84
rezyumelarning uzun ro‘yxatidan izlaydi, natijada u
eng maqbul nomzodga
to‘xtalmasligi mumkin. Veb-rezyumeni standart rezyumega nisbatan
afzalliklari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
• Nomzod ko‘proq e’tiborga tushish imkoniga ega bo‘ladi.
• Nomzod texnologiyalaridan foydalanib, u zamonaviy inson sifatida
qaraladi.
• Ko‘proq potentsial ish beruvchilar nomzodning rezyumesini ko‘rish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Nomzod haqida ma'lumot Internetda kunning istalgan vaqtida
istalgan vaqt davomida mavjud bo‘ladi.
• Nomzod haqidagi ma’lumotlar oddiy rezyume doirasida
chegaralanmaydi va veb-rezyume orqali asl shaklda (qisqacha tavsif,
tarjimai hol,
malaka hujjatlari, ishdagi yutuqlaringiz, loyihalaringiz,
ishlanmalaringiz va boshqalar) qo‘shimcha ma'lumot taqdim etish
imkoniga ega bo‘ladi .
• Nomzod o‘zining rezyumeni o‘nlab ish saytlarida joylashtirmasdan
ish qidirish vaqtini sezilarli darajada tejaydi.
Shaxsiy veb-rezyume nomzodga o‘zi haqida ma'lumotlarning hajmini
sezilarli darajada kengaytirishga imkon beradi. Masalan,
birgina
fotosuratdan foydalanish ish topish imkoniyatini to‘rt martaga oshiradi va
agar nomzod o‘zi yaratgan buyumlar, mahsulotlar, fotosuratlar yoki
videolarni joylashtirsa, ishlagan hujjatlari yoki chizmalarini skanerlasa, ish
beruvchi nomzod bilan bog'lanib, uning ishga
qabul qilinish imkoniyatu
oshadi. Bundan tashqari, potentsial ish beruvchilar nomzod haqida ko‘proq
ma'lumotga ega bo‘ladilar, chunki nomzodning shaxsiy veb-sahifasi
ko‘plab qidiruv tizimlari va Internet-kataloglari tomonidan indekslanadi va
uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Ish qidirish
portallaridagi oddiy rezyumelardan farqli o‘laroq, ularni yo‘q qilib yoki
o‘chirib bo‘lmaydi. Odatda oddiy job-saytlarda
rezyumelar bir necha
kundan so‘ng quyi pog’onalarga tushib qoladi. Shu bilan birga, veb-
rezyume saytidan foydalanish sizning rezyumeingizni biron bir ish saytiga
joylashtirishning maqbul usulini bekor qilmaydi, siz u erda o‘z shaxsiy
sahifangizga havolani qoldirishingiz mumkin.
Vakant.ru nomli nufuzli ish qidirish bo‘yicha
internet-xizmati
tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ish qidirish usullari
bo‘yicha Internet birinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, da’vogarlarning
faqat yarmi global tarmoq resurslaridan oqilona foydalanadilar.
Birinchidan, ish beruvchida siz haqingizda xodim sifatida ijobiy
taassurot qolishi kerak. Shuning uchun veb-rezyumeda nomzod haqida
85
ma'lumotga boy va qulay veb-sahifa yaratish birinchi o‘ringa qo‘yilishi.
Bunda veb-dasturlashning ilg'or texnologiyalaridan foydalangan holda veb-
dizaynda "durdona" rezyume saytli yaratish lozim. Shu tariqa, nomzod veb-
rezyumesi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib,
ish uchun barcha kerakli
vositalarga ega.
Ishlab chiqilayotgan veb-rezyumening o‘ziga xos xususiyati uning
mazmunining ish beruvchiga yo‘naltirilganligi bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Shuning uchun avvalo uning tarkibiy tuzilishi, so‘ngra veb-sahifada uning
dizaynining texnik tomoniga e’tibor qaratilishi kerak.
Veb-rezyume namunaviy tuzilishi quyidagicha:
Veb-rezyume tuzilishida nomzodning bandligini tavsiflovchi banner
bo‘lishi maqsadga muvofiq, unda potentsial ish beruvchiga mutaxassis band
yoki band emasligi, ish joyini o‘zgartirish yoki
faol ish qidirish holati
to‘g'risida ma'lumot beriladi.
Bandlikning uch darajasi ko‘zda tutilgan:
•
Dostları ilə paylaş: