Ijodkorlik toʻsigʻi.
Eski dasturlar boʻyicha bir xillikda ishlashga
odatlangan pedagoglar hech narsani oʻzgartirishni, oʻrganishni va
rivojlanishni
xohlamaydilar.
Ular
taʻlim
tizimidagi
barcha
yangiliklarga tanqidiy nigoh bilan qaraydilar.
2.
Muvofiqlik.
Moslashuvchanlik,
rivojlanishni
istamaslik,
boshqalarning
koʻziga
kulgili
koʻrinishi
tufayli
pedagoglar
gʻayrioddiy pedagogik qarorlar qabul qilishdan bosh tortadilar.
3.
Shaxsiy tashvishlar
. Oʻziga ishonchsizlik, oʻzini past baholash,
oʻz mulohazalarini ochiq aytishdan qoʻrqish tufayli koʻplab
pedagoglar taʻlim tashkilotidagi har qanday oʻzgarishlarga ham
beparvo boʻlishadi.
18
4.
Qatʻiy fikrda qolish.
Katta yoshdagi pedagoglar oʻz fikrlarini
yagona, yakuniy, qayta koʻrib chiqilmaydigan deb bilishadi. Ular
yangi bilim va koʻnikmalarni egallashga intilmaydilar, zamonaviy
taʻlim tashkilotlaridagi yangi tendensiyalarga salbiy munosabatda
boʻlishadi.
Kasbga yoʻnaltirish — tarbiyalanuvchining oʻz ehtiyojini oqilona
cheklaydigan shaxs sifatida kamolotga yetishining pedagogik jarayoni
boʻlib, nafaqat pedagogik tashqi ijtimoiy-iqtisodiy, balki psixologik,
tibbiy, huquqiy muammo hamdir.
Odob-axloq — shaxsning oʻziga va dunyoga munosabatlariga olib
boruvchi hatti-harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli boʻlib,
sababiyat, tasavvurlar va qarashlarni oʻz ichiga oladi, yaʻni shaxs
shakllanishining manbai hisoblanadi.
Axloqiy tarbiyalanganlik — shaxsning asosiy fazilatlarining
(mehnatsevarlik, toʻgʻrisuzlik, jamoaviylik) yoki axloqlilikning asosiy
belgilarining rivojlanishi darajasiga qarab aniqlanadi.
Shaxsning aqliy sifatlari - shaxsning aqliy jihatdan kamolotga
yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon
boʻladi. Bunga olib boruvchi sifatlar: bilagʻonlik, obyektivlik, faol
fikrlovchanlik, mehribonlik hisoblanadi.
Innovatsion xulq-atvor moslashishni emas, balki oʻz shaxsiy
qarashlarning shakllanishini, oʻzini oʻzi rivojlantirishni nazarda tutadi.
Pedagog innovatsion taʻlim jarayonida barkamol shaxsni tarbiyalash
uchun masʻul ekanligini tushunishi kerak. "Tayyor shablonlar", koʻr-
koʻrona ergashish uning shaxsiy xususiyatlariga mos kelmaydi, u
doimiy ravishda oʻz intellektual darajasini oshirishi muhimdir.
“Komplekslar” va psixologik toʻsiqlardan xalos boʻlgan pedagoggina
innovatsion oʻzgarishlarning toʻlaqonli ishtirokchisi boʻla oladi.
Maktabga tayyorgarlik xususiyatlari xam shaxs faoliyatining eng
muhimlaridan biridir. Chunki jismoniy qobiliyatsiz demokratik
jamiyat ham va jamiyat haqida tushunchalarni ham tasavvur qilib
boʻlmaydi. Maktabga tayyorgarlik xususiyatlarida shaxs jismoniy
jihatdan kamolatga yetadi, jismoniy rivojlanish esa shaxsda psixik
sifatlarni oʻsishiga taʻsir koʻrsatadi. Bu ikkalasi bir-biri bilan organik
ravishda bogʻlangan boʻlib, ularni ajratish mumkin emas. Demak,
bundan maʻlumki kishilarni demokratik ruhda tarbiyalashda katta
ahamiyatga egadir.
|