69
ayollarda qoniqqanlik, avvalo, taranglikning bo‗lmasligi asosida
shakllansa,
keyingi
yillarga
o‗tib, qoniqqanlik avvalo ichki
qadriyatlarning hamohangligiga bog‘liq bo‗ladi.
Erkaklardagi nikohdan qoniqqanlik, aniqlanishicha, turmush
o‗rtog‘i bilan bo‗lgan psixologik moslik va uning seksual namoyon
etilishiga bog‘liq.
Erkak va ayollarda o‗zaro qoniqish hosil qilingan munosabatlar
psixologik, ruhiy va seksual moslik; er-xotinning o‗ziga xosliklarini
rag‘batlantirish va o‗zaro yoqtirish tufayli shakllanadi. Demak,
qadriyatlarning
moslashtirilishi
natijasida
individual
oilaning
belgilangan rivojlanish bosqichida zarur bo‗lgan moslashish o‗choqlari
tanlanib, yo‗naltirib turiladi. Agar dastlabki bosqichlarda asosiy o‗rinni
moslashish elementlari egallashsa, keyingilarida shaxs va o‗z-o‗zini
isbotlash imkoniyatlari qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosalar:
1. Nikoholdi munosabatlari o‗zbek xalqi ma‘naviyatida muhim
ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega xodisadir.
2. Nikoholdi munosabatlar qat‘iy me‘yorlashtirilgan tamoyillar
doirasida amalga oshiriladi.
3. Ijtimoiy ong taraqqiyoti amaldagi nikoholdi munosabatlar
tizimining zamondan ortda qolayotganligini ko‗rsatmoqda.
4. Amaldagi nikoholdi munosabatlar holatidan erkak tomon
umumiy qoniqish darajasida ekanligi aniqlandi.
5. Sotsiologik so‗rov natijalariga ko‗ra nikoholdi munosabatlar qiz
tomonni yetarli darajada qoniqtirmasligi, ularda o‗zaro munosabatlarni
«tanishish» bosqichidan «do‗stlashish» darajasiga ko‗tarishga moyillik
mavjudligi aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: