Sana: 2020-yil Fan nomi: O`qish Sinf: 3- “ ” Mavzu: Sinfdan tashqari o`qish Darsning maqsadi: Ta`limiy



Yüklə 86 Kb.
tarix18.05.2020
ölçüsü86 Kb.
Sana:__________ 2020-yil Fan nomi: O`qish Sinf: 3- “_____”

Mavzu: Sinfdan tashqari o`qish

Darsning maqsadi: Ta`limiy:. o`quvchilarning o’rganilgan mavzular yuzasidan mavzularni o'rganish davomida o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyaviy: O`zbekiston farzandi ekanligidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish. Insoniylik ruhidatarbiyalash.T.k.4. badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish; Rivojlantiruvchi: tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish.Nima yaxshi-yu, nima yomonliginifarqlashga o`rgatish. F.k.2. o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: Ifodali o’qish, kichik gurunlarda aqliy hujum, suhbat, izlanish metodi.

Darsning jihozi: Darslik , konspekt, mavzu yuzasidan tarqatmalar.ko‘rgazmalar

Dars borishi:

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’tgan darsni so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish

17 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

Baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa

I.Tashkiliiy qism:

o`quvchilarning fanga oid darslik va o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish,

kun haqida, maktab ichki tartib intizom yuzasidan, sinfni toza tutish,

darsliklarni tartibli va ozoda tutish yuzasidan suhbat o`tkazish.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va baholash. O`quvchilar bilan „ “ matni yuzasian savol-javob o`tkazaman. Matnni o`quvchilarga o`qitib, oqish malakalaini tahlil qilgan holda baholab boraman.

III.Yangi mavzu bayoni: Ertakni o’qish. O’qituvchi ertakni o’qib beradi.

Qushlar

Bir ovchi daraning chekkasiga to'rdan tuzoq qo'yibdi. To'r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to'da qush tuzoqqa ilinih qolibdi.

Ovchi to'r tuzoqlaridan xabar olgani kelsa, unga ilingan qushlar gurr etib, to'rni ham ko'tarib, ucha ketishibdi. Qushlarning bir tan-bir jon bo'Iib, ustiga-ustak, to'r tuzoqni ham ko'tarib uchishlariga lol qolgan ovchi orqalaridan quva boshlabdi.

Yo'lda bir odam duch kelibdi. Ovchidan nega buncha hovliqib chopayotganini so'rabdi.

Ovchi esa, osmonda uchib borayotgan qushlarni ko'rsatib, ularni tutmoqchi ekanini aytibdi. Haligi odam kulibdi:

— Senga Olloh aql bersin, hech jahonda uchib ketayotgan qushlarga yugurib yetib bo'larkanmi? — debdi.

Ovchi:

— Yetsa bo'ladi, — debdi. — Tuzoqda bittagina qush bo'lsa edi, yeta olmasdim, ammo, ko'rib turibsanki, ular ko'p. Shuning uchun yetib olaman.



Ovchi aytganday bo'libdi. Oqshom tushib, osmon ham qorong'ulashgani sari qushlarning har biri o'z uyasiga ketmoqchi bo'libdi. Birlari tuzoqni o'rmonga tortsa, boshqalari ko'l tomon tortqilar emish. Ba'zilari toqqa, yana boshqalari changalzorga talpinarmish. Oqibatda hech qaysisining aytgani bo'lmabdi. Tuzoqqa o'ralib, hammasi yerga qulabdi.

Qissadan hissa: «BIR-BIRINGIZDAN AYRILMANGIZ, CHUNKI PODADAN AYRILGAN QO'YNI BO'RI YER».



Lug’at ishi: dara – ikki tog’ning orasidan kesib o’tuvchi ikki tomoni jarlik bo’lgan yo’l;

Payg’ambar – Ollohning buyruq va qaytariqlarini bandalarga yetkazib tushuntiruvchi odam. (Muhammad s.a.v.)



IV.Mustahkamlash: O`quvchilar bilan “sherini birma bir o’qiydi va tahlil qilinadi. Bo`limda o`tilga she`rlarni eng kim ko`p ayta olishi yuzasidan musobaqa o`tkaziladi.

Darslikda berilgan savollarga o`quvchilar bilan birgalikda javob topiladi:



Ertak asosida savol-javob o’tkaziladi.

O‘rnini almashtir” o‘yini. Monitorda ertakdagi gaplar tarkibidagi so'zlar tartibsiz beriladi. O'quvchilar shu gapdagi so'zlarni o'mini almashtirib, gap hosil qiladilar va shu gapni ertakdan topib o‘qiydilar.



V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash: Barcha fikrlarni umumlashtirib ushbu bo`lim bizga qanday bilimlarni berganligi yuzasidan xulosalaymian. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholayman.

VI. Uyga vazifa: mustaqil ertak va hikoyalar o‘qish va mazmuniga mos rasm chizish

Ko’rildi: O’IBDO’: ____________________
Sana:__________ 2020-yil Fan nomi: O`qish Sinf: 3- “_____”

Mavzu: Myunxauzenning boshidan kechirganlari.(1) E.Paspe

Darsning maqsadi: Ta`limiy:. o`quvchilarning E.Paspening „Myunxauzenning boshidan kechirganlari” hikoyasi yuzasidan mavzularni o'rganish davomida o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash. Tarbiyaviy: O`zbekiston farzandi ekanligidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish. Insoniylik ruhidatarbiyalash.T.k.4. badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish; Rivojlantiruvchi: tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish.Nima yaxshi-yu, nima yomonliginifarqlashga o`rgatish. F.k.2. o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: Ifodali o’qish, kichik gurunlarda aqliy hujum, suhbat, izlanish metodi.

Darsning jihozi: Darslik , konspekt, mavzu yuzasidan tarqatmalar.ko‘rgazmalar

Dars borishi:


1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’tgan darsni so’rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzuni yoritish

17 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

Baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa


I.Tashkiliiy qism:

o`quvchilarning fanga oid darslik va o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish,

kun haqida, maktab ichki tartib intizom yuzasidan, sinfni toza tutish,

darsliklarni tartibli va ozoda tutish yuzasidan suhbat o`tkazish.



II.O’tilgan mavzuni so’rash va baholash. O`quvchilar bilan „ “ matni yuzasian savol-javob o`tkazaman. Matnni o`quvchilarga o`qitib, oqish malakalaini tahlil qilgan holda baholab boraman.

III.Yangi mavzu bayoni:

1. Oyga birinchi sayohat

Turkiyada poliz ko‘katlaridan bo‘lgan bir o‘simlikni eslab topdim. U juda tez o‘sar, hatto ba’zan xuddi osmongacha yetar edi. Bu Turkiya loviyalari edi. Bir daqiqa ham hayallamasdan, shu loviyalardan birini ekdim. U shu ondayoq o‘sa boshladi. U faqat yuqoriga qarab o‘saverdi va tez kunda Oyga chirmashdi!

– Qoyil!!! – dedim-da, shoxlariga tirmashib, yuqoriga chiqaverdim. Bir soatdan keyin o‘zimni Oyda ko‘rdim. Oyda kumush boltamni ko‘p axtardim, uni topish oson bo‘lmadi. Oy ham kumush, boltacha ham kumush rangda bo‘lgani sababli kumushda kumush ko‘rinmas ekan. Ammo axiyri boltachani bir to‘da chirigan poxol ustidan topdim. Xursand bo‘lib uni kamarimga qistirib oldim va Yerga qaytmoqchi bo‘ldim. Biroq ish boshqacha bo‘lib chiqdi: loviyaning poyasi quyosh issig‘idan qovjirab, uzilib-uzilib ketibdi. Buni ko‘rgach, qattiq xafa bo‘ldim. Nima qilish kerak? Nima qilsam ekan? Nahotki men Yerga qaytolmasam? Nahotki umrim boricha Oyda qolsam? Voy, yo‘q! Aslo bo‘lmaydi! Noiloj poxol yoniga o‘tirib olib, undan arqon yasay boshladim. Arqon ko‘ngildagidek uzun bo‘lib chiqmadi, lekin nachora! Chap qo‘limga boltachani, o‘ng qo‘limga arqonni ushlaganim holda sirg‘alib, pastga tushaverdim. Tez orada arqon ham tugab qoldi, men bo‘lsam osmon bilan yer o‘rtasida, havoda osilib qoldim. Bu juda qo‘rqinchli hol edi. Lekin pisand qilmadim. Uzoq o‘ylab turmasdan, boltachani oldim va arqonning pastki uchiga mahkam yopishib turib, yuqorigi uchini kesdim va uni pastki uchiga uladim. Shunday qilib, yerga yaqinlashdim. Lekin yerga tushishga hali ham anchagina masofa bor edi. Arqonning yuqori uchini ko‘pgina marta kesib, pastki uchiga bog‘lashga to‘g‘ri keldi.

Nihoyat, shunday pastladimki, hatto shahardagi uylarni va saroylarni ham ko‘ra oldim.

Yerga hammasi bo‘lib uch yoki to‘rt mil1 qolgan edi.

Birdan arqon uzilib ketdi. Hash-pash deguncha yerga chirpirak bo‘lib tushdim. Bir vaqt qarasam, yerga eng kamida yarim mil botib ketibman. O‘zimga kelgandan keyin ko‘p vaqtgacha bu chuqurdan qanday chiqishni bilolmay, esankiradim. Kun bo‘yi hech narsa yemay, ichmay o‘yladim. Nihoyat, o‘ylab topdim, tirnoqlarim bilan pillapoyachalar yasab, yer ustiga bazo‘r chiqib oldim. Ha, Myunxauzen hech qayerda qolib ketmaydi.



IV.Mustahkamlash: O`quvchilar bilan hikoyani birma bir o’qiydi va tahlil qilinadi. Bo`limda o`tilga she`rlarni eng kim ko`p ayta olishi yuzasidan musobaqa o`tkaziladi.

Darslikda berilgan savollarga o`quvchilar bilan birgalikda javob topiladi:

1. Ertakni o‘qing. Myunxauzenning topqirligiga e’tibor bering.

2. Shu voqeaga o‘xshash birorta ertakni bilasizmi?



V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash: Barcha fikrlarni umumlashtirib ushbu bo`lim bizga qanday bilimlarni berganligi yuzasidan xulosalaymian. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholayman.

VI. Uyga vazifa: hikoyani o’qib kelish, qayta hikoyalab berishga tayyorlanish va mazmuniga mos rasm chizish
Ko’rildi: O’IBDO’: ____________________





Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə