1) eng kichik o'lchamda eng katta filtrlash yuzasiga ega bo‘lishi;
2) minimal qarshilikka ega bo‘lishi;
3) tez va qulay o‘rnatish imkoniyatiga ega boiishi;
4) alohida moslamalar guruhlarga birlashtirilganda ishonchli
germetiklikka ega bo‘lishi.
Yuqoridagi talablarga ramali filtrlar (20 a-rasm) to‘liq javob beradi.
20 b rasmda esa D-KL markali filtrlar keltirilgan. Viniplastli plyonkadan
tayyorlangan gofrirlangan taqsimlovchi — ramkalar orasiga filtrlovchi
matolar joylashtirilgan.
Ikki bosqichli yoki kombinirlangan filtrlar esa 20 d rasmda
keltirilgan. Bir korpusda dag‘al changni tutib olish uchun qalinligi 100
mm bo'lgan lavsan matoli filtr joylashtirilgan bo‘lsa, ikkinchisida mayda
zarrachalarni tutib olish uchun Petiyanov filtri joylashtirilgan.
Chuqur filtrlar — ko‘p qavatli filtrlar bo‘Hb, ventilatsion va texnologik
gazlarni radioaktiv zarrachalardan tozalash uchun qo'llaniladi. Ular
10—20 yil mobaynida ishlashi mumkin. So‘ng ularni ko‘mib; sementlab
tashlash zarur.
Dostları ilə paylaş: