262
bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud
mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin. Bo‘ysunish
tartibida
yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat berish
shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Sudga shikoyat berilganida ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni
yoki qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar
to‘xtatib
turiladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining
hayoti va solii uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish
bilan bogliq bo‘lgan harakatlar yoki qarorlar bundan mustasno.
Tadbirkorlik subyekti sudga shikoyat berganligi to‘risida nazorat qiluvchi
organni tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni
ilova qilgan holda xabardor
qilishi shart. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor
shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga
mazkur shaxslarda
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar o‘tkazish rejasidan
ko‘chirma yoki rejadan tashqari yoxud muqobil tekshiruv o‘tkazish
to‘risida ushbu organ tomonidan qabul qilingan qarorning ko‘chirma
nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari,
tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruv o‘tkazish muddatlari
ko‘rsatilgan buyruining ko‘chirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor
shaxslarning tekshiruvlar o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘risidagi
maxsus guvohnomasi hamda shaxsiy guvohnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l
qo‘yiladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
qiluvchi organlarning
mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvdan
o‘tkazayotganda tekshirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritadi. Huquqni
muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish
choida tadbirkorlik
subyektlarining tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan ko‘riqlanadigan
boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan axboroti sir saqlanishini
263
ta’minlashi shart. O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi
huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (bundan
keyingi matnda Departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni
muhofaza
qilish organi hisoblanib, soliq, valyutaga oid jinoyatlar va
huquq buzilishlari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish, terroristik faoliyatni moliyalashtirishga
qarshi kurashish
sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish,
shuningdek davlatga etkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning
asosiy maqsadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: