Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


Raketka qo’yib zarba berish (tolchok)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Raketka qo’yib zarba berish (tolchok) 
Bu zarba turtib zarba berish texnikasini takomillashgan texnikasidir. Bu zarba 
berishda ham shar qo’lni oldinga va dastani bir vaqtning o’zida pastga qarab 
qo’yiladigan zarba bilan kelayotgan sharga qo’shimchadan yuzaga keladi. Raketka 
qo’yib zarba berish stol tennisida sharning uchish tezligi bo’yicha eng tezi 
hisoblanadi. Bu usulda bajarilganda ko’pchilik hollarda zarba chapdan amalga 
oshiriladi. Boshqa holatda o’ng oyoq oldinga egiladi. Yelka old qo’l uchlari bir 
vaqtda kuch bilan raketkani oldinga turtadi. Agar raqib tomonidan yuborilgan shar 
katta yuqori aylanishga ega bo’lsa, raketkaning egilishlari ko’proq bo’lishlari kerak. 
Raketka qo’yib zarba berish asosan top-spin zarbalarni qaytarishda ishlatiladi. 
Top-spin 
Top-spin stoldan 1-1,5 m. uzoqlikda, chap oyoq oldinda turgan, tovonlar 
joylashtirilgan, gavda chap elka bilan yarim burilgan holda bajariladi. 
Zarbaga tayyorlanganda, sportchi stolga tomon chap biqin bilan yanada 
kuchliroq buriladi, o’ng elka pastga tushiriladi. Keyin raketka ushlagan qo’l orqaga-
o’ngga, stolning o’yin sohasidan pastroqqa tushiriladi. Chap qo’l oldinga cho’ziladi, 
tana og’irligi o’ng oyoqqa o’tkaziladi. 
Shar stoldan ko’tarilayotgan paytda, o’yinchi elkasini qariyib ko’tarmasdan, 
gavdaning aylanish hisobiga tirsakdan bukilgan raketkali qo’lini sharga olib boradi. 
Keyin o’ng oyoqni to’g’rilash bilan tana harakatini keskin tezlashtiradi, buning bilan 
raketka yuqoriga qo’shimcha harakat beradi. Sharni raqib tomonga yuboradi. Top-
spin, asosan, sharga kuchli yuqori va yon aylanish berishda qo’llaniladi. 


2.1.O’yin taktikasi 
Stol tennisida о’yin taktikasi deb, aniq ritm va suratdagi zarbalar seriyasini 
maqsadli qo’llash, shuningdek, aniq sharoitlarda raqibning zarbalariga qarshi 
psixologik uslublarini qo’llashm tushunmoq lozim. Texnika bilan taktika o’rtasida 
yaqin bogiiqlik mavjud. Qandaydir texnik uslubni qo’llash o’z-o’zidan taktik rejada 
ko’rib chiqiladi. Asosiy texnik elementlar, kombinatsiyalar, ya’ni sharga qator 
zarbalar berishdan iborat. Demak, uslublar qancha ko’p bo’lsa, ular yaxshi bajarilsa, 
o’ylangan kombinatsiyalarni bajarish shuncha oson bo’ladi. 
Tennischining taktik tayyorgarlik darajasi uning texnik mahoratiga, o’yindagi 
holatni baholay olish tezligiga, voqealar rivojini oldindan ko’ra olishiga bogliq. 
Zamonaviy tennisning eng kuchli vakillari texnik harakatlarning kamroq 
boiishim ma’qul ko’radilar va ularni avtomatizm darajasiga olib boradilar. Bu esa 
o’yinnmg borishiga va alohida harakatlarning paydo bolishiga qarab, bir lahzada 
taktik qarorni qabul qilish va uni amalga oshirish imkonim beradi. Stol tennisida 


boshqa sport turlarida bo’lgani kabi bir nechta taktik usullar mavjud. Yakka va 
juftlik o’yinlar taktikasi bir-biridan farqlanadi. Quyida taktik usullar bilan tanishib 
chiqamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin