Salimova sarvinoz baxtiyorovna


II.2. O’simliklarni klonal ko’paytirishning ahamiyati



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə14/14
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#44250
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi sarvinoz

II.2. O’simliklarni klonal ko’paytirishning ahamiyati.

In vitro hujayra tehnologiyalarini qo’llash o’simliklarning tirik kolleksiyalarini yaratish, saqlash va kengaytirishga yordam berib, kamyob va yo’qolish arafasidagi o’simliklar genofondini muhofaza qilishga imkon yaratadi. (6)

Fransiyada gulli o’simliklarning 94foizi to’qima kulturasi usulida yetishtiriladi. AQShda 100dan ortiq tijorat korxonasi manzarali, dorivor, oziq-ovqat, sabzavot, mevali va boshqa o’simliklarni klonal ko’paytirish bilan shug’ullanadi. Magarachda (Rossiya) bir kurtakli tok qalamchasidan 4oy mobaynida 8000 o’simlikni mikroklonal ko’paytirib olish usuli ishlab chiqilgan. 40oilaga mansub 200dan ortiq daraxt turlari mikroklonal ko’paytiriladi.

O’simliklarni klonal ko’paytirishning afzalliklari:

1.Ko’paytirishning yuqori ko’rsatkichi

2.O’simliklarni sog’lomlashtirish (virus va patogen mikroorganizmlardan tozalash)

3.Seleksion jarayonlarni tezlatish

4.Qiyin va umuman vegetativ ko’paymaydigan o’simliklarni ko’paytirish

5.Qari individdan yosh o’simliklarni olish

6.O’simliklarni yil mobaynida ko’paytirish mumkin.

O’simliklarni klonal ko’paytirishning istiqbollari:

1.Yangi istiqbolli o’simliklarni tezda ko’paytirish

2.Geterozis gibrid o’simliklarni olish

3.Virus va patogenlardan holi bo’lgan o’simlik ko’chatlarini olish

4.Kamyob va yo’qolib borayotgan o’simlik turlarini saqlab qolish

5.Vegetativ usulda ko’paytirish qiyin, juda sekin jinsiy ko’payadigan o’simliklarni ko’partirish

6.Suniy urug’lar olish

7.Genofondni saqlash (kriokonservatsiya)

Xulosalar



  • Hozirgi kunda dunyo aholisi sonining ortishi, o’z navbatida dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini yanada oshirmoqda, shu bilan bir vaqtda kishi organizmining barcha zarur moddalarga bo’lgan ehtiyojining to’liq ta’minlanishi ham faqat yetarli miqdorda oziqlanishga bog’liq bo’lmasdan, balki oziq-ovqatning xilma-xilligi ozuqabop o’simliklar hisobiga boyitishni taqozo etadi.

  • Astragalus L. turkumi qadimiy O’rtayer dengizi florasining eng yirik turkumlaridan biri hisoblanadi. Burchoqdoshlar oilasiga tegishli bo’lgan astragal (Astragalus L.) turkumi vakillarining ko’pchiligi adir mintaqasida tarqalganligi, qimmatli yem-hashak, dorivor, asal beruvchi o’simliklar ekanligi bilan tavsiflanadi.

  • Astragal turkumi o’t, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turi bor. Barglari odatda murakkab, toq patsimon. Gullari kallak yoki boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Mevasi –dukkak. O‘rta Osiyoda 592 va O‘zbekistonda 250 turi o‘sadi.

  • Astragalusning bir qancha turlari O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

  • Astragalus o’ti ayniqsa turli makro va mikroelementlar bilan boy, ular Ca, Al, Fe, Mg, Co, Zn, Cu, Mn, Mo, Cr, Vn, P, Na dir. Astragalus shuningdek, triterpene glikozidlar, saponinlar, flavonoidlar (kaempferol, quercetin, naritsessin, isorhamnetin, astragolozid) polisaharidlar, tannin, kumarin, oksikumarinlar, efirlar, oksimarinlar, eterik kislotalarni o’z ichiga oladi.

  • Astragalusning foydasini ortiqcha baholash qiyin, bu butun tanaga foydali ta'sir ko'rsatadi. Ushbu o'simlikning damlamalari va damlamalari qon aylanishidagi muammolarni bartaraf etish uchun keng qo'llaniladi. Astragalus qon tomirlarini kengaytiradi va qon bosimini normallashtiradi va shu bilan qon oqimining tezligini oshiradi.

  • In vitro hujayra tehnologiyalarini qo’llash o’simliklarning tirik kolleksiyalarini yaratish, saqlash va kengaytirishga yordam berib, kamyob va yo’qolish arafasidagi o’simliklar genofondini muhofaza qilishga imkon yaratadi.

  • Astragalus o’simligining ko’pchilik turlarida unuvchanlik past bo’lganligi sababli ularni in vitro usulida ko’paytirish yaxshi samara beradi. Bu esa ulardan ko’plab foydali moddalarni ajratib olishga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi «Farmasevtika tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida»gi PF-5229-son Farmoni. O’zbekiston.

  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g’risida» Farmoni. O’zbekiston.

  3. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 1-tom. T.2013 713-b.

  4. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 1-tom T.2016. 16-50-b.

  5. “ Флора Узбекистана” Tom 3. 487-500-b

  6. X.M.Komilov, M.M.Rahimov, D.Yu.Odilbekova. “Biotexnologiya asoslari” Toshkent 2010

  7. H.Q.Esonov, A.R.Batoshov. “Buxoro vohasi florasida Astragalus h. Turkumi” O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hisoboti. T.2017 №4. 66-69-b.

  8. John L. Freeman, Li Hong Zhang, Matthew A. Marcus, Sirine Fakra, Steve P. McGrath, and Elizabeth A.H. Pilon-Smits*” Spatial Imaging, Speciation, and Quantification of Selenium in the Hyperaccumulator Plants Astragalus
    bisulcatus and Stanleya pinnata” Biology Department, Colorado State University,2006.

  9. Хушматов Ш.С., Баратов К.Р., Агзамова М.А., Кучербаев К.Дж. Институт Биоорганической химии им. акад. А.С.Садыкова АН РУз, Институт химии растительных веществ им. С.Ю.Юнусова АН РУз, Южно-Казахстанская государственная фармацевтическая академия, Казахстан, г. Шымкент. “ПОЛОЖИТЕЛЬНЫЙ ИНОТРОПНЫЙ ЭФФЕКТ АСТРАГАЛОЗИДА VII” European Journal of Medicine 2016

  10. J.X.Qarshiboyev. “Adir mintaqasida tarqalgan ayrim astragallarning urug’ unuvchanligi”.O’zbekiston biologiya jurnali №3 2013.

  11. J.X.Qarshiboyev. “Mirzacho’lda astragalus turbinatusning urug’ mahsuldorligi” O’zbekiston biologiya jurnali 2015.

  12. Определитель растений Средней Азии. Ташкент, 1981. Т.V1.- 395с

  13. . Ашурметов О.А., Каршибаев Х.К. Методические указания по изучению репродукции травянистых растений. Гулистан, 2008.- 24 с.

  14. Internet malumotlari.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin