21
Xulosa
O`zbekiston Respublikasi mustaqil Davlat suverenligini qo`lga kiritgan birinchi
kunlaridanoq uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar milliy
ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg`unlashtirilgan,
jahon andozalari darajasiga mos “milliy modelni” hayotga tadbiq qilishga qaratildi.
Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakkurini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va
umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning iste’dodlari,
qobiliyatlarini tadqiq etish, estetik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish davlat
umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida belgilab berilishi yosh
avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun ta’lim-tarbiyaning barcha sohalarida,
ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda.
Shuningdek, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va uni yanada yuksaltirish yo`lida
ta'lim-tarbiya tizimini yuksaltirish muhim aqamiyatga egadir. Kashtachilik
buyumlarida naqsh bezaklaining ahamiyati esa amaliy san’at darslarini o’tishda
muhim ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’quvchilarning nazariy bilim va
amaliy ko’nikmalarini shakillantirishda ushbu dars mashg’ulotlarining o’rni
nihoyatda ahamiyatlidir.
Kurs ishining I bobda Qadimgi matolar turlari va ularni ishlab chiqarish
jarayonlari, II bobida Kashtachilik buyumlarida naqsh bezaklarining ahamiyati
yoritilgan.
Xulosa qilib aytganda “Kashtachilik buyumlarida naqsh bezaklarining
ahamiyati“ muhim ahamiyat kasb etib, o’quvchilar ijodiy faoliyatida bilim
saviyalarini yanada to‘laqonli bo‘lishiga amaliy yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: