Arxitektura va qurilishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari
Axborot texnologiyalari fani bugungi kunda dunyo xo’jaligining barcha sohalariga keng qamrovli kirib bordi. Jumladan mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim ko’rsatgichlaridan biri bo’lgan arxitektura va qurilish soha- sida ham axborot texnologiyalarining tadbiqi muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu bois «Qurilishda axborot texnologiyalari» fanini mazmun mohiyati va maq- sadi hamda vazifalarini atroflicha ko’rib o’tamiz.
«Qurilishda axborot texnologiyalari» fanining asosiy mohiyati va maqsadi - bu qurilish sohasiga doir barcha ishlar (loyihalash, smeta ishlari, arxitekturaviy echimlarini ishlab chiqish, materiallarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mate- riallarni mustahkamlikka sinash, bino va inshootlarning interyer va ekstriyerlarini ishlab chiqish, qurilish sohasiga oid komunal to’lovlarni va servis xizmatlarini avtomatlashtirish, ularni boshqarish va boshqa shu kabilar) ni kompleks tarzda avtomatlashtirishdan iboratdir.
Axborot texnologiyalari o’z tarkibiga barcha turdagi axborot va kompyuter bilan bog’liq texnologiyalarni qamrab olishi bilan aniqlanadi, jumladan axborot- larni saqlash, uzatish va qayta ishlashda qo’llaniladigan dasturiy va apparatli vositalar hamda nusxalovchi apparatlar, fakslar va mobil telefonlar kabi qurilma- larni ham qamrab oladi [1].
Information technology is defined to include all kinds of technology used forthestorage,transferandmanipulationofinformation,thusalsoincludingdevices such as copying machines, faxes and mobile phones.(Bo-Christer Björk. International Journal of Computer Integrated Design And Construction, SETO,London.Volume1,Issue1,May1999 pp.1-16). «Qurilishda axborot texnologiyalari» fani Respublikamizda xalq ta’limi tizimi maktab dasturlarida va akademik lisey hamda kasb-hunar kollejlari tizimida o’rgatiladigan «Informatika», «Axborot texnologiyalari» fanlarining uzviy davomi bo’lib, o’quvchilarning ushbu fanni oliy ta’limgacha bo’lgan davrda qay darajada o’zlashtirishi natijasida olgan bilimlariga asoslanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki o’quvchilarning shaxsiy kompyuterlardan, ma’lumotlar bazalaridan, elektron jadvallardan, lokal va global hisoblash tarmoqlaridan qay darajada foydalana olishi va o’lashtirganligi bazasi asosida turli zamonaviy axborot texnologiyalarini o’rgan- ganligi ko’nikmasiga tayanadi.
«Qurilishda axborot texnologiyalari» fani hali ancha yosh sohalardan bo’lib, uni rivojlantirish uchun ko’plab ilmiy tadqiqot va nazariy ishlar amalga oshiril- moqda. Kelgusida fanning bu yosh sohasi o’zining mustahkam o’rnini topib olishi va turli qurilish inshootlarini loyihalash va hisob ishlarini amalga oshirishda axborot texnologiyalarining turg’un o’rnini mustahkamlash maqsadida uning uslubiy jihatlarini izchillik bilan rivojlantirishni taqoza etadi.
«Qurilishda axborot texnologiyalari» fanini o’qitish jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o’zlashtirgan holda o’z yo’nalishlari bo’yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko’nikmalarini hosil qilishi kerak.