O’pka arteriyasining torayishi O’pka arteriyasining alohida torayishi – oqish (asianotik) turdagi
nuqsonlarga kiradi. O’pka arteriyasi boshlanish joyining stenozi o’ng
qorinchadan kichik qon aylanish doirasiga qon oqib kelishiga to’sqinlik
vujudga keltiradi. Boshlang’ich davrda o’ng qorincha gipertrofiyasi yuz
berib, keyinchalik o’ng qorincha etishmovchiligiga aylanadi. Ikkilamchi
gipertrofiya va bo’lmacha kengayishi tufayli trikuspidal klapanning nisbiy
etishmovchiligi paydo bo’ladi.
Gospital xirurgiyasi 91 Sahifa
40 – rasm. O’pka arteriyasi klapani a) normada va b) stenozidagi holati. Klinikasi va diagnostikasi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi
(jismoniy xarakat vaqtida kuchayadi), yurakning tez-tez urishi, tez
charchash, bolaning rivojlanishdan orqada qolishi. Ko’zdan kechirishda
yurak “bukriligi”, to’shning chap chekkasida II qovurg’alar orasi
paypaslab ko’rilganda sistolik titrash aniqlanadi. Perkutor tekshiruvda
yurak o’lchamlarining o’ngga kattalashgani aniqlanadi. Auskultatsiyada –
to’shning chap chekkasi bo’ylab II qovurg’alar orasida maksimal
jaranglaydigan dag’al sistolik shovqin eshitiladi. EKG da o’ng qorincha
gipertrofiyasi belgilari ko’rinadi. Rentgenologik manzara o’ng qorincha
gipertrofiyasi, o’pka arteriyasining klapanlardan yuqori ko’tarilishi, o’pka
arteriyasi periferik tarmoqlari bo’shlig’ining torayishi bilan ta’riflanadi.
Yurak zondlanganda o’ng qorinchada bosimning oshishi kuzatiladi. O’pka
arteriyasida bosim normal yoki bir oz pasaygani holda, u simob ustuni
hisobida – 300 mm ga etishi mumkin.
O`quv qo`llanma 92 Sahifa
Davolash – faqat jarrohlik usuli. Qon aylanishi to’xtatib quyilgan
sharoitda stenozni bartaraf etish jarrohlik amaliyotlari o’tkaziladi.