9
Taʻlim tizimining asosiy maqsadi esa – bolani hayotga tayyorlash
boʻlib, uni oʻqitish mazmuni, usullarini pedagog belgilaydi
2
.
Jamiyatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida faol, maqsad sari
intiluvchan, ijodkor shaxsga boʻlgan ehtiyoji kuchaymoqda. Shuning
uchun ham oʻquv-tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama
rivojlantirish uchun qulay pedagogik shart-sharoitlar yaratishga
alohida eʻtibor qaratilmoqda. Bunda asosiy vazifa pedagog zimmasiga
tushadi. Pedagog har bir bolaning oʻquv ehtiyojlarini qondirishi,
ularning mayllari, qiziqishi va imkoniyatlarini aniq hisobga olgan
holda taʻlim berishi kerak
3
.
Hozirgi kun zamonaviy taʼlimining rivojlanishi yangi yoʼnalish -
innovatsion faoliyatni taqozo etmoqda. «Innovatsion pedagogika»
termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida
Gʼarbiy Yevropa va АQShda paydo boʼlgan. Dastlab innovatsion
faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.А.Kan-
Kalik, N.V.Kuzmina, V.А.Slatenin, А.I.Sherbakov ishlarida tadqiq
etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgʼor
pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan.
X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, M.Mayez, А.Xeyvlok,
D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion rivojlanishlarni boshqarish,
taʼlimdagi oʼzgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti» va
«faoliyati» uchun zarur boʼlgan shart -sharoitlar masalalari tahlil
qilingan.
Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik olimlardan
biri E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish
jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka
boʼlgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.
“Innovatsion taʻlim texnologiyalari” tushunchasi keng qamrovli
mazmunga ega. Usbu tushunchani izohlash uchun avvalambor
Dostları ilə paylaş: