Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta
Kurs ishi vazifalari Ilmiy adabiyotlar asosida nazariy qism boblarini tayyorlash. O‘yinlarni tanlash va tashkil etish. Maktabgacha yoshidagi bolalarda o‘yinning roli haqida xulosa tayyorlash. Taqdimot tayyorlash. Tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining obekti. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Samarqand viloyati Samarqand shahar Xalq ta’limi muaasasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘yicha bo‘limiga qarashli 119 - maktabgacha ta’lim muassasasi turli yosh guruhlari olindi. Kurs ishida foydalanilgan metodlar. Kuzatish Suhbat. Turli xil o‘yinlar tashkil etish. O‘yin faqat tashki muxitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasi bulibgina kolmay balki, kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni barcha psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mana shu nuktai nazardan o‘yin bogchadagi ta’lim-tarbiya ishlarini yulga kuyishda markaziy urinda turadi. O‘yin jarayonida maktabgacha yoshdagi bolaning barcha psixik jarayonlari tarkib topishida imkon bo’ladi. Chunki o‘yin faoliyati bolalarni dikkat va xotirasi, nutqi, xayoli, xissiyoti, mexnatga oid malakalari va kobiliyatlarinamoyon bo’ladi. Rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyatidir. Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muxim faoliyati bulib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. SHu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muxit voealari, oilaviy turmush xodisalari, shaxslar aro munosabatlarini umumlashtirgan xolda aks ettirishga xarakat kiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, xis-tuyg’usi, uzaro muomala va mulokatlarining xususiyatlarini, uziga va uzgalarga, atrof-muxitga munosabatlarini yakkol voelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoklardan, shuningdek, ularning vazifasini utovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabxalarini kamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga zmas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, moxiyati va mazmuni jixatidan oddiydan murakkabga karab takomillashib boradi. Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri - bolada uz xatti-xarakatlarini kattalar xatti-xarakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga uxshatish tuygusining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning xatti-xarakatlari bolaning xam tashki, xam ichki ibrat namunasi bo’ladi va kattalarning xulk-atvori, yurish-turishining xam ob’ekti, xam sub’ekti xisoblanadi. Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘grisidaggi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-uzidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim: a) taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirshiuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal kiluvchi rol o‘ynaydi. D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikrichsa, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatani aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi. Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katga rol o‘ynaydi. Bog’cha yosh davrida harakatning usishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini ustirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab kunikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligani ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq, ochishga yordam beradi, Tajribada yigilgan ma’lumotlarni taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi.
a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi;
b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.