Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Yüklə 280,55 Kb.
səhifə18/22
tarix29.06.2023
ölçüsü280,55 Kb.
#135544
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta

3. «Cho’loq jo’ja» o’yini.
Bu o’yinda bolalar yarim doira shaklida o’tiradilar. Polga beshta tayoqcha to’rtta katakli narvon shaklida tashlab qo’yiladi. Har bir katakchaga bittadan stol qo’yiladi. Stolga o’tilgan mavzular bo’yicha o’qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlangan rasmlar joylashtiriladi. «Cho’loq jo’ja» poldagi bola o’ynab sinfdan-sinfga sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo’yicha savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera olmasa bir oyoqda turib, ya’ni, joyiga borib o’tiradi. Agar xato qilsa bir oyoqda sakrab boradi. Bu o’yinda quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi:
 Ertakning nomini aytib bering.
 Rasmda tasvirlangan parchani aytib bering.
 Rivoyatda tasvirlangan parchani aytib bering.
Bolalar nutqini rivojlantirishni rag’batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko’zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko’p marotaba ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganib, ularni o’quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
4. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli organlarning ahamiyati. Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulyatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to’g’ri talaffuz etish. So’zlardagi, tez aytishlardagi, qisqa she’rlardagi tovushlarni to’g’ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni o’rgatish.
Bolalarga ona tilida nutqni o’rgatish tajribasidan ma’lumki, alohida tovushlar artikulyatsiyasini o’zlashtirish bola uchun eng qiyin vazifa hisoblanadi. O.I.Soloveva nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarning asosiy yo’nalishlarini belgilar ekan, «pedagog oldida bolalarga so’zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, so’zlarni rus tilining orfoyepiya qoidalariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diksiya) o’rgatish, ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi[1]

Yüklə 280,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin