchilarning kelishuvi bilan ularning ulushlari aniq belgilab
qo‘yilmagan bo‘lsa, ulushlar teng deb hisoblanadi.
Umumiy qoidaga asosan birgalikdagi mulkka uning egalari
birgalashib egalik qiladilar va foydalanadilar. Lekin ular o‘zaro kelishib,
boshqacha tartib o‘rnatgan bo‘lishlari ham mumkin. Bunday mulkni
tasarruf qilishda uning egalarining roziligi talab qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining ta’siri ostida birgalikdagi
mulk huquqi ishtirokchilarining har biriga ularning barchasining roziligi
bilan ushbu molmulk yuzasidan bitimlar tuzish huquqi beriladi. Masalan,
er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli bo‘lgan mol-
mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganda, ish
muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki
xotinning roziligi bilan
194
ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan
o‘tkazilayotganda tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Tadbirkorlik faoliyati turli shakldagi mulk huquqi asosida va
ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Agar tadbirkorlik umumiy mulk
asosida amalga oshirilsa, har bir tadbirkorning tegishli ulushi belgilab
qo‘yiladi, shunga muvofiq, tadbirkorlikni amalga oshirish natijasida
qo‘lga kiritilgan daromadlar ham ulushlarning miqdoriga qarab, a’zolar
o‘rtasida taqsimlanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolari,
jamoalar,
ularning
birlashmalari, jamoat tashkilotlari
va diniy tashkilotlar, fuqarolarning
oilaviy va o‘zga birlashmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari,
xalq deputatlarining barcha bo‘indagi Kengashlari hamda ular vakolat
bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar,
boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Bir necha yuridik
shaxslar va fuqarolar aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 217-moddasiga muvofiq, agar ulushli mulk
ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin bo‘lmasa
hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qo‘yilgan
bo‘lmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi. Tadbirkorlikni amalga oshirish
jarayonida ulushlar haqida nizo kelib chiqqan
taqdirda bunday nizo
umumiy mulk-egalari har qaysisining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal
qilinadi.
Agar meros olish, rekvizitsiya yoki musodara qilish natijasida yoki
boshqa asoslarga ko‘ra, davlat bilan fuqaroning, yoxud kooperativ va
boshqa jamoat tashkiloti bilan fuqaroning umumiy mulki tashkil bo‘lib
qolsa, u holda bunday umumiy mulk paydo bo‘lgan kundan boshlab bir
yil ichida qonunda ko‘zda tutilgan usullarni qo‘llash yo‘li bilan bekor
qilinishi lozim edi. Endilikda mol-mulklarni umumlashtirish asosida
birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyat
yaratildi.
Tadbirkorlik ajnabiy fuqarolar hamda yuridik shaxslarning mol-
mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida ham amalga oshiriladi. Mol-
mulkdan
foydalanish, uni tasarruf etish, uning asosida tadbirkorlik
195
yuritish haqidagi O‘zbekiston fuqarolariga tegishli qoidalar ajnabiy
fuqarolarga ham taalluqlidir.
Ushbu huquqdan foydalanib, zarur sarmoyaga ega bo‘lgan ajnabiy
davlat fuqarolari o‘zaro manfaatdorlik asosida qo‘shma korxonalar yoki
faqat o‘zlariga tegishli bo‘lgan korxonalarni imtiyozli ravishda tashkil
etishlariga imkon beriladi. Bunda ularning mol-mulklari va mulkiy
huquqlari, manfaatlari qonun bilan qo‘riqlanadi va daxlsizligi to‘la
kafolatlanadi. Xorijiy fuqarolar respublika
hududida tadbirkorlik
natijasida orttirgan mol-mulkni o‘z xohishlari bilan meros qilib
qoldirishlari, xayr-ehson qilishlari yoki o‘zlariga tegishli daromadlarni
O‘zbekistondan erkin olib ketishlari qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston yuridik shaxslari va ajnabiy yuridik shaxslar ishtirokida
birgalikda tadbirkorlik faoliyatini o‘zlariga tegishli mol-mulki asosida
qo‘shma korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari tuzish yo‘li bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: