Samarqand viloyati tomonidan 2022-yil 11-yanvarda


II. JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI



Yüklə 174,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix03.08.2023
ölçüsü174,12 Kb.
#138466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sam Best Carpet1

II. JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI 
2.1. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs 
hisoblanadi. Jamiyat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘ladi. 
2.2. Jamiyat o‘z faoliyatini mazkur ustav va O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga 
muvofiq va ta’sis hujjatlariga asosan amalga oshiradi. 
2.3. Jamiyat o‘z majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga 
muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar 
va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar 
bo‘ladilar. Jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha 
har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. 
2.4. Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan 
tartibda ro‘yxatga olingan o‘z emblemasiga, tovar belgisiga ega bo‘lishga haqli. 
2.5. Jamiyat o‘z egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, o‘z 
nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. 
III. JAMIYATNING FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI 
3.1. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq vakolatxonalar 
va filiallar va boshqa alohida bo‘linmalar tuzishga haqli. 
IV. JAMIYATNI TASHKIL ETISHDAN MAQSAD VA FAOLIYAT TURLARI 
4.1. Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad ishtirokchilar manfaatlari uchun foyda olish. 
Jamiyat faoliyatining predmeti bo‘lib Ixtisoslashgan do‘konlarda gilamlar va gilam 
mahsulotlari chakana savdosi hisoblanadi. Shu jumladan: 
— Maishiy mebellar va gilamlar ulgurji savdosi; 
— Ixtisoslashmagan do‘konlarda boshqa tovarlar chakana savdosi
— Ixtisoslashgan do‘konlarda mevalar va sabzavotlar chakana savdosi
— Ixtisoslashgan do‘konlarda baliq, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalar chakana savdosi; 


— Spirtli ichimliklar chakana savdosi; 
— Spirtsiz ichimliklar va pivoning chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda motor yoqilg‘isi chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda telekommunikatsiya uskunalari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda audio-va videoapparaturalar chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda to‘qimachilik buyumlari chakana savdosi
— Ixtisoslashgan do‘konlarda gilamlar va gilam mahsulotlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda boshqa devor va pol qoplamalari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda maishiy elektr tovarlari chakana savdosi
— Ixtisoslashgan do‘konlarda video va audio yozuvlar chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda sport tovarlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda o‘yin va o‘yinchoqlar chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda kiyimlar chakana savdosi (trikotaj va paypoq-noski buyumlaridan 
tashqari); 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda poyafzal chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda pardoz tovarlari va gigiyena predmetlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda soatlar va zargarlik buyumlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda boshqa yangi tovarlar chakana savdosi
— Chodirlar va bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari chakana 
savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda kitoblar chakana savdosi; 
— Chodirlar va bozorlarda boshqa tovarlar chakana savdosi; 
— Pochta va Internet orqali chakana savdo
— Do‘konlar, chodirlar va bozorlardan tashqaridagi boshqa chakana savdo; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda gullar va boshqa o‘simliklar, urug‘lar, o‘g‘itlar, uy hayvonlari va ular 
uchun ozuqalar chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda farmatsevtika tovarlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda meditsina va ortopedik tovarlar chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda go‘sht va go‘sht mahsulotlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda non mahsulotlari, undan tayyorlangan va shakarli qandolat mahsulotlari 
chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda tamaki mahsulotlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda kompyuterlar, periferik uskunalar va dasturiy ta’minot chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda mayda-chuyda metall buyumlar, lok-bo‘yoq materiallari va shishalar 
chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda mebellar chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda yoritish uskunalari va boshqa maishiy jihozlar chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda gazetalar, jurnallar va kanselyariya tovarlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda trikotaj va paypoq-noski buyumlari chakana savdosi; 
— Ixtisoslashgan do‘konlarda charm buyumlar chakana savdosi
— Ilgari iste’molda bo‘lgan tovarlar chakana savdosi; 
— Chodirlar va bozorlarda to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim va poyafzallar chakana savdosi; 

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari. 


4.2. Amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat tegishli 
ruxsatnoma (litsenziya) olingandan keyin amalga oshiriladi. 

Yüklə 174,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin