Salimova sarvinoz baxtiyorovna



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/14
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#44250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi sarvinoz

Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), (Fabaceae, Leguminosae) — ikki urugʻ pallali o’simliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Burchoqdoshlarning barglari koʻpincha ketmaket joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi — dukkak.

Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni o’z ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun, toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda,sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab ekiladi.

Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yer yongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi. Ko’p burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya, tuxumak va b.) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi. Shuning uchun burchoqdoshlar azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi.




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin