Diqqatning ana shu xususiyatlari ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Diqqatning barqarorligi uning davomiyligi va u yuz bergan butun vaqt
mobaynida qaratilganlik darajasi bilan belgilanadi. Diqqatning barqarorligi diqqat
qaratiladigan obyektlarning xususiyatlariga va diqqati yo’naltirilgan shaxsning
faolligiga bog’liq bo’lib, u diqqatning o’z obyektiga kuchli yo’naltirilishi va faol
to’planishidan iborat ijobiy xususiyatdir.
Diqqatning ko’lami, xajmi uning taqsimlanish xususiyati bilan belgilanib,
ayni bir vaqtning o’zida aniq-ravshan idrok etiladigan obyektlar soni bilan
tavsiflanadi. Diqqatning obyektlari o’rtasida kanchalik yaqin bog’lanishlar mavjud
bo’lsa, uning xajmi shunchalik keng bo’ladi va aksincha.
Diqqatning taqsimlanishi - ikki va undan ortiq faoliyat turlarining ayni bir
vaqtning o’zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog’lik xususiyatidir.
Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida
axamiyatga ega.
Diqqatning ko’chishi subyektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir
obyektdan ikkinchi obyektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o’tishida
namoyon bo’lib, bunda ko’chish to’liq yoki chala bo’lishi mumkin.
Diqqatning bo’linishi uning ko’chishidan farqli o’larok ixtiyorsiz tarzda
bo’ladi. Diqqatning bo’linishi shaxsning asosiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun ahamiyatsiz bo’lgan obyektga ko’chishida namoyon bo’ladi.
diqqatning taqsimlanishi diqqatninng bo’linishi parishonxotirlik
Diqqatni obyektga qarata olmaslik va yunaltira olmaslik bilan bog’liq salbiy
xususiyatlar, ya’ni diqqatning buzilishi ham uchrab turadi. Ulardan biri
parishonxotirlikdir.