Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə121/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mathcad
m fayllar yaratishda Matlab tilining quyidagi qoidalariga amal qilinishi lozim: o‘zgaruvchilar e'lon qilinmaydi, metkalar ishlatilmaydi, shartsiz o‘tish operatori go to ishlatilmaydi, dastur tugallanganligi qayd qilinmaydi.
mfayllar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • asosiy(scriptfayl) va qism dastur (functionfayl)larni ishlab chiqish;

    • matlabda mfayllarni yaratish, tahrirlash va saqlash;

    • mfayllarni ishga tushirish;

    • mfayllarni sozlash.

MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga oshiradi, jumladan, ob'ektgamo‘ljallangan va vizual dasturlashni ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi.
Matematik paketlardan yana biri, ayniqsa Mathcad – yuqorida sanab o’tilgan ro’yxat ichida eng mashhur paket bo’lib, ilmiy – texnikaviy soha mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga e’tibor berilmasdan (masalan: Fortran, C, Paskal, BASIC va boshqalar kabi) kompyuterda matematik modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi. Quyida Mathcad matematik dasturlash mu- hitida ishlashning yaqqol ajralib turadigan imkoniyatlarini sanab o’tish mumkin:

    • Mathcad muhitida matematik ifoda, qabul qilingan ko’rinishda ifodalanadi. Masalan, daraja yuqorida, indeks pastda, integralning yuqori va quyi chegaralari esa an’anaviy joyida turadi.

    • Mathcad muhitida “dasturlashni” tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi. Foydalanuvchi Mathcad – hujjatida yangi ifoda kiritar ekan, uning qiymatni bira to’la hisoblash va ifodani kiritishda yo’l qo’yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko’rish imkoniyati ham mavjud.

    • Mathcad paketi yetarli darajada qudratli matematik apparat bilan qurol- langanki, ular orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishimiz mumkin.

Mathcad ga xos bo’lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o’tmoq- chimiz:

  1. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan algebraic tenglama va tenglamalar sistemalarni echish;

  2. Oddiy differensial tenglama va tenglamalar sistemalarni (Koshi masalasi va che- garaviy masala) echish;

  3. Xususiy hosilali differensial tenglamalarni echish;

  4. Berilganlarni statik qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, approk- simatsiya va ko’pgina boshqa amallar);

  5. Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar);

  6. Funksional bog’liqlikning maksimum va minimumini izlash (Ekstremum masalalari).
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin