Internet marmog’ida mavjud aloqaning himoyasini (xavfsizligini) ta’min-lashasoslari.Ma’lumotlarni uzatish tizimlarining rivojlanishi va ular asosida yaratilgan telekommunikatsiya xizmat ko’rsatish vositalarining yaratilishi bevosita foydalanuvchilarga tarmoq zaxiralaridan foydalanish tartiblarini ishlab chiqarish zaruriyatini paydo qildi:
serverga kirishni ta’minlash. Server faqatgina bitta foydalanuvchiga emas, balki keng miqyosdagi foydalanuvchilarga o’z zaxiralaridan foydalanishga ruxsat berishi kerak;
Internet tarmogida ruxsatsiz kirishni taqiqlovchi tarmoqlararo ekran Fire Wall vositalari keng tarqalgan. Ushbu vosita asosan UNIX operatsion tizimlarida qo’llanilib, bevosita tarmoqlar orasida aloqa urnatish jarayonida xavfsizlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari, Fire Wall tizimlari tashqi muhit, masalan, Internet uchun, asosiy ma’lumotlarni va MB larini xotirasida saqlab, bevosita ma’lumot almashuvini ta’minlashi va korxona tizimiga kirishini taqiqlashi mumkin.
Lekin Fire Wall tizimlarining kamchiliklari ham mavjud, masalan, Email orqali dasturlar jo’natilib, ichki tizimga tushgandan so’ng o’zining qora niyatlarini bajarishida ushbu himoya ojizlik qiladi.
Fire Wall sinfidagi tizimlarning asosiy qismi tashqi hujumlarni qaytarish uchun mo’ljallangan bo’lsa ham, hujumlar ularning 60 foizi kuchsiz ekanligini ko’rsatdi. Bundan tashqari, Fire Wall zabt etilgan serverning ishlashiga qarshilik ko’rsata olmaydi.
Nazorat savollari
Axborot xavfsizligiga ta’rif bering.
Axborotni himoya qilish deganda nima tushuniladi?
Kompyuter tarmoqlarida himoyani ta’minlash usullari.
EHM himoyasini ta’minlashning texnik vositalari.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalashning asosiy yo‘nalishlari.
Internet tarmog’ida mavjud aloqaning himoyasini (xavfsizligini) ta’minlash asoslari.
Axborotni himoya qilish muammosining dolzarbligi va muhimligi qanday sabablar bilan shartlangan?