271
qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator listenziyalanadigan
faoliyat turlari va ruxsat berish tartibtaomillari qisqartirildi hamda
soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik
muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati
sohasida bir qator tizimli
muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni
rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy
investistiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy
manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi.
Xususan:
birinchidan, nazorat qiluvchi organlar
va insofli tadbirkorlik
subyektlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan
O‘zbekiston
Respublikasining
soliq
siyosatini
takomillashtirish
konstepstiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini,
davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa
majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab
etadi;
ikkinchidan,
qonun
hujjatlarida
zamon
talablariga
javob
bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning
mavjudligi sababli
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar
bo‘yicha qarzdorliklar sun’iy yo‘l bilan yigilib bormoqda;
uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy
manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va
ortiqcha nazorat funkstiyalari amal qilmoqda;
to‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan
tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks
tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning
yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar
faoliyatining shaffofligini ta’minlash va o‘tkaziladigan tekshiruvlarning
asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti;
beshinchidan, o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi
va xolisligini ta’minlovchi nazorat qiluvchi
organlar faoliyati ustidan
mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan;
272
oltinchidan, ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzib, davlat va jamiyat
ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan
jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplashning
amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy
manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining
davlatga
bo‘lgan
ishonchiga
putur
etkazmoqda,
shuningdek,
mamlakatning investistiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda.
Biznesni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish,
tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini
yanada kuchaytirish, mamlakatda investistiya va ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiining
tashabbusi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat
soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi PF-5490-son Farmoni bilan
mavjud bo‘lgan qat’iy belgilangan soliq
va ushbu qarzdorlik uchun
hisoblangan penyalar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy
jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha
quyidagilarga masalan, 2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi
tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarga va 2018 yil 1 apreldan
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan,
faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka
tartibdagi tadbirkorlarga; davlat
ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanganligi uchun
bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy
shaxslarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish belgilandi.
Shu bilan birga ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan
qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda
ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019 yil 1
iyulga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan
hollarda
amalga oshirilishi belgilandi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi
Dostları ilə paylaş: