Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/37
tarix06.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#86903
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
b1c5bbe02af98b6a7bff99222b365a67 ROBOTOTEXNIKAGA KIRISH

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan 
uzviy ketma-ketligi


Robototexnika fani matematika, fizika, geologiya va boshqa mexanika fanlari bilan 
uzviy bog’langan. Robototexnika masalalari matematika metodlari bilan yechiladi, undan 
keyin mexanik xulosa qilinadi. Fizika masalalari esa Robototexnikaning qonunlari, 
prinsiplari, teoremalari va tenglamalari yordamida yechiladi. Robototexnika fanining 
barcha masalalari yechimi uchun nazariy mexanika fani asos bo‘lib xizmat qiladi

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni 
«Robototexnika» fani Mexanika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar 
tayyorlashning o‘quv jarayonida bakalavrlarning yuqori darajadagi matematik va mexanik 
tayyorgarligi va ko‘pgina maxsus fanlar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishida muhim 
o‘rin tutadi. Mazkur fan dasturiga ko‘ra ko‘pgina mexanik masalalar o‘rganiladiki, bu 
mazkur fanni chuqur o‘rgangan har bir talaba olgan bilimlarini ishlab chiqarishda va ilmiy-
tadqiqot ishlarida, shuningdek ta’lim tizimida samarali foydalanish imkonini beradi. 
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Mazkur fan asosan nazariy va amaliy xarakterga ega bo‘lib, hozirgi kundagi 
ko‘pgina amaliy dasturlarni vujudga kelishida ushbu fanning o‘rni muhim hisoblanadi. 
Bundan tashqari mazkur fan mexanika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlashning o‘quv 
jarayonida bakalavrlarning yuqori darajadagi matematik tayyorgarligi va ko‘pgina maxsus 
fanlar bo‘yicha chuqur bilimlar egasi bo‘lishida asosiy o‘rin egallaydi. 
Talabalar mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg’or va zamonaviy 
usullaridan foydalanish, yangi informatsion texnologiyalarni tadbiq etish muhim 
ahamiyatga ega. Fanni o‘qitishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruzalar 
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, ma’ruzalar o‘qish vaqtida kompter va 
proyektorlardan foydalaniladi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin