Scientific progress volume ǀ issue ǀ



Yüklə 451,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix11.04.2023
ölçüsü451,11 Kb.
#96244
  1   2   3   4   5
yan-amos-komenskiyning-pedagogik-g-oyalari



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 562
YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI 
Akmaljon Ikrom o’g’li Axmedov 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada pedagogika rivoji uchun hissa qo‘shgan olimlarning buyuk 
g‘oyalari yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: “Buyuk didaktika”, ”Onalar maktabi“, inson tabiatni bir 
qismi,” eng oddiy elementlar”, “bilim olaman desang, takror qil” ko‘rgazmalilik, Yan 
Amon Komenskiy.
Buyuk slavyan pedagogi Yan Amon Komenskiy 1592-yilda Chex diniy jamoasida 
tegirmonchi oilasida tug‘ildi, jamoadagi maktabda o‘qidi. Komenskiy ota-onasidan erta 
judo bo‘ladi, jamoa a’zolari yordamida universitetga kirib, o‘qishni tamomlagandan 
keyin, Fulkenns shahridagi qardoshlik maktabida o‘qituvchi bo‘lib xizmat qildi. So‘ngra 
mahalliy jamoada rahbarlik vazifasida ishlaydi, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanib, chex 
tilining xususiyatlarini, xalq og‘zaki ijodini o‘rganadi, qardoshlik maktablaridagi 
o‘qitish mazmuni va usullarini takomillashtirish ustida ish olib boradi. 1628-yilda chex 
xalqi bilan birga Po’lshaning Leshno shahriga ko‘chib keladi, bu shaharda ham 
qardoshlik maktabini ochib, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, o‘ziga olamshumul shuhrat 
keltirgan “Buyuk didaktika “ va “Onalar maktabi “ asarlarini nashr qildiradi. Shvetsiya 
va Vengriyada bo‘lganda ham maktablarni isloh qilish bilan shug‘ullanadi, “Hislar 
vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari “ darsligini, “Insoniy ishlarni 
tuzatish haqida umumiy maslahatlar “ asarlarini yozadi.
Komenskiy bola tarbiyasi, insonning tabiat bilan uyg‘unligi haqida.
Komenskiy o‘rta asrdan farqli o‘laroq tug‘ilganidan boshlab bola egallagan 
qobiliyatini xudoning tuhfasi hisobladi va ayni paytda, bu qobiliyat faqat tarbiya 
jarayonida rivojlanishini o‘qtirdi. Komenskiy insonning rivojlanishida tarbiyaning o‘rni 
benihoya ekanligiga ishonadi va tarbiya tufayligina har qanday bolani yuksak axloqli 
ma’lumotli qilib yetishtirish mumkin degan fikrni bildirdi, bolani yoshlik chog‘idan 
jismonan sog‘lom, ma’naviyatli qilib tarbiyalashni talab qildi.
Komenskiy o‘z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi va 
tabiatdagi barcha mavjudodni yagona bir qonunga bo‘ysunadi, degan g‘oyani olg‘a 
suradi. Uning fikricha, ta’limni, bolalarni narsa va mavjudodlar bilan tanishtirishdan
ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o‘rganishga 
o‘tish zarur.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Yüklə 451,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin