Sath o'lchash vositalari reja: Sath o’lchash asboblarining turlari. Vizual darajani o'lchash



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə1/3
tarix04.12.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#72288
  1   2   3
SATH O\'LCHASH VOSITALARI


SATH O'LCHASH VOSITALARI

Reja:
1.Sath o’lchash asboblarining turlari.
2.Vizual darajani o'lchash.
3.Sath o’lchash asboblarining o’lchash chegarasi.
4. Xulosa:
5.Foydanilgan adabiyotlar.

Kirish
Barchaga ma’lumki, o‘lchashlaming umumiy nazariyasi metrologiyaning asosiy muammolari bo‘lib hisoblanadi. “O'lchash” tushunchasi ham falsafiy (anglash nazariyasida), ham maishiy (bir litr suvga qancha tuz zarur), ham tijoriy (o'lchangan miqdorga to‘lov qilish, masalan, elektr energiyasi uchun), ham texnik (mahsulot tayyorlashda kerak bo‘lgan komponentlaming o'lchami, vazni, parametrlari), ham ilmiy nuqtayi nazardan talqin qilinishi mumkin.
Qaysi talqinda bo'lishidan qat’iy nazar, o'lchash natijasining aniqlik bilan hamohang bo'lishligi zarur talablardan biridir. Bu esa o‘z navbatida, olingan o'lchash natijalariga tayangan holda, qaror qabul qilishda yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan tavakkalchilikni (risk) ta’minlash uchun zurur hisoblanadi. Qaror qabul qilish esa o'z navbatida turli subyektlarning o'zaro kesishuvida amalga oshiriladi. O'lchash birliligini ta’minlash inson oldida asrlar osha o'ta muhim masala bo'lib kelgan, u hozir ham aktual, kelajakda ham shunday bo'lib qoladi, zero, vaqtga bog'liq tarzda talablar ham ortib bormoqda.
Umuman olganda, o'lchash orqali haqiqiylikdan abstraksiyaga o'tish amalga oshiriladi, ya’ni, obyektlaming haqiqiy xossalari va holatlaridan ulaming xossalarini baholovchi kattaliklar va bu kattaliklaming qiymatlariga o'tish. Boshqacha qilib aytganda, borliqni anglash nuqtayi nazarida o'lchash - inson (yoki mashina) ongi tomonidan haqiqiylikni aks ettirish va qayta tiklash deb qaralishi mumkin
1.Sath o’lchash asboblarining turlari.
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining balandligini o‘lchash balandlikni o‘lchash texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sath balandligini o‘lchash texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish apparatida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Sath balandligini o‘lchash asboblari o‘lchanayotgan muhitning tavsifi va ishlash prinsipiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Mexanikaviy, sathni o‘lchash uchun qalqovich yoki suyuqlik sirtida joylashgan boshqa jismdan foydalaniladi;
2) Gidrostatikli, sathni o‘lchash uchun o‘lchanayotgan muhitning zichligiga teng yoki farqlanadigan muhitlarning tutash idishlardagi sathini o‘lchash uchun foydalaniladi.
3) Pnevmomanometrikli, suyuqlik qatlami tagiga puflanayotgan havoning (yoki boshqa gazlarning) bosimini o‘lchash prinsipiga asoslangan.
4) Radioizotopli, elektromagnit to‘lqinlar tebranish parametrlarining suyuqlik sathi balandligiga asoslangan.
5) Sig‘imli, suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi elektr sig‘imi o‘zgarishiga asoslangan.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish masalasini hal qilish ko‘pincha rezervuarlardagi suyuqlik, bunkerlardagi to‘kilib sochiladigan, qattiq bo‘lakchalardan iborat moddalarning sath balandligini o‘lchash, nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit - suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan toidirilish balandligiga aytiladi. Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, bu parametr axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish, ayrim hollarda ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarurdir.
Sath o‘lchov asboblari juda ko‘p turli bo‘lib, ularning eng asosiylari sifatida qalqovichli, pyezometrik, mexanik, elektrik, radioaktiv va boshqa sath o‘lchagichlarni ko‘rsatish mumkin.

Sath o‘lchashning vizual vositalari
Mazkur o’lchash vositalariga o’lchov chizg’lchlari, reykalar, lotli ruletkalar (silindrik sterokenli) va sath o’lchovchi shishalar (oxirgisi ko‘proq qo’laniladi) kiradi. Sathni sath o’lchovchi shishalar yordamida o’lchash tutash idishlar qonuniga asoslangandir. Sath o’lchagich shishaning prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz (eng keng tarqalganligi sababli). Sxema 11.1-rasmda keltirilgan. Shisha-ko‘rsatkich 1 armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriladi. 1 trubkadagi suyuqlik meniskining holatini kuzatib, idishdagi suyuqlik sathining holati haqida fikr yuritiladi. Rezervuardagi va shisha trubka(nay)dagi suyuqlik teyaturalari farqiga bog’liq bo’lg an qo‘shimcha xatolikni bartaraf etish uchun o’lchashdan avval sath o’lchagich shishalar yuviladi. Suyuqliklar sathini ko’rsatuvchi shishalarning ishlashi tutash idishlar printsipiga asoslangan. Ular obyektning, ochiq idishlarda tubiga va bosimda ishlaydigan idishlarda esa, tub qismiga va tepasiga ulanadi. Bu shishalar, ularni tizimdan uzish uchun va havo haydab tozalash uchun, qo’shimcha kranlar bilan ta’minlanadilar.

1-rasm. Texnologik apparatlarda shisha-ko‘rsatkichlarni o‘rnatish sxemasi.




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin