S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Tur. Cupressus sempervirens L. 
Sarvi doimo yashil , balandligi 25-30 m gacha, 
diametri 50-60 sm gacha bo‘lgan to‘g‘ri tanasi bo‘lgan daraxt. Tabiatda u janubiy 
Yevropada va g‘arbiy Osiyoda uchraydi, Qrimning janubiy qirg‘og‘ida va 
Kavkazning Qora dengiz qirg‘og‘ida o‘sadi. Turkiyada u ko‘pincha qabristonlarga 
ekilgan. U juda tez o‘sadi, uzoq muddatli qurg‘oqchilikka va haroratning qisqa 
muddatli pasayishiga -20 ° S gacha toqat qiladi. 2000 yilgacha yashaydi. 
Dorivorlik xususiyati
. Bu turdan qadimdan qon ketish, varikoz kengayishi, 
gemoroid, bachadondan qon ketish, gripp, spazm, asabiylashish, oshqozon-ichak 
kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Ba’zi mamlakatlarda zamonaviy tibbiyotda
efir moyidan va o‘simlik preparatlaridan podagra, gingivit, varikoz kengayishi 
kabi kasalliklarda foydalaniladi. Bronxoial o‘pka kasalliklari, kistalar uchun 
buyuriladi tuxumdonlar, asab kasalliklar, dermatit, allergik kasalliklarga ham 
qo‘llaniladi. O‘simlikning turli organlarining kimyoviy tarkibi Cupressus 
sempervirens L. yetarlicha o‘rganilmagan. 
9
Turkum. 
Archa (Juniperus L.) - Можжевельник 
Tur. Zarafshon archasi yoki qora archa - Juniperus zeravschanica Kom. 
bo‘yi 10-15 m, diametri 1-1,5 m li, shox-shabbasi qalin, sharsimon, piramida yoki 
yoyiq shakldagi daraxtdir. Changchi qubbalari yoz o‘rtalarida paydo bo‘ladi va 
qish bo‘yi (bahorgachA. rivojlanadi. Urug‘chi qubbalari ham yozda hosil bo‘ladi 
va kelgusi yili bahoridan rivojlanadi. Bu archa ikki uyli daraxt bo‘lib, bahorda 
changlanadi. Urug‘chi qubba changlanishi yoki changlanmasligiga qaramay, urug‘ 
kurtak rivojlanaveradi. Tashqi ko‘rinishdan urug‘chi qubbaning urug‘i bor yoki 
yo‘qligini aniqlash mumkin emas, lekin urug‘lanmagan qubba tez to‘kilib ketadi. 
Qubbada urug‘lar ikkinchi yili kuzda yetiladi. Qubbalar kalta novdalarda 
joylashadi. Ular yumaloq, diametri 1,5 sm gacha bo‘lib, zangori rangda, tarkibida 
smola bor, zich nuqtali. Yetilganda ranggi o‘zgarib, undagi nuqtalar to‘kilib ketadi. 
Qubba 4-6 ta tangachasimon barglarning o ‘zaro qo‘shilib o‘sishi natijasida hosil 
bo‘ladi. To‘liq urug‘li qubba yetilgandan so‘ng keyingi yili bahorda to‘kiladi. 
Archa turi urug`idan ko‘payadi. Urug‘i uchburchak, tuxumsimon, yerga 
to‘kilgandan so‘ng qulay sharoitda 1-3 yilda unib chiqadi. Katta yoshida ildizi 
baquvvat bo‘lib rivojlanadi. Zarafshon archasi qurg‘oqchilikka chidamli va 
issiqsevar daraxt. Sernam tuproqli yerda yaxshi o‘sadi. 1000 yilgacha yashaydi. 
Tog‘li mintaqalarda dengiz sathidan 2800 m balandlikda o‘sadi. Ular Toshkent, 
9
Е.А. Красных1 , В.И. Мозуль2 , В.С. Доля2 , Е.Н. Очкасова3 Изучение химического 
состава и антибактериальной активности эфирного масла Cupressus sempervirens L. 1 
Медицинский центр «Аура», г. Запорожье, 2 Запорожский государственный медицинский 
университет, 3 Запорожская областная клиническая больница. Фармакогнозія та хімія 
природних сполук. Актуальні питання фармацевтичної і медичної науки та практики 
(2012), №3 (10) 15-bet.


30 
Farg‘ona, Samarqand va Buxoro tog‘li hududlarining quruq toshli, shag‘alli va 
mayda tuproqli yon bag‘irlarida o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli va ildiz tizimi 
baquvvat bo‘lganligi sababli uni tog‘ qiyaliklariga ekish muhim ahamiyatga ega. 
Bu archa Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham uchraydi.
10

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin