hisoblar tizimi- dan foydalaniladi. Miiiiy hisoblar
tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni,
takror ishlab chiqarish sharoitlari, jara- yonlari va
natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy .
ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar
va yor- damchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida
xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan
boshlab qo‘llanila boshladi. Shu davrdan (1953-yildan)
buyon to bugungi kungacha MHT to‘rt marta
o‘zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham
takomillashtirishga muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning
100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan
O‘zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan
shakli qoTlanilmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ya’ni
1993-yildan boshlab MHTdan foydalana boshladi. Q.
Mambetjanovning fikricha, hozirgi kungacha milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq. Birinchi bosqich XVII asming ikkinchi yarmidan
1930-yilga- cha bo’lgan davmi o‘z ichiga olib, unda
milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu
bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va da- romad
ko‘rsatkichlarini hisoblashga qaratilgan. Lekin, bu
bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida
shakllanmadi.
Ikkinchi bosqich o‘tgan asming 30-yillaridan
boshlandi va unda keynschilik taTimo’li muhim o‘rin
tutdi. Bu bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va
milliy daromadni hisoblash usullarini takomillashti-
rish, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalaming
harakatini tahlil qilish, makroiqtisodiy tahlil uchun
zarur axborot tizimini shakllantirish, uning davlat
hokimiyatini boshqarishdagi rolini oshirish va milliy
hisoblar tizimining ayrim ko'rsatkichlariga aniqliklar
kiritishga qaratildi.