186
iqtisodiy faoliyatni keng yo‗lga qo‗yish, ijtimoiy himoya tizimini
takomillashtirish masalalari davlatning muhim maqsadlari qatoridan joy
oldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ta‘lim va
tarbiyaga e‘tiborning kuchaytirilishi bilan yanada mustahkamlandi.
Yurtimiz ravnaqi, farzandlarimizning, xususan qizlarimizning bilimli,
har jihatdan barkamol bo‗lib ulg‘ayishida, jamiyatimizning ma‘naviy-
ma‘rifiy jihatdan yuksalishida xotinqizlarimizning hissasi kattadir.
Yuksak ma‘naviyatli va ma‘rifatli, namunali odobi va tarbiyasi
bilan e‘tirof etilgan onalarimizning izdoshlari bugun davlat va jamiyat
qurilishida, ishlab chiqarishda, ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, ta‘lim va
hatto harbiy sohada xizmatlari beqiyos. Yurtimizda xotin-qizlarning
mavqyeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun
ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy sohalarda ularning bilimlarini kuchaytirish
uchun yanada kengroq shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqyeini yanada yuksaltirish,
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan
islohotlarda ular faolligini ta‘minlashning asosiy omili ta‘lim va tarbiya
uyg‘unligi bo‗lib, uning quyidagi bosqichlarini ko‗rsatib o‗tish mumkin:
Dostları ilə paylaş: