O’z ozini rivojlantirish kompetentsiyasi doimiy ravishda o’z o’zini jismoniy ma’naviy, ruxiy va intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqqil o’qib o’rganish bilim va tajribani mustaqil ravishda muntazzam oshirib borish, o’z hatti harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini yegallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his yetish va ularda faol ishtirok yetish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish unga rioya qilishi mehnat va fuqarolik munosabatlarida muamala va huquqiy madaniyatga yega bo’lisg layoqatini nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetentsiyavatanga sadoqatli, insonlarga mehr oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ye’tiqodli bo’lishni, badiy va san’at asarlarini tushinish, orasta kiyinish, ma’daniy meyorlarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatini nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi aniq hisob kitoblarga asoslangan xolda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma va diagrammalarni o’qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan mehnat unumdorligini oshiradiga qulay shart sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish ko’nikmalarini nazarda tutadi.
O’quv predmetining asosiy bo’limlari
Geografiya o’quv kursining asosiy bo’limlari quyidagicha:
Geografiya fanlar tizimi haqida tushuncha
Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi
Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari
Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar
Yer yuzi tabiatining rivojlanish tarixi
Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari
Geografik qobiqning kenglik zonalligi va sektorligi
Balandlik mintaqalanishi qonuniyati
Geotizimlar va ularning pog‘onasimonligi, Amaliy mashg’ulot
Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar
Antropogen landshaftlar
Tabiatni muhofaza qilishning geografik asoslari
Tabiiy-geografik jarayonlar
Geografik baholash
Geografik prognoz
Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat
Urbanizatsiya jarayonlarining global va regional jihatlari
Xalqaro migratsiya jarayonlari va muammolari geotizimlar, Amaliy mashg’ulot
Dunyoning geosiyosiy tizimi va uning shakllanishi
Jahondagi zamonaviy geosiyosiy vaziyat. Davlatlarning integratsion uyushmalari
Yevropa subregionlari
Lotin Amerikasi
Karib havzasi orol mamlakatlari
Insoniyatning global muammolari
Afrika subregionlari
Okeaniya davlatlari
Janubi-g‘arbiy Osiyo va Janubiy Osiyo subregionlari
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo subregionlari
Markaziy Osiyo mamlakatlari
Markaziy Osiyo mamlakatlarining geoekologik muammolari
O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni va munosabatlari
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va rivojlanishi