Axborotlashtirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar
Respublikada AKT sohasida:
O’zbekiston Respublikasining 10 ta Qonuni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta Farmoni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi Qonun- lar:
Axborotlashtirish to’g’risidagi qonun (2003y.)
Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonun (2003y.)
Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun (2004y.)
Elektron tijorat to’g’risidagi qonun (2004y, 2015 y.)
Elektron to’lovlar to’g’risidagi qonun (2005y.)
O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni 2003 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 23 ta moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy- iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni;
axborotresursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot,
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborottexnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
axborottizimi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texno- logiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamo- naviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonuni 2003 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 22 ta moddadan iborat bo’lib, uning maq- sadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: