Rivojlantirish vazirligi o’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/7
tarix16.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#156382
  1   2   3   4   5   6   7
2-Mustaqil ish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

QARSHI FILIALI

TT va KT” FAKULTETI


3-BOSQICH AX-12-21 GURUH TALABASINING


Kompyuter tarmoqlari fanidan


MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Rasulov.T.

Qabul qildi: Abduvaleyev.A



QARSHI – 2023
Reja:

  1. OSI modeli.

  2. OSI pog’onasi, vazifalari, asosiy protokollari.

  3. OSI pog’onalarning o‘zaro ishlashi jarayonlari va xizmatlari.

  4. TCP/IPprotokollar steki haqida umumiy tushuncha.

  5. TCP/IP pog’onasi, vazifalari, qo‘llaniladigan asosiy protokollari.

  6. Tarmoq topologiyalari: mesh, yulduz, daraxt, shina, halqa.

  7. TCP/IP va OSI modellarning kompyuter tarmoqlarini qurishda o‘rni

Kompyuter tarmoqlarining ishlashini taʼminlovchi vosita¬larni yaratishga koʻp sathli yondo¬shish gʻoyasi, tarmoqlarda stan¬dartlashning gʻoyaviy asosi boʻlib hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq tizimlarning bir-biri bilan bogʻlangan holda, yaʼni oʻzaro ishlashining yettita sathli standart modeli - Open System Interconnection (OSI) modeli ishlab chiqilgan. Bu model va uning iboralari tarmoq mutaxassislari uchun oʻziga xos universal tilga ham aylangan.


OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash boʻyicha qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar) ishtirokida ishlab chiqilgan. OSI modeli tizimlarning oʻzaro ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga standart nomlar beradi. Modelning toʻliq tavsifi ming betdan oshadi. OSI modelida oʻzaro ishlash vositalarining yettita sathlari quyidagicha nomla¬nadi:
1.Fizik sath.
2.Kanal sathi.
3.Tarmoq sathi.
4.Transport sathi.
5.Seanslar sathi.
6.Taqdimlash sathi.
7.Amaliy sath (1-rasm).
Maʼlumotlar almashinish jarayonida ikkita kompyuter qatnashganligi, yaʼni bunda bir-biri bilan kelishgan holda ishlovchi ikkita “iyerarxiyaning” ishini tashkil qilish kerak boʻlganligi sababli, tarmoqdagi oʻzaro ishlash vositalarining koʻp sathli koʻrinishda taqdim etishning oʻziga xos tomonlari mavjud edi. Tarmoqdagi ikkala ishtirokchi maʼlumotlarni - xabarlarni uzatish uchun koʻpgina kelishuvlarni qabul qilishlari kerak boʻladi. Masalan, ular oʻzaro elektr signallari¬ning sathi va shakli haqida, uzatiladigan xabarlarning uzunliklari haqida, axborot uzatish ishonchliligini nazorat qilish usullari va boshqa koʻrsatgichlar haqida kelishib olishlari kerak. Bu kelishuvlar barcha sathlar uchun qabul qilinishi kerak, yaʼni quyi - bitlarni uzatish sathidan boshlab, eng yuqorigi tarmoq foydalanuvchisiga xizmat koʻrsatish sathigacha.

1-rasm. OSI modelida sathlarning nomla¬nishi.
Ikkita kompyuterning oʻzaro ishlash jarayoni maʼlum bir qoidalar toʻplami asosida amalga oshiriladi, bu qoidalar toʻplami protokol yoki interfeys deb ataladi. Tarmoqning bir nomdagi sathiga tegishli tashkil etuvchilari oʻrtasida axborot almashinish qoidalari protokollar, oʻzaro qoʻshni sathlar oʻrtasida axborot almashinish qoidalari esa interfeyslar deb ataladi (2-rasm).
Foydalanuvchi, yaʼni biror-bir kompyuter soʻrov bilan murojaat qilganda, amaliy (yettinchi) sathning dasturiy taʼminoti standart shakldagi xabarni (message) hosil qiladi. Odatda bu xabar – sarlavha, maʼlumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan iborat boʻladi. Xabar sarlavhasi, xabar yuborilgan mashinaning amaliy sathiga, uzatilayotgan maʼlumotlar ustida nima vazifani bajarish kerakligi haqida axborotdan iborat boʻladi (3-rasm).

2-rasm. Ikkita kompyuterning oʻzaro ishlash jarayoni.
Tarmoq orqali yuborilgan xabar, kompyuterning fizik sathi tomonidan qabul qilib olinadi va ketma-ket ravishda sathma-sath yuqoriga, birinchi sathdan yettinchi sathga uzatiladi. Har bir sath oʻziga tegishli boʻlgan sarlavhani tahlil qiladi va ishlab chiqadi, soʻngra esa bu sarlavhani olib tashlab, xabarning qolgan qismini yuqorida turgan sathga uzatadi.

3-rasm. Har-xil sathlarga tegishli xabarlarning koʻrinishlari.
Axborot almashinish jarayonida maʼlumotlar birligini ifodalash uchun xabar termini bilan birga boshqa iboralar ham qoʻllaniladi. ISO standartlarida har-xil sathlar protokollari uchun moʻljallangan maʼlumotlar birligini ifodalash uchun, protokolga tegishli maʼlumotlar bloki - Protocol Data Unit (PDU) degan umumiy nom qoʻllaniladi. Maʼlum bir sathga tegishli maʼlumot¬lar blokini ifodalash uchun koʻpincha maxsus nomlar qoʻllaniladi, bular quyidagilardir: kadr (frame), paket (packet), deytagramma (datagram) va segment (segment).
OSI modelida ikki xil turdagi protokollar bor:
1.Avval aloqa chizigʻini hosil qilib ishlaydigan protokollar. Telefon orqali aloqa qilib gap¬lashishga oʻxshab ishlaydigan protokollar.
2.Aloqa chizigʻini avvaldan hosil qilmay turib ishlaydigan protokollar yoki deytagrammali protokollar. Bu esa pochta orqali xabar yuborishga oʻxshab ishlaydigan protokollar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin