Gospital xirurgiyasi
101 Sahifa
chiqaruvchi sabablar orasida ateroskleroz, arteriit, emboliyalar va
boshqalar birmuncha kam uchraydi.
44 – rasm. Yurak ishemik kasalligida torayish darajasi.
Ateroskleroz birinchi galda yirik va o’rta kattalikdagi arteriyalar
ichki pardasini zararlantiradi. Mikroskopik o’zgarishlar mohiyatiga ko’ra
aterosklerotik zararlanishlar 3 turga bo’linadi: 1) lipid dog’lar; 2) fibroz
pilakchalar; 3) murakkab zararlanishlar.
Klinik simptomlar fibroz pilakchalar rivojlanganda yoki tomir devori
murakkab zararlanganda paydo bo’ladi. Odatda 25-30 yoshlarda fibroz
pilakchalar birinchi navbatda aortada, toj tomirlar va uyqu arteriyalarida
paydo bo’ladi va asta-sekin o’lchami kattalashib boradi. Fibroz pilakcha
rivojlanishi taxminan turli xil mexanizmlar – lipidlar yig’ilishi va devor
oldi trombozi hisobiga ro’y beradi. Bular aksariyat bir vaqtning o’zida
ta’sir qiladi.
Ko’pchilik hollarda ateroskleroz asosiy toj arteriyalarini proksimal
bo’limlarini, asosan kasallikning boshlang’ich bosqichida zararlantiradi.
Ko’pincha aterosklerotik pilakchalar kasallik boshlanishida bukilgan yoki
arteriyalardan yirik tarmoqlar chiqadigan joylarda yoki arteriyalap miokard
bag’riga kirgan sohasida joylashadi. Ateroskleroz miokard bag’rida
joylashgan toj arteriyalar qismlariga tarqalmaydi.
O`quv qo`llanma
102 Sahifa
45 – rasm. Yurak ishemik kasalligining asosiy sabablari
Yurak ishemik kasalligi klassifikatsiyasi.
Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti ishchi guruhi ishlab chiqqan klassifikatsiyasi keng tarqalgan:
1. Yurak faoliyatining birlamchi to’xtashi.
2. Stenokardiya.
2.1. Zo’riqish stenokardiyasi.
2.1.1. Birinchi marta vujudga kelgan.
2.1.2. Barqaror.
2.1.3. Avj olib boradigan.
2.2. Tinch turgandagi stenokardiya (spontan stenokardiya).
2.2.1. Stenokardiyaning alohida turi.
3. Miokard infarkti.
3.1. Q tishchali miokard infarkti.
3.2. Q tishchsiz miokard infarkti.
3.3. Postinfarkt kardioskleroz.
4. Yurak etishmovchiligi.
5. Yurak ritmining buzilishi.
Barqaror stenokardiyada dori-darmonlar bilan davolash naf
bermaydi, bunda ta’sirchan jarrohlik usullarini qo’llash, jumladan toj
|