Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


-mavzu. Kichik maktab Yoshi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə11/17
tarix18.05.2020
ölçüsü1,33 Mb.
#31208
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
2 5298747933858989759


11-mavzu. Kichik maktab Yoshi

  1. Kichik maktab yoshida anatomo - fiziologik rivojlanish.

  2. ichik maktab o’quvchilarida bilish jarayonlarining o’sishi.

  3. Kichik maktab yoshi davrida asosiy psixologik o’zgarishlar.

  4. O’quv faoliyatining strukturasi.

  5. Kichik maktab yoshida shaxs rivojlanishi va o’zaro munosabatlarning xususiyatlari.

Bolalarning kichik maktab yoshidagi davri 7 yoshidan 11 yoshgacha boshlang’ich sinflarda o’qishi yillariga to’g’ri keladi. Bog’cha yoshidagi bolalik davri tugadi. Maktabga kelish oldidin bola quyidagiga ko’ra o’z hayotini eng muhim davriga ya’ni maktab davriga tomonida qo’yiladigan turli tuman talablarni bajarishga boshqacha qilib aytganda ta’lim olishga xali jismoniy ham psixologik jihatidan tayyor bo’ladi. Bola rasm chizish mashg’ulotlarida melg’ yoki plastinkadan narsa yasash ishlarida va eng oddiy ko’rish yasash mashg’ulotlarida yaqqol namayon bo’ladi. Bola o’z diqqatini boshqarishda o’z diqqatini mustaqil tashkil qilishida bir muncha tajriba xosil qilgan bo’ladi. 7 yosh bolaning so’z xonasi ham yetarli darajada boy va mavhum tushunchalar miqdori ancha yuksak bo’ladi. Bola eshitganlarini yetarli darajda keng tushunadi. Mutaxxassislarning tadqiqogtlaridan ma’lum bo’lishicha yaxshi tashkil qilingan ta’lim 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar tafakkurini rivojlantiradi. Ular sodda mashqlar va masalalarni tuza oladigan hamda yecha oladigan bo’ladilar. Ularda burch hissi va javobgarlik hissi endigina namayon bo’la boshlaydi. 7 yoshli bola o’z hissiyotlarini boshqarish tajribasini ega bo’larningt hammasi maktab ta’limiga tayyorgarligi muhim shartlaridan biri yuqorida aytganlarining hammasi bolaning maktab psixologiyasi jihatidan tayyor ekanligi obhektiv tamoyillarga maquldir. Boshlang’ich sinflarda pedagog ishlarni tashqil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik fiziologik hususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham hisobga olish lozim.

D.N. Levitov to’g’ri qayd qilib o’tganidek xech bir maktab yoshida salomatlik xolatiga va ijtimoy taraqqiyotiga kichik maktab yoshidagi maxkam bog’liq bo’lmaydi. Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy jihatdan nisbatan osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Bo’yi va og’irligi organizmning tiniqligi o’pkasining hayotiy xajmi ancha tekis va propalg’tsional rivojlanadi

Psixolog L.S.Slavinaning ko’rsatishicha boshlangich sinfda bilish faolligi yetarli darajada bo’lmagan bolalar uchrashi mumkin.

Bunday bolalar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan bo’ladilar. Bu rivojlanish ularning o’yin va amaliy faoliyatlarida namayon bo’ladi. Faol fikr qilish ular uchun harakterlidir. Bunday o’quvchilariga o’qituvchida aloxida diqqat bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashi dastlabki paytlarda o’quv vazifalarini bajarishni o’yin va amaliy faoliyatni bilan bog’lab olib borish kerak.

Muammoli savol: Kichik maktab yoshidagi bolalarning faoliyati yetakchi faoliyati nimadan iborat?:

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qaxtiiy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta xajmda bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaningsh bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarininng taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nixoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish o’qishga nisbatan maxsuliyatli munosabat o’qishni yuksak omillarini topishi kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlarini va ularning faoliyatida taraqqiy etishini harakterlab beramiz.



Idrok. Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining o’tkirligi sofligi bilan farq qiladilar. O’quvchilarning idroki o’ziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq qiladi.

Diqqat. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqatining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik maktab yoshida diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo’ladi.

Xotira. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira ta’limining ta’siri bilan ikki yo’nalishda rivojlanadi. So’z mantiq xotirasining va mahnosiga tushunib esda olib qolishning rolg’g’i va uning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo’ladi.

Birinchi signal sistemasining faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladigan va xotiralarida mustahkam saqlaydilar.



Hayol. Hayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Hayolning faoliyatsiz o’qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda ko’rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, xech qanday o’quv predmetni chinakkam o’zlashtirishi mumkin emas.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchining hayoli uning o’quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. SHuning bilan bir qatorda bevosita taxsurotlar (mo’zey, vistavkalarning borib ko’rish, kinokartinalarni ko’rish, ekskursiyalarga borishh, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham hayolni rivojlantiradi.



Muammoli savol; Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsining rivojlanishi nimalarga bog’liq bo’ladi?.

Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar davri bo’lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o’smirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar (o’qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo’shiladi. O’qituvchi o’z oldiga bir qator jiddiy talablarni qo’ygan o’qishga yangi faoliyat turiga qo’shilish o’quvchining o’z hayotini qatxiy tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga bo’ysunishga majbur qiladi. Bo’larning barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka, boshqa kishilarga, jamoaviyga ta’limga va uning bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarga nisbatan yangi munosabatlar sistemasining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qatxiy ravishda ta’sir qiladi harakterni irodani tarkib toptiradi. qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi.



Axloqiy normalar va xatti-haraktlar qoidalarini o’zlashtirish kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xati-harakat poydevori qo’yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o’zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va muloxazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi- 1 va 2 sinf o’quvchilarining axloqiy muloxazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va o’qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko’rsatmalri va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa axloqiy muloxazalarida o’z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar bunday adabiyotlarni o’qishda bolalar uchun chiqarilgan kinofilg’mlarni ko’rish ancha katta ahamiyat kasb etadi. Axloqiy xatti-harakatlar ham xuddi shunday tarkib topadi. 7-8 yoshdagi bolalar to’g’ridan-to’g’ri kattalarni jumladan, o’qituvchining ko’rsatmalari bilan ijobiy bo’ladigan ko’rsatmani kutib o’tirmay, bunday ijobiy axloqiy ishlarining boshidan qanchasini tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.

Harakter. Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo’lgan harakterolg’g’ogik xatti-harakatlarni hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb bo’lavermaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda harakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar harakteri, xatti-harakatlari o’zining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. SHu munosabat bilan ba’zan ulardagi o’tkinchi psixik xolatllarni xato rivishda hislatiga qo’shib yuborish mumkin. N.D.Letovitov bu xatoga shunday bir misol keltiradi. 1-sinf o’qituvchisi o’z o’quvchi qizlaridan birini har qanday ishni oxirigacha yetkaza oladigan, qiyinchiliklarni yenga oladigan matonatli qiz deb hisoblar edi. Biroq tajribali psixolog tomonidan o’tkazilgan kuzatishdan bu hususiyat ma’lum sharoitdagina maydonga keladigan vaqtinchalik, ya’ni o’tkinchi psixik xolat ekanligi ma’lum bo’ldi. O’quvchi qizdagi xatti-harakatni ko’rganda va dugonasining faoliyati muvaffaqiyatli bo’lganda namayon bo’lgan muvaffaqiyatsizlik qizchani izdan chiqarib qo’ygan.

Qiziqishlar. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan bilishga bo’lgan qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo’lgan qiziqish ko’proq bilimga bo’lgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Psixologlarning tahkidlalariga qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg’iz xodisalarga nisbatan qiziqishlar bo’ladi. Undan keyin esa sabablarini, qonuniyatlarini, xodisalar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqliklarni bilib olish uchun bo’lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o’quvchilarini «bu nima?» degen savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashqil bo’lib qoladit. O’qish malakasini rivojlanishi bilan kitob o’qishga, qiziqarli bo’lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o’qishga, bundan ham so’ngroq qiyin bo’lmagan ilmiy fantastik va sargo’zashtlar xaqidagi kitoblarni o’qishga qiziqish paydo bo’ladi. Texnikaga ayniqsa, xozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, oy stantsiyalariga, lunaxodlarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo’lgan qiziqish tez tarkib topadi. Qishloq maktablarining 3- 4- sinf o’quvchilari qishloq xo’jaligiga nisbatan sezilarli darajada o’z qiziqishlarini namayon qila boshlaydilar. SHuning uchun o’qituvchi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga nisbatan munosabatlarida qiziqishlar rivojlanishining qonuniyatlarini nazarda tutish zarurdir. Yuqorida aytib o’tilgandek xususan o’qituvchining tegishli baxosi bilan aniqlanadigan bolaning o’qishidagi o’z muvaffaqiyatlarini, qo’lga kiritgan yutuqlarini ichdan his qilish katta hususiyatga egadir.

Badiiy-estetik rivojlanish. Kichik maktab yoshidagi davrda bolalar badiiiy-estetik rivojlanishda katta imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Bolalar odatda rasm chizishga, loy yoki plastilindan narsa yasash ishlariga, ashula aytish va mo’zikaga juda qiziqadilar. Bunday faoliyatni to’g’ri tadqiq qilish bir tomondan bolalarga estetik hislarning rivojlanishiga yordam beradi, ikkinchi tomondan tegishli qobiliyat komponentlarining rivojlanishiga uchun shart-sharoit yaratadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni takidlab o’tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli hislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o’z shaxsiy manfaati uchun bajonudil va ko’p mehnat qilishga bo’lgan xudbinni ham tarbiyalaydi.



Bolalar o’z-o’ziga xizmat qilish va o’zlari uchun foydali bo’lgan narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga xususan zo’r ehtibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni sekin-asta ko’pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo’lgan ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. O’quv faoliyati kichik maktab yeshidagi o’quvchi uchun nafakat bilish jaraenlarining yukori darajada rivojlanishi .balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. SHuni aloxida ta’kidlash lozimki yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashkari boshka faoliyatlar-uyin.mulokot va mehnat faoliyatit ham o’quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir kursatiadi.SHuningdek bu faoliyatlar asosida muvafakkiyatga erishish motivlari bilan boglik bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o’qishda ma’lum yutuklarga erishish extiyojini kondirishga ,shuningdek tengdoshlari orasida uz urniga ega bulishiga imkoniyat ham yaratadi.Aynan ana shu urin yoki mavkega erishish uchun ham bola yaxshi o’qish uchun xarakat kilishi mumkin.Bu yoshdangi bolalar doimiy ravishda uzlari erishgan muvaffakkiyatini boshka tengdoshlari muvaffakkiyati bilan solishtiradilar.Ular uchun doimo birinchi bulish nixoyatda muxim .Kichik maktab davrida bolalardagi musobakaga kirishish motivi tabiiy psixologik extiyoj hisblanib bu motiv ularga kuchli emotsional zurikishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bogcha davridan boshlab yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek o’smirlik davrida ham yakkol kuzga tashlanadi.Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u xakidaga fikr va baxolariga karab uzlariga uzlari baxo beradilar.O’quvchining uziga uzi beradigan baxosi asosan tugridan tugri o’qituvchining beradigan baxosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffakiyatlariga boglik.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda uz uziga beradigan baxolari turlicha –yukori , adekvat,past bulishi mumkin.Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiklik, tashki ta’sirlarga beriluvchanlik,itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffakkiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin.Bu davrda muvaffakkiyatga erishish motivlari tarkib topish bilan bir katorda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda mehnatsevarlik asosan o’qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada uz kilayotgan mehnati unga zavk bergan takdirdagina yuzaga keladi.Bolada mustaqillik xusuiyatining shakllanishi asosan kattalarga boglik.Agar bola xaddan ziyod ishonuvchan, itoatkor,ochik xususiyatli bulsa unda asta sekinlik bilan buysinuvchanlik mustaqil bo’la olmaslik xususiyati mustahkamlana boradi. Lekin bolani vaqtli mustaqillikga undash unda quloqsizlik yopiqlikni shakllanishiga olib keladi va hayotiy tajribalarni asosan kimlargadir taklid qilgan xolda uzlashtiradi Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. SHuningdek shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki,unda bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin .Ana shu his bolada mustaqil bulishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.

7-11 yoshli davrda bolalar o’zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. Bolani uz-uzini anglashi ham jadal rivojlana boradi va
mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’zlarining ismlariga yanada
ko’proq ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va
atrofdagilar tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar.
Bolani o’zining tashqi ko’rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham
o’z-o’zini anglashida ahamiyati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga
borib bolalar, ayniksa qizlar o’zlarining yuz-tuzilishlariga aloxida
e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab yoshdagi o’quvchining o’quv faoliyati jarayonida o’zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o’zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli rivishda bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o’z faoliyatini o’zi uyushtrishiga, hamda bilim olish jarayoniga bo’lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi. O’quvchi xulk-atvorining motivlashtirishi ham o’zgaradi. Bunda o’rtoqlar va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo’lib qoladi. Axloqiy his-tuygular va shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi.

5-6 yoshli davrida bolalarning ko’zga tashlangan xususiyatlari 4 yil davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi hamda o’smirlik davrining boshlariga kelib juda ko’p shaxsiy fazilatlar shakllanib bo’ladi. Bolalarning individualliklari ularning bilish jarayonida ham ko’rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari kengayadi va chuqurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga borib ko’pchilib boalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko’zga tashlanadi. Kichik maktab yosh davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o’z-o’zidan boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.

Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’lgani uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o’qituvchi bilan bo’ladigan munosabati orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg’iz xolda sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu narsa ana shuning uchun muhimdirki, birinchi sinf o’quvchilarining mehnat faoliyatida shaxsiy motivlar aniq namayon bo’ladi. Birinchi sinf o’quvchisi o’zi uchun zarur bo’lgan narsani katta qunt bilan berilib tayyorlaydi. Boshqalar uchun ishlashga esa, unda xali tajriba yo’q.



  1. 1. Kun tartibi bilan bog’liq qiyinchiliklar. O’quvchi dars va uy vazifalarini bajarishi bilan bog’liq yangi kun tartibiga o’rganishi lozim. Buning uchun kattalar bolaga qo’yiladigan yangi talablarni tushuntirishlari va ularning bajarilishini nazorat qilishlari lozim.













  1. 2.Muloqot bilan bog’liq qiyinchiliklar bo’lib, ular o’qituvchi bilan, sinfdoshlari bilan yangicha munosabatlar o’rnatilishi zaruriyati bilan bog’liqdir.








3.Ta’limning butun mazmuni boladan ixtiyoriy jarayonlarni: ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy idrok, xotirani rivojlangan bulishini taqozo kiladi.

O`quvchi mustaqil fikr yuritishi, vazifalarni mustakil bajarishi lozim. Bu xususiyat hamma bolalarda ham birdek rivojlanmagan. Bola o`z burchini anglagan bulishi, yaxshi o`qish va yaxshi intizomga ega bo`lishi, intizom qoidalariga rioya qilishi, uyga berilgan vazifalarni bajarishi uning burchi ekanligi xis qilishi kerak. Diqqat e’tiborni o`qituvchi aytganlariga qaratish, uni idrok qilib esda olib qolish va kerak vaqtda ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo`lmogi talab qilinadi. Bunday talablarga javob qaytarish so`zsiz o`quvchiga qiyindir. Bunday qiyinchiliklarni mustaqil ravishda yenga bilish asta-sekin va muntazam o`qish jarayonida materialni osondan-qiyinga oddiydan murakkabga tushuntirish, bolalarni o`qish faoliyatiga qiziqtirish, darslarni qiziqarli, emotsional va obrazli bayon qilish orqali bartaraf qilinadi.



















Bu qiyinchiliklarni o’quvchilar o’quv yilining o’rtalarida his qila boshlaydilar. Birinchi sinf o’quvchilarida odatda maktabning tashqi atributlariga qiziqish mavjud bo’lib, o’quv materialining mazmuniga qiziqish esa zaif shakllangan. Shu sababli o’quvchida o’qishga qiziqish yo’qolishi, maktabga borishdan bosh tortishi mumkin.



O’qituvchi o’quvchilarga aktiv intellektual harakatlarni talab qiladigan masalalar berish, oddiy yodlashni talab qiladigan masalalarni iloji boricha kamaytirish kerak.
O’quv faoliyati quyidagi struktura tuzilishiga ega:


1. O’quv situatsiyalari. Unda o’quvchilar konkret amaliy masalalari yechish yoki tushunchalarni o’zlashtirishning umumiy usullarini o’zlashtirishlari kerak. O’quvchi ularni shunday muammoli vaziyat sharoitga qo’yish kerakki, unda o’quvchilar bu usullarni topa olishlari zarur.












  1. 2. O’quv harakatlari. Har bir o’quv predmetida o’quv masalalarini yechish uchun bir nechta o’quv amallari va ularning ketma-ketligini bajarishni o’zlashtirish muhimdir. Buning uchun o’qituvchi dars davomida o’quv harakatlarining mashqlar yordamida mustahkamlanishini ta’minlashi lozim.












3. O’quv faoliyati to’liq shakllanishi uchun yana bir komponent –nazoratning shakllanishi zarurdir. O’quvchi o’z harakatlarini va ularning natijalarini berilgan namunalar bilan taqqoslashi va baholay olishi kerak. Avval bu vazifani o’qituvchi bajaradi.




4. Baho – o’quv situasiyasining talablariga erishilgan natijaning mos kelish-kelmasligi darajasini aniqlashdir. O’quvchining faoliyatiga qo’yiladigan baho sinf jurnaliga qo’yiladigan baho bilan cheklanmasligi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’quvchi bilimini baholashning turli usullarini qo’llashi kerak.












Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin