Science and innovation


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.07.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#135701
1   2   3   4   5   6
o-zbek-mumtoz-musiqasining-umumnazariy-asoslari

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Ko’lami keng, serqatlam musiqa merosimizni tashkil etuvchi xilma-xil ko’xna 
namunalarini nota yozuviga tushirib, to’plab, ushbu yo’nalishda dastlabki ilmiy izlanishlar bilan 
shug’ullangan bir qator yirik mutaxassislar ish faoliyatida kuzatilgan uslubiy tafovutlarga o’z 
hamda alohida e’tibor berilgan. Ular bu avvalam bor kiziqarli ma’lumotlarni to’plab teran ilmiy 
mushoxadalar yuritganlar. Xususan, e’tmrof titanki. O’zbekiston xududining barcha vohalarida, 
qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikison, Turkmanisgonda istiqomat qiluvchi o’zbeklar 
orasida, shuningdek, ayrim boshqa xorijiy mamlakatlarda azaldan tub uzbek aholisi zich yashab 
kelayotgan yerlarda «musiqiy sheva»larning ko’rinishlari o’zgacha ekan. Kuzatilar ekan bunday 
ancha murakkab etnik, jug’rofiy, siyosiy-ijtimoiy, tarixiy- madaniy voqealikni to’laligicha 
qaamrab olish, unga mukammal ta’rifu-tavsiflar berish qiyin masala. 
Bularning orasida hozirgi kunda ko’lami jihatdan birmuncha kengligi, tarixan qadimiyligi 
xususiyatlari bo’yicha benazir, betakrorligi bilan asosan turfa uslub tavsif ila ajratilgan bo’lib, 
ular o’zbek musiqashunosligida atroflicha o’rganilgan. Ularning har biri muayyan xudud nomi 
bilan, ya’ni Toshkent-Farg’ona, Buxoro-Samarkand, Xorazm va Surxondaryo-Kashkadaryo 
maxalliy uslublari - deb yuritiladi[1;12]. 
Ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, asrlar osha bizgacha yetib kelgan ardoqlangan musiqa 
merosimizning bunday sifat ko’rsatgichi va fazilatlari o’zbek xalqining bitmas-tuganmas, 
bepoyon ijodiy saloxiyatli, yuksak didi va teran tafakkuridan dalolat berishi tabiiydir. Zero 
moziydan shu kunga qadar mahalliy san’at an’anaviy ijodiyotniig tobora takomillashtirib, uning 
badiiy barkamol namunamrini avaylab-asrab, yangidan- yangi ijodkorlik say’i—xarakatlari 
ma’naviy boyliklarni kupaytira borganlar. San’atkorlar xalqning orzu va umidlarini, sevinch va 
xayratlarini, kuvonch va qayg’ularini, jamiki insoniy qalb extiyojlarini yuksak musiqiy idrok 
bilan tasvirlab borib, kishilarga hamisha ruhiy-ma’naviy dalda berishgan. Ular mumtoz musiqa 
oqali nafosat va ezgulik olamiga tingaovchini oshno qilish istagida bo’lib, o’lmas qadriyatlar 
bilai hamisha baxramand etib kelganlar. 
Kasbiy musiqa ijrochiligi sohasida san’tkorlar ustoz— shogirlik an’nasini yuzaga keltirib, 
uni bevosita ko’p taraflama faoliyat ko’rsatib kelishgan. O’zbekiston, Markaziy Osiyoning turli 
vohalaridagi xonanda, sozanda va bastakorlar o’zaro aloqaarda bo’lishgan. Ularning O’rta va 
Yaqin SHarq, qolaversa butun dunyoga mashhur bo’lgan olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan 
musiqiy ilm-fan asoslaridan tajriba yordamida, ko’plab maxsus nazariy risolalar orqali bohabar 
bo’lishgani ma’umdir. 
Farg’ona Toshkent hududning aksariyat yirik shahar va qishloqlarida aholi zich 
joylashgan. Vodiyning an’naviy musiqiy ijodiyoti umummilliy o’ziga xos milliiy uzoq yaqin 
qo’shni mintakalardagidan ayrim farqi xususiyatlari bilan ham tavsiflanadi 
Tuzilishi jihatidan oddiy, ixcham hajmli, mavzu va mazmun doirasi bo’yicha xilma-xil 
kuy, ko’shiq hamda ashulalar bu hududda juda keng tarqalgan. Jumladan, bu o’lkada bir yencha 
xalqchil maishiy marosim, shuningdek erkin tarzdagi cholg’u va aytim janrlar qatorida ayollar 
o’yilari mm nihoyatda mashhurdir. Mazkur mintaqaga xos bo’lgan yana ko’pldb terma, bolalar 
kushiqlari, lapar, yalla, ashula. katga yoki patnis (yovvoyi) ashula, chog’uu kuy, bir qismli va 
turkumli makom yo’llari ko’prok chorvadorlikka ixtisoslashgan joylarda ese dostonlar asosiy 
o’rin egallaydi. 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
319 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin