17
Foma Akvinskiy iqtisodiy qarashlarining asosiy holatlari. O`rta asrlar
iqtisodiy fikrlari bir - xil bo`lmagan. Xayotning umumiy manba, ya`ni muqaddas
kitobga tayanish zaruratiga qaramasdan, teologiyada turli maktab va yo`nalishlar
mavjud ediki, ular orasida, ko`pincha munozaralar kelib chiqar edi.
Biz o`sha davrlardagi yirik mutafakkirlardan biri bo`lgan muallif Foma
Akvinskiy ijodiyotida to`xtalib, uning qarashlari misolida O`rta Asrlar iqtisodiy
fikrlari o`ziga xosliklarini yoritishga harakat qilamiz.
Boylik. Foma Akvinskiy fikriga ko`ra, boylik bu gunoh emas. Boylik
hukmronlik demakdir va bu hukmronlik faqatgina boylikka ega bo`lgan shaxsga
beriladi. Har qanday hukmronlik esa hurmatni keltirib chiqarishi lozim. Boylik qay
darajada qo`llanilishi esa, boshqa masala. Agarda uning yordamida yaxshi, ezgu
ishlar amalga oshiriladigan bo`lsa, boylik faqatgina ezgulikka xizmat qiladi.
Agarda boylik oqibatida gunohkorona ishlar amalga oshiriladigan, adolatsizlikka
yo`l qo`yiladigan bo`lsa, boylikning bu tarzda qo`llanilishi gunohdan o`zga narsa
emas. Boylikka ega bo`lgan shaxs, o`z harakatlari uchun yuqori darajadagi
mas`uliyatga ega bo`ladi. Chunki bu harakatlarning oqibatida, atrof - muhitdagi
shaxslar, ayniqsa kambag`allar harakatidagi gunohkorlik yoki ezgulikni keltirib
chiqaradi. Shu sababli boy shaxsning gunohlari kambag`al shaxsning gunohlariga
nisbatan og`irroq bo`ladi. Boylikk orttirish istagi ham, o`z - o`zidan gunohdir, zero
boylik o`z -o`zidan boylik emas, dunyo borshqarilishi yo`lidagi vosita bo`lib,
boylikni maqsadga aylantirish, tabiatga qarshi chiqish bilan barobardir. Demakki,
buning asosida adolatsizlik yotadi.
Dostları ilə paylaş: