Chiqindilardagi fosfatlar, marganets, ruxning sulfat tuzlari va
boshqalar ham xavfli zararli moddalarga, ya’ni 4-guruhga tegishlidir.
Kanada davlatida sanoat korxona chiqindilari 10 turkumga bo'lingan
~ organik ximikatlar, eritmalar, yog‘lar, moylar, kislotalar, ishqorlar,
metall chiqindilari, plastmassa, to'qimachilik buyumlari, ten va rezina,
y°§‘och va qog'ozlar. Germaniyada esa chiqindilaming ro‘yxati bo‘lib,
yangi chiqindilar turkumi paydo bo‘lsa, ro‘yxatga qo‘shilib borilaveradi
va ulami zararsizlantirish choralari ishlab chiqiladi.
6-rasmdan ko'rish mumkinki, Toshkent shahrida joylashgan sanoat
korxonalarining deyarli hammasi bir vaqtda ham atmosfera havosini,
suv havzalarini va tuproqni ko‘p tonnali chiqindilar bilan ifloslantiradi.
Sanoat korxonalarida hosil bo‘layotgan chiqindilarni qaytadan
x°niashyo sifatida, ikkilam chi xom ashyo sifatida, qo ‘shim cha
Component sifatida foydalanishni ta’minlovchi texnologiyalami yaratish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan
bir vaqtda chiqindilarni atrof-m uhitga tashlash natijasida kelib
chiqayotgan salbiy oqibatlarning oldini olishga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: