Sana: Mavzu: Kichik n Bosh n harfini yozish Maqsad: Ta'limiy



Yüklə 117,5 Kb.
tarix29.10.2022
ölçüsü117,5 Kb.
#66778
Dars ishlanma



Sana:
Mavzu: Kichik n Bosh N harfini yozish
Maqsad: Ta'limiy: Nn undosh tovushiga xos xususiyatlarni to'g'ri tahlil qila olishga o'rgatish;
n harfini tashkil qiluvchi harf unsurlarini yozishga o'rgatish.
Tarbiyaviy: sinf jamoasidagi do'stonalikruhini qo'llab-quvvatlash.
Rivojlantiruvchi:Yozuv ko`nikmalarini rivojlantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma'lumotlar tushunib aytib bera olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kun tartibiga rioya qilish;
kattalarni hurmat qilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.
Mashg'ulot turi : Yangi bilim beruvchi
Mashg'ulot uslubi: tushuntirish,ko`rsatmalilik,amaliy
Mashg'ulot jihozi: mashg'ulotlik,kesma harflar,rasmlar
I. Tashkiliy qism 2
II.Uyga vazifani baholash 13
III.Yangi mavzu bayoni 15
IV.Mustahkamlash 10
V.Baholash 3
VI. Uyga vazifani tushuntirish 2
I.Mashg'ulotning borishi.
1.Aylanma daftarlarini tarqatish. 2.Obi-havo haqida suhbat. 3.O`quvchilarni mashg'ulotga tayyorgarligini tekshirish. II.O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni bilimlarini baholash.
Mashg'ulotlikdan bo' g'inlarga bo'lib ko'rsatilgan rasm nomlarini aniqlang. Rasm nomlarini ifodalovchi bo' g' inlarga ajratilgan katakchalardan n harfining o'rnini aniqlang. Mazkur so'zlar nechta bo'g'indan tashkil topgan? O'quvchilaming daftarni to'g'ri qo'yganligi, ruchkani to'g'ri ushlaganligiga e'tibor beriladi. III.Yangi mavzu bayoni:
-Bugungi mashg'ulotimizda biz sizlar bilan n harfini yozishni o`rganamiz. Kichik n harfining harf unsurlari xattaxtaga chizib tushuntiriladi. Bu harf kichik to'g'ri chiziq va pasti ilmoqli harf unsurlaridan tashkil topganligi amaliy jihatdan ko'rsatiladi va tushuntiriladi. Kichik n harfini havoda yozish, chiziqsiz oq varaqqa yozib o'rganishga oid yozuvga tayyorgarlik mashqlari o'tkaziladi.


IV. Mustahkamlash
Yozuv daftaridagi namunaga ko'ra o'quvchilar daftariga asosiy yozuv yo'li bo'ylab qiya to'g'ri chiziq, halqali chiziq, osti va usti ilmoqli chiziq chizadilar, kichik n harfini yaxlit holda qo'l uzmasdan yozishni o'rganadilar. Yozishda qiynalgan o'quvchilaming qo'lini ushlab yozdiriladi.
Quvnoq daqiqa o`tkazish. Oyim yopar kulcha non, Keltiramiz biz o'tin
Menga yoqar u chunon. Tandir qizdirish uchun.
V.Mashg'ulotda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholayman.
Yozib bo`lgan o`quvchilarning ishlarini o`quvchilar bilan birgalikda ko`rib tahlil qilish kamchiliklarini ko`rstib tuzatishlarini aytish.
VI.Uyda Nn harfini va daftarlarida yozishga berilgan so`zni yozib kelish


Yüklə 117,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin