o ‘zini-o‘zi nazorat qilish uchun savollar Ijtimoiy ish nazariyalarini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj nima sababdan vujudga keldi?
Ijtimoiy ish nazariyalari rivojidagi asosiy tarixiy davrlarni sanab bering.
XIX asr ikkinchi yarmida odamlarning ijtimoiy va individual hayotidagi qaysi hodisalar professional ijtimoiy xizmatchilarni ommaviy tayyorlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, “zaif” ijtimoiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlash muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirishni taqozo etdi?
Ijtimoiy ishning hozirgi zamon nazariy modellaridan qaysilarini bilasiz?
Ijtimoiy soha bo‘yicha mutaxassis ijtimoiy ishning nazariy asoslarini (maqsadlari, tamoyillari, qonuniyatlari, usullarini) bilishi nima uchun zarur?
Vaziyat “Biz erim bilan u qachonlardir zavoddan olgan xonadonda yashaymiz. U bizniki, ikkalamizning nomimizga xususiylashtirilgan (ulushlarsiz). qizim turmushga chiqdi. U erinikiga ko‘chib bordi, o‘g‘illi bo‘ldi. xozir nevaramiz ham uylangan, uning o‘g‘li – bizning evaramiz bor. Ularning bari qizimizning uyida ro‘yxatdan o‘tishgan. qizim va nevaram bizni, o‘zlarining bobosi va buvisini holi-jonimizga qo‘yishmaydi: “Keksaygan paytlaringizda sizlarga bitta xona ham etadi, bizni ro‘yxatdan o‘tkazing”. Ular bizning qaerimizga kelishadi, xrushchyovkamizgami, kichkina chaqaloq bilan-a? Biz endi enagalik ham qila olmaymiz. Bizga osoyishta hayot kerak”.
Ijtimoiy xizmatchi nizoga kirishgan tomonlarning har biri bilan qanday ish olib borishi zarur?
A maliy topshiriq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman xizmati tajribasi bilan tanishish va uning modelini ishlab chiqish.
M a q s a d: aholini ijtimoiy muhofaza qilish xizmatining nazariy modelini ishlab chiqish.
o‘quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajarishadi: aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (munitsipal) xizmatining amaldagi modelini tavsiflash va tahlil qilish (idoraviy bo‘ysunishi, maqsadlari, vazifalari, tuzilmasi, mazmuni, ish usul va shakllari, xizmatchilar bilan ta’minlanganligi, mehnatga haq to‘lash, hujjat yuritish va h.k.); aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining mualliflik nazariy modelini ishlab chiqish va tavsiflash, mavjud tizimni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish.