S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
тарихий грамматика

 
Unlilar tasnifi 
- og’iz bo’shlig’ida tilning harakati hamda og’izning ochilish 
darajasi, lablarning ishtirokiga ko’ra unlilarni guruhlarga ajratish. 
YUmshoq unli 
- old qator unli. 
Qattiq unli 
- orqa qator unli. 
Singarmonizm 
– unlilar uyg’unligi qonuni. 


14 
Palatal singarmonizm
– unlilarning tanglay (old qator-orqa qator) 
uyg’unligiga asoslangan singarmonizmning turi. 
Unlilarning birlamchi cho’ziqligi
– turkiy so’zlarning birinchi bo’g’inida 
qayd qilinadigan unlilarning tabiiy cho’ziqligi. 
Unlilarning ikkilamchi cho’ziqligi
– so’zdagi biror undosh tovushning 
kuchsizlanishi va tushib qolishi hisobiga yuz beradigan cho’ziqlik.
 
Morfologiya. Ot so’z turkumi 
 
Reja: 
 
1.
 
Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. 
2.
 
 Grammatik son kategoriyasi. 
3.
 
Egalik kategoriyasi. 
 
Hozirgi o’zbek tilida bo’lganidek, eski o’zbek tilida ham so’z turkumlarining 
yirik uch guruhi qayd qilinadi. Bular mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar va 
undovlar. Lekin bu so’z turkumlarining ichki kategoriyalari uzoq davrlar 
mobaynida o’ziga xos ravishda taraqqiy etib keldi. Professor SH.SHukurov bu 
tarixiy taraqqiyotni uch bosqichga ajratadi: 
Birinchi bosqich. Bu bosqichni XIV asrning oxirigacha bo’lgan davr tashkil 
etadi. Bu davr eski o’zbek adabiy tilining shakllanish arafasi bo’lib, bu davr tilida 
qadimgi turkiy tilga oid ko’pgina formalar yangi formalar bilan parallel qo’llanib 
kelgan hamda yozma yodgorliklarda dialektal hodisalar ko’plab aks etgan. 
SHuningdek, bu davr tilida boshqa turkiy tillarga oid bo’lgan so’z formalari ham 
iste’molda bo’lgan.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqich XIV asrning oxiri va XIX asrning 2-
yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda eski o’zbek adabiy tili 
vujudga keldi va ma’lum darajada adabiy me’yorga ega bo’ldi. 
Uchinchi bosqich. XIX asrning 2-yarmidan boshlanadi. Uning xarakterli 
xususiyatlari adabiyotda demokratik oqimning paydo bo’lishi, vaqtli matbuotning 
vujudga kelishi, kitoblarning nashr etilishi va shularning natijasida esa adabiy til 
bilan xalq so’zlashuv tilining yaqinlasha borishidir. Demak, o’zbek adabiy tili xalq 
jonli so’zlashuv tili hisobiga boyib bordi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin