Saidov oybek


Shkala bo`limining intervali



Yüklə 206,92 Kb.
səhifə3/5
tarix29.03.2023
ölçüsü206,92 Kb.
#90924
1   2   3   4   5
Amaliy mashg\'ulotlar mustaqil ishi — копия (2)

Shkala bo`limining intervali shkala bo'limlarini belgilovchi shtrix (chiziqcha)lar orasidagi masofadir. Ko'pchilik o'lchash asboblarining bo'limlari intervali 1 dan 2,5 mm gacha bo'ladi.
O'lchash asboblarida yo`l qo'yiladigan xatolik deb, o'lchash asbobidan foydalanishda yo'l qo'yiladigan eng katta xatolikka aytiladi. O'lchash xatolarini ko'zdan kechirishda o'lchash asbobi ko'rsatkiclilarining bir xil bo'lmasligi qaraladi (variatsiya-bir miqdorni qayta-qayta olchab olingan qiymatlari ayirmasidir).
O'lchash asbobining o`lchash chegaralari – ayni asbob yordamida o'lchash mumkin bo'lgan eng katta va eng kichik o'lchamlardir.
Shkala bo`yicha o`lchash chegaralari – o'lchamning shkala yorda­mida bevosita o'lchash mumkin bo'lgan eng katta qiymatidir.
O'lchashdagi zo'riqish - o'lchanadigan buyum va o'lchash asbobi sirtlarining yondashishida o'lchash asbobida yuz beradigan zo'riqishdir.
O'lchash usuli deb, qandaydir miqdorni o'lchashda ishlatiladigan vositalar va uslublar majmuasiga aytiladi.
O'lchanadigan buyumlarning qiymatlarini aniqlash usullari absalyut, nisbiy, bevosita va bilvosita, kontaktli va kontaktsiz bo'lishi mumkin.
Mutloq o`lchash usuli o'lchanayotgan miqdorni o'lchash asbobining ko'rsatishlariga qarab bevosita to'la hosil qilishdan iborat. Masalan, detalni shtangensirkul bilan o'lchab, o'lchamning 25,5 mm ekanini topish.
Nisbiy usul. Bu usulda o'lchanadigan miqdor o'lchamining belgilangan o'lchamdan yoki namunaning ma'lum o'lchamidan og'ishi aniqlanadi. Masalan, indikatorni plitadagi ustunga mahkamlab qo'yib, qandaydir namunaga qarab nol belgini qo'yadilar so'ngra esa detalni o'lchaydilar. Bu holda indikator nazorat qilayotgan (o'lchanayotgan) detal o'lchamining namuna o'lchamidan qancha og'ishini ko'rsatadigan bo'ladi.
Bevosita o'lchashda berilgan miqdor, masalan, valning diametri shtangensirkul bilan bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) o'lchanadi.

Yüklə 206,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin