Respublikasi



Yüklə 471,1 Kb.
səhifə1/6
tarix07.04.2017
ölçüsü471,1 Kb.
#13602
  1   2   3   4   5   6



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Qo’lyozma huquqida

UDK: 796/799(075.8)

ODIROV NURXON ESHQUVVATOVICH
MAVZU: “SPORTCHA YAKKA KURASHNING TEXNIKASI VA TAKTIKASI HAMDA TRENIROVKASINING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI”
5A141901- Jismon tarbiya va jismoniy ma’daniyat
Magistr

akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYA



Ish ko’rib chiqildi va himoyaga

ruxsat berildi.

Jismoniy ma’daniyat fiziologiyasi va tibbiy-biologik

asoslari” kafedrasining mudiri

dotsent Aminjanov Sh.A.


Ilmiy rahbar:

biologiya fanlari doktori,

professor E. N. Nuritdinov

M.O’.
SAMARQAND 2011



Mundarija

Kirish……………………………………………………………………....3-7



  1. ishning dolzarbligi…………………………………………….............3-5

  2. ishning ilmiy-amaliy ahamiyati………………………………………..5-6

  3. ishning maqsadi va vazifalari…………………………………………6-7

I-BOB. Adabiyotlar sharhi ……………………………………………...8-38

1.1. Kurash bo’yicha musobaqalar o’tkazishning turli tizimlari va qoidalari o’zgarishining tanqidiy tahlili………………………………...8-24

1.2. Musobaqa faoliyatini baholash mezonlari……………………….24-32

1.3. Kurashchilar sport-texnik ko’rsatkichlarining

miqdoriy xarakterestikasi……………………………………………….32-38

II-BOB. Kurashchilarni tayyorlashda pedagogik nazorat………….…39-65

2.1. Sportchilarni kompleks pedagogik nazorati…………………….39-40

2.2. Pedagogik nazorat turlari………………………………………….40-41

2.3. Chuqurlashgan va bosqichli nazorat……………………………...41-45

2.4. Kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik nazorati……….……….45-52

2.5. Kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik omillari………………...52-56

2.6. Texnik – taktik mohirlik nazorati………………………………...57-62

2.7. Tayyorgarlik yuklamalari nazorati……………………………….62-65

Muxokama………………………………………………………...66-70

Xulosalar……………………………………………………………..71

Tavsiyalar…………………………………………………………….72

Adabiyotlar……………………………………………………......73-80




Kirish

a) Ishning dolzarbligi. Vatanimizda jismoniy tarbiya va sportning jadal rivojlanishi yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash bilan chambarchas bog’liq. Yosh avlodning har tomonlama barkamol bo’lishida jismoniy tarbiya va sport asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqilligimiz tufayli davlatimiz tomonidan ishlab chiqarilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi hujjatlarda mamlakatimiz jismoniy tarbiya va sportni takomillashtirish va Vatanimizning ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun muhim tadbirlar ko’zda tutilgan. Jumladan, 1992 yil 14 yanvarda Oliy kengashning yig’ilishida “Jismoniy ma’daniyat va sport to’g’risida” gi qonun qabul qilindi. 1993 yili respublikamiz Prezdenti I.A.Karimovning “Sog’lom avlod” uchun farmoni e’lon qilindi va shu yilning o’zida “Sog’lom avlod” fondi haqidagi qaror qabul qilindi. Keyinchalik, 1999 yil 27 maydagi 271-sonli “O’zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari” to’g’risidagi qonun qabul qilindi va bu qonun 2000 yil 26 may kuni Oliy kengash yangi tahriridagi “jismoniy tarbiya va sport” to’g’risidagi qonun 2-chaqiriq 2 sessiyasida qabul qilindi.

2002 yil 31 oktyabr Vazirlar Mahkamasining 374-sonli qarori “Bolalar sportini rivajlantirish jamg’armasini tuzish” to’g’risidagi va 2002 yil 25 dekabrda talaba sport uyushmasini tuzish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi tomonidan farmon chiqarildi. 2007 yil 16 aprelda O’zbekiston Oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2007” sport musobaqalarini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Shunday qilib, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya uzliksiz ta’lim tizimining eng muhim majburiy qismi bo’lib, davlat ta’lim standartylari, o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning me’yoriy hujjatlari belgilab olindi, jismoniy tarbiya va mahalliy byudjetlar hisobidan amalgam oshirilib kelmoqda.

Buyuk rus olimi I.M.sechenov 1862 yilda “Bosh miyaning reflekslari” nomli kitobidabirinchilarda bo’lib, “miya faoliyatining jamiki tashqi ko’rinishlari mushak harakatiga kelib taqaladi”, deb ko’rsatgan.

Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakllanish mexanizmi bo’yicha murakkab shartli harakat reflekslaridir. Bu leflekslarning hosil bo’lishi uchun turli analizatorlardan (harakat, vestibulyar, ko’rish va boshqalar ) keladigan ma’lumotlar va qanday harakat qilish zarurligi hamda harakatni bajarish xususiyatlari haqidagi axborot muhim ahamiyatga ega. Bunday holatda markaziy asab tizimida harakat rteaksyasining modeli bilan haqiqiy bajarilgan harakat to’xtovsiz taqqoslanadi.

Sportchi yakka kurashda harakat malakalarining shakllanishi fiziologik jihatdan shartli reflekslar mexanizmi bo’yicha yuzaga keladi. I.P.Pavlov va uning shigirdlari tomonidan olib borilgan ishlar shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida yuzaga kelishini ko’rsatgan. Buning uchun birorta shartli ta’sirlovchining ishga tushirilishi shartsiz ta’sirlovchi bilan kuzatilgan. Shartli va shartsiz ta’sirlovchilarni bunday tartibda (barobariga yoki ketma-ket) burilishi bir necha marta takrorlanganda odamda shartli harakat refleksi yuzaga keladi, ya’ni faqat shartli ta’sirlovchi bo’lganda unga javob harakat reaksiyasi kuzatilgan. Bunday shartli reflekslar birinchi tartibli shartli reflekslar deb yuritiladi.

Hozirgi zamonda shartli harakat reaksiyalari, harakat dasturining shakllanishini va dinamik stereotipning funksional ahamiyati haqida aniq ma’lumotlar mavjud bo’lsada ularning bosh miya yarim sharlar po’stlog’ida mexanizmlarning hosil bo’lishi, vaqtincha funksional bog’lanishlarning shakllanishi haqida aniq ma’lumotlar yo’q.

Kurashda hosil bo’lishining hamma bosqichlarida uning ham mushak, ham vegitativ komponentlari shakillanadi. Vegetativ funksyalarning boshqariluvchi mexanizmga nisbatan ancha sekin bo’ladi. Harakat analizatorining doimiy component bo’lishining integrativ (sintetik) tomonlari o’rganilmagan. Bu sohada adabiyotlarda uning reflektor mexanizmi aniq o’rganilgan bo’lsada, propriotseptiv signal haqidagi ma’lumotlarni adabiyotlarda uchramadik. Yana bir masala haqida kelishib olaylik. Ma’lumki, bir qancha siport turlarida (kurash, boks, sport uyinlari vashunga uxshashlar) harakat bir necha marta to’xtalib, qaytadan boshlanadi. Bunday sharoitlarda kurashchi qisqa vaqt ichida yuzaga kelgan vaziyatni baholashi va unga mos holda harakat qilishi kerak bo’ladi. Bunday sharoitlarda afferent sintez va qayta bug’lanish mexanizmlariqanday tashkil topadi? Oldindan ma’lum bulgan harakat dasturi bosh miya yarim sharlar po’stlog’ining qaysi harakat markazlari orqali amalga oshiriladi? Bu masala hozirgacha o’z echimini topmagan, desak mubolag’a bulmaydi.

Shu bilan birga aytish kerakki, sportning ma’lum to’ri bilan shug’ullanishda orttirilgan tajribalar, harakat malakalari boshqa sport turi bilan shug’ullanishda ekstrapolyatsiya imkoniyatini oshirolmaydi. Masalan, Sport o’yinlaridan futbolda orttirilgan tajribalar boks yoki kurashdagi harakat usullarini ishlatish yo’li bilan qo’llashga yetarli bo’lmaydi.

Shunday qilib, zanjirli harakat malakalarida afferent sintezining yuzaga kelishi uchun qo’yilgan maqsad (motivatsiya), sportda orttirgan tajribalarning fiziologik mexanizmlari adabiyotda ko’rsatilmagan va o’z yechimini topishi darkor.



b) Ishning ilmiy-amaliy ahamiyati. Sportchilarni turli xildagi sport mashqlariga o’rgatish, yangi ko’nikmalar hosil qilish oson ish emas. Chunki vaqtincha aloqalarning ichki mexanizmiga asoslangan fizik-kimyoviy tamoyillar borasida fanda aniq ma’lumotlar mavjud emas, lekin bu organizmda tajribaviy ta’sir va uning javoban faoliyati natijalarini taqqoslash yo’li bilan ushbu mexanizmlar borasida ma’lum fikrga kelishimiz mumkin emas degani emas. Aniq dalillarga asosan, bosh miya tashqi ta’sirni uning turli parametrlari, shu jumladan, kuch, davomiylik, tezlik va boshqalar bilan shakllantiradi deb aytish mumkin. Bu kabi “asab modeli” ta’sir xususiyatlari borasida ma’lumotlarni saqlovchi qobiq hujayralari guruhlari tomonidan tuziladi. Shuni ham ta’kidlash joyizki, “asab modeli” stimuli borasidagi fikrlar bosh miya faoliyati tizimliligi jarayonlarga asoslangan. Shu kabi asosda, “harakat akseptori” kontsepsiyasi ishlab chiqilgan. Bu funksional tizim afferent va efferent impul’slar ta’siri natijasida yuzaga keladi va organizm bajarayotgan reaksiyalarning to’g’riligini ko’rsatuvchi “nazorat apparati” rolini o’ynaydi.

Shunday qilib, yagona funksional uyg’unlashgan markazlarning har birida asab jarayonining ikki holati borligini taxmin qilish mumkin, jumladan, avtomatlashgan zanjirli harakat reaksiyasi asosida hosil bo’ladigan qo’zg’alish va to’xtash (tormozlanish) holatlari. Natijada qo’zg’alish jarayoni bilan bog’liq harakat stereotipli uyg’unlashgan markazi tizimi faollashadi, bu esa ikkilamchi signal va eksteroritseptiv aloqalar tormozlanishini cheklaydi. Bu holat mustahkamlansa, mo’ljal refleksi sunadi, bu aloqalar sohasidagi asab jarayonlari yana ichki tormorlanish holatiga duch keladi.

Yuqorida aytilgan dalillardan ko’rinib turibdiki, po’stloq va po’stloq osti yadrolarining ikki tomonlama funksional bog’liqligi hamda markaziy asab tizimida sodir bo’ladigan qo’zg’alish va tormozlanish induksisini aniqlab olishi katta fundamental va amaliy ahamiyatga ega. Bu qonuniyatlar nafaqat sport tibbiyoti va sport fiziologiyasi uchun balki umumiy neyrobiologiya va klinika uchun fundamental tadqiqotlar hisoblanadi.

с) Ishning maqsadi va vazifalari. Ishimizning asosiy maqsadi sportda yakka kurashning texnikasi, taktikasi hamda trenirovkasining fiziologik xususiyatlarini urganishdan iboratdir. Asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

1. Kurash bo’yicha musobaqalar o’tkazishning turli tizimlari va qoidalari o’zgarishining tanqidiy tahlili;

2. Musobaqa faoliyati, texnik-taktikasi hamda trenirovkasining mezonlarini aniqlash;

3. Kurashchilar sport – texnik ko’rsatgichlarining miqdoriy xarakteristikasini aniqlash;

4. Kurashchilarning tayyorlashida pedagogik nazoratlarni aniqlish;

5. Kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik nazoratlarni aniqlish;

6. Texnik-taktik nazoratini o’tkazish.

Mazkur izlanishlarning natijalari quyidagi ilmiy maqolada o’z aksini topgan:

1. Одиров Н.Э. , Зиётов М. Функциональная оценка физической подготовленности борцов – Труды Московской медицинской

академиги им. И.М.Седенова - Москва, 2010, стр.

2. Н.Э. Одиров, А.А. Рузиева, И.Х. Мустафаева Современные тенденции физиологического развития спортивной борьбы. – Московский Государственный Медицинский Университет имени И.М. Сеченова. – Москва, 2011, с.154 – 155.
I BOB. Adabiyotlar sharhi.
1.1. Kurash bo’yicha musobaqalar o’tkazishning turli tizimlari va qoidalari o’zgarishining tanqidiy tahlili.

Sport musobaqalari sportchilarning xususiy musobaqa aoliyati bilan belgilanib, uning tizimli omili sport natijasi hisoblanadi.

Musobaqa natijalarini belgilash usullariga ko’ra sport turlarining bir necha guruhlarga bo’linishini hisobga olib barcha turdagi sport kurashida ikki asosiy variant asosida g’alabaga erishish mumkin. Kurashda g’olibni aniqlashning yanada aniq variantlari ham mavjud. Kurashchi raqibini yiqitganda, 10 va undan ortiq ball bilan texnik ustunlikka erishganda, raqibning jarohati, ketmaganligi va chetlashtirilishi natijasida “halol” g’alabaga erishgan hisoblanadi [1,6].

Kurashchilarning musobaqa janglarida yuqorida sanab o’tilgan g’alabaga erishishi usullariga asosan musobaqa faoliyati strategiyasi ishlab chiqiladi, u esa hozirgi vaqtda tayyorgarlikning umumiy qonuniyatlari asosida alohida maqsadlarga erishish uchun faoliyat usullari, vositalari va qonuniyatlari haqida ilmiy bilimlar tizimi hisoblanadi. Musobaqalarga tayyogarlik strategiyasi va ushbu musobaqalarda kurash strategiyasi muayyan strategiyaning uch asosiy aspektlaridan foydalanib amalga oshirilishi mumkin:

1) Tayyorgarlik jarayoni tuzilishi va mazmuni haqidagi yetarli hajmdagi bilim, tayyorgarlik va musobaqa zagruskasi (yuklanish) ning optimal dinamikasiga har tomonlama tayyorgarlikda samarali vositalar, usullar va tayyorgarlik tartiblari tiklanish vositalarini to’g’ri qo’llash;

2) Sportchining potensial imkoniyatlari va aniq natijaga yo’naltirilganligini hisobga olib rejalashtirilgan sport natijasiga erishish haqiqiyligi;

3) Moddiy, ilmiy – uslubiy va tibbiy ta’minotning zaruriy darajalarini o’z ichiga olgan tayyorgarlikning tashkiliy asoslarini takomillashtirish darajalari.

Musobaqa kurashining asoslangan holda ishlab chiqilgan strategiyasining amalgam oshishi ko’p hollarda musobaqa qoidalari bilan belgilanadi. Musobaqa qoidalariga eng kichik o’zgarishlari ham sportchining musobaqada faoliyati hamda uning sport tayyogarligi tartiblarining son va sifat ko’rsatkichlarida aks etadi.

Musobaqa qoidalarini kurashchilarning musobaqa faoliyatini amalga oshirish sharoitlarini asosiy ishchi “hukumat” deb hisoblasak, qoidalarga kiritilayotgan o’zgarishlar aniq asoslangan bo’lishi va sportchi tayyorgarligi uslubiyatini takomillashtirish yo’llarini belgilashi lozimligini aniq ta’kidlash joiz. Buning ustiga, bunday o’zgarish kurashlar ta’siri ustida sportchi organizmi turli ijobiy yoki salbiy dinamikasini hisobga olib, musobaqa kurashlari mazmuni mufassal tahlil qilish amalgam oshirilishi zarur.

Afsuski, kurashning mashhurligi va tomoshabopligini oshirish maqsadida janglarni faollashtirishda har tomonlama yo’naltirilgan kurash xalqaro federatsiyasining qizg’in faoliyati kurashchilar janglarining ob’yektiv qonuniyatlari, shuningdek, g’alabalar kurashchilar organizmi uchun qanday ta’sir etishini deyarli hisobga olmas edi.

1970-yildan boshlab yunon-rim va erkin kurash bo’yicha musobaqalarning halqaro qoidalari kamida sakkiz marta o’zgarib, to’ldirildi, bu esa ijobiy ko’rsatgich deb bo’lmaydi. Kurashchilar jangi tomoshabopligini darhaqiqat oshiruvchi qoidalar o’zgarishi bilan bir qatorda, kurash xalqaro federatsiyasi (KXF) ushbu yillar moboynida kurashchilarning musabaqa faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi , yoki salbiy natijalarga olib keluvchi o’zgarishlarni kiritdi.

Misol uchun , 1970 – yili kurashchilarning vazn kategoryasi soni oshirildi (10 gacha ), kurashning yangi davomiyligi va shakli kiritildi (09 daqiqa: 3daqiqadan 3 bo’lim ), gilam shakli o’zgartirildi (diametri 9 m, aylana ), tik turganda omadsiz kurashni baholash bekor qilindi , kurashchilardan birining g’alabasi sifatini aniqlashda ba’zi o’zgarishlar kiritildi . Kurashni sust olib borgani uchun sportchini jazolash shakli kiritildi . Qoidalardagi ushbu o’zgarishlar taxlili shuni ko’rsatdiki, gilam shaklini takomillashtirish (kvadratdan aylangan ) gilam chetida kurash olib borish taktikasini biroz o’zgartirdi, musabaqa jangi shaklini o’zgartirish va qisqartirish jang intensivligini oshirdi, vazn kotegoryalari sonining oshishi kichik vazn kategoryalari ishtirokchilari soning, asosan osiyolik millat vakillari hisobiga oshishiga ijobiy ta’sir qildi.

Lekin aynan shu qoidalarga ko’ra hakamlar hay’ati vazifalari kengaytirildi, bu esa janglarni tez-tez va asossiz to’xtatish, ogohlantirish, tanbeh berish, jangni faol olib boorishga undashga olib keldi. Buning ustiga yetarli darajada faol kurashmaslik uchun asoslanmagan holda jazolash, hattoki sustlik uchun jangdan chetlashtirish kiritildi. Jazolash tufayli jang natijasi hisobga olinmay, sust jang olib borib jangda g’olib bo’layotgan kurshchi mag’lub bo’lishi mumkin edi.

Sustkashlik uchun bunday keskin jazo kurashchilarni janga tayyorgarlikdagi taktik usullari sonini kamaytirishga va hujum qilayotgan kurashchi tomonidan talab qilinadigan uzoq muddtli tarang usullarida voz kechishga majbur qiladi. Denamik tarzda bajariladigan va tezroq ijobiy natija beradigan uslublar tanlana boshlanadi.

Bu esa kurashning texnik – taktik xarakatlari sipektirini kamaytirdi va uzoq muddatli kurash hamda monovr talab etiladigan texnik jihatdan murakkab usullarini takomillashtirishda ular salbiy ta’sir qiladi.

1975- yilda yunon – rum va erkin kurash qoidalariga kiyinchalik kiritilgan o’zgarishlar ijobiyroq kurinishda edi. Bu kabi o’zgarishlar qatoriga gilamdan tashqari tugagan hujum harakatlarini baholash yuqori samarali uloqtirish uchun bahoni oshirish: gilam chetida (1m eni) “sustlik” hududini belgilash; during natijani bekor qilish kiritildi. Bu o’zgarishlar kurashchilarning texnik-taktik harakatlari sonining oshishi va uslublar samaradorligi oshishiga olib keladi. Kurashning faqatgina during natijasini bekor qilish masalasini munozarali deb hisoblash mumkin. Sportning ko’pgina turlarida durang natijasi mavjud, agar undan voz kechish zarur bo’lsa, darhol aniq mezonlarni belgilab olish zarur edi (misol uchun, kurashchilardan biri g’olib bulguncha, kurashga qushimcha vaqt kiritish). Ilgari, kurash teng hisobli va o’tkazilgan uslublar uchun baholar tengligida uslubni birinchi qo’llangan kurashchi g’olib deb e’lon qilinar edi.

Musabaqa qoidalariga ko’ra gilamda kurshni olib borishda faollikka quyilgan yuqori talablar kurashning 3- bo’limda kurashchilar harakati intensevligi keskin kamayishiga olib keldi. Bu esa kurash davomiyligi 6 daqiqagacha tushurish zarurligini (2bo’lim 3daqiqadan) to’g’dirdi, aynan shunday o’zgarishlar Maskiva Olimpiyadasi -80 dan so’ng amalgam oshirildi. Bundan tashqari, kurashchini kurash “kuprigi) uslubini baholashda o’zgartirildi. SHu tarzda raqibni ushbu uslubda besh soniya va undan ortiq ushlab turgani uchun kurashchiga qo’shimcha ball berilardi, 1981-yil KXF qoidalariga ko’ra bu baholash bekor qilindi, bu esa hujum qilayotgan kurashchi faolligiga salbiy ta’sir qilib, ushbu uslubni qo’llash hohishini sundiradi [2,3,4,5].

Sust kiurashgani uchun ikkala kurashchini ham mag’lub deb e’lon qilish qoidasi ham munazarali kurashning bu kabi natijasi 70-80- yillarda tez-tez uchrab turardi va tabiiyki, kurash bo’yicha mutaxassislarning haqli e’tiroziga sabab bo’lardi. Sportning ko’pgina turlarida ikki tomonlama mag’lubiyat sportchilarni jazolash me’yori hisoblanadi ( masalan, janjal, hakamlarga nisbatan axloqsiz munosabat, qoidalarni qo’pol buzish). Agar o’yin natijasi 0:0 bo’lganda, ikkala futbol jamoasini ham mag’lub deb hisoblash be’manilikdir. Sport kurashida agar jang shunday natija bilan tugasa, ikkala sportchi ham mag’lub hisoblanadi.

KXF prezidenti M. Erseganning [60] 1972-yildan 1980-yilgacha kurashni rivojlantirish maqsadida uning qoidalariga sezilarli o’zgarishlar kiritilgani, keyinchalik esa deyarli o’zgarishlar kiritilmagani to’g’risidagi mulohazasi shubhali ko’rinadi. Sport kurashi rivojidagi sezilarli (progress) o’zgarish yuz beradi, sport kurashi bo’yicha mashhur mutaxassis [43] ning fikricha, kurashchilar jangi kurashga emas, balki kurash o’yiniga o’xshab qoldi.

Kurash qoidalaridagi ko’plab o’zgarishlarning asossizligini oqlash maqsadida [60] buncha ko’p xatolarga yo’l quyadigan va yetarlicha ob’yektiv bo’lmagan hakamlar aybdor deb hisoblaydi. Hakamlar ayniqsa, kurashchilar sustligini qo’llash va ta’qiqlangan uslublarni qo’llash bilan bog’liq masalalarda xatoga yo’l qo’yishadi.

O’zgarishlarning keyingi qismi KXFga 1987-yili sport kurashi qoidalariga kiritilgan. Ushbu o’zgarishlar qatoriga quyidagilar kiritildi.

- maksimal amplitude bilan bajarilgan uloqtirishlarning 5 ballga baholarni oshirish;

- do’mbaloq oshishda baholashni cheklash;

- kurashchilardan biriga texnik g’alaba uchun 15 ball gacha baholash;

- kurash vaqti tugagunicha teng ballga ega kurashchilardan g’olibni aniq uslubini o’zgartirish;

- ishtirokchilar vaznini o’lchash tartibi va vaqtini o’zgartirish;

Sanab o’tilgan o’zgarishlardan eng samaralisi vazn o’lchash vaqtini musobaqa kunidan oldinga ko’chirish hisoblanib bu o’zgarish kurashchilarning o’z vazn kategoriyasidan xavotirlanmay, musobaqada yaxshi xolatda ishtirok etish imkonini berdi.

Kurashchilarning hujumlari soni kengaytirishga yo’naltirilgan do’mbaloq oshishni cheklashdan tashqari, boshqa o’zgarishlar printspial xarakterga ega emas edi. Lekin ko’pgina yetakchi mutaxassislarning fikricha, do’mbaloq oshishni baholashda cheklash nafaqat uslublarning turfa xilligini oshirdi, balki kurash milliy maktabi yutuqlarini ham tenglashtirdi. Bunday xulosalar asoslangan xarakterga ega edi, sabab do’mbaloq oshishning eng yaxshi ishtirokchilari sovet kurashchilari edi.

1990-yilgi KXF kongressida barcha qoidalarni bekor qiluvchi kurashning yangi qoidalari qabul qilindi. Bu yangi qoidalar 1991-yili sovetlar vaqtida nashr qilingan so’ngi qoidalar bo’lib qoldi. Ilgari qabul qilingan o’zgarishlar kabi ular ham ijobiy, ham salbiy xarakterga ega edi.

Qoidalarga kiritilgan eng ahamiyatli ijobiy o’zgarish ayollar kurashi nizomini kiritish bo’lib, u o’z mohiyatiga ko’ra ayol sportchilar ishtirokidagi erkin kurashning bir turi hisoblanadi. Ayollar uchun to’qqiz vazn kategoriyalari chegarasi, ishtirokchilar vaznini o’lchashning o’ziga xosligi, ta’qiqlangan uslublar, kiyim shakli va vaqti (tanaffussiz 4 daqiqa) darhol belgilab olindi. Bunday o’zgarishlar sport kurashiga tomoshabinlar e’tiborini tortish bilan birgalikda erkin kurash bilan shug’ullanadigan xotin – qizlar soni orta boshladi. Hozirgi vaqtda dunyoning 10 ta davlatida xotin – qizlar erkin kurash erkin kurash bilan shug’ullanadi.

Erkaklar jang vaqti ham o’zgardi; ular tanaffussiz 5 daqiqadan kurashishadi. Bu yangilik borasida bir nechta “tarafdor” va “qarshi” fikrlar bildirish mumkin, lekin ularning hech qanday ahamiyati yo’q. Qoidalarga yana bir ijobiy o’zgarish sifatida asosiy vaqt tugagach, during natijada qo’shimcha vaqt berishni ko’rsatish mumkin. Bu esa shubhasiz ilgarigi kriteriylar (ko’rsatilgan uslublar sifati, birinchi yoki so’nggi texnik harakat) taqqoslanganda jang g’olibini asosli aniqlash hisoblanadi.

Afsuski, tahilil qilinayotgan qoidalarga salbiy qo’shimchalar aksariyatni tashkil qiladi. Qoidada vazn o’lchash tartibi va qura tashlash, ishtirokchi va hakamlar vazifalari, takrorlash va ogohlantirishlar ko’p uchraydi. Kurash ishtirokchisiga nisbatan aytiladigan kulgili jumla “arbitrga dastro’molchani ko’rsatish?” kim tomonidan kiritilganini bilish juda qiziqarli. Bu holat, hozirgi vaqtda gilamga chiqqan kurashchi dastro’molchasini arbitrga g’urur bilan davlat bayrog’ini namoyish etgandek silkishiga olib keldi.

Tahlil qilinayotgan qoidalarda ahamiyatli kamchiliklar mavjud. Avvalambor , bu kurash jarayoniga qatnashish huquqi bilan hakamlar faoliyatini qo’shimcha tarzda nazorat qiluvchi hisoblangan nazoratchi lavozimini hakamlar hay’ati jamoasiga kiritishga tegishli. Bu holat hakamlarning asabiy tarangligini oshirib, hakamlik sifatini oshirishga yordam bermaydi.

Yana bir asossiz qo'shimcha og'ir vazn kategoriyasi (130 kg gacha) kurashchilari vaznini cheklash borasida amalgam oshirilgan. Sportning boshqa turlari vakillari bilan taqqoslaganda, basketbolda sportchilar balandligini cheklash yoki disk uloqtirish yoki yadro itarishda sportchi vaznini cheklash qanday natiialarga olib kelishini tasavvur qilish mumkin.

Sportning estetik kurinishi uchun urinishi bilan KXF namoyandalari bu kabi qarorlar bilan teskari ta'sir natijasiga duch kelishmogda: aynan baland bo'yli va og'ir vaznli sportchilar musobaqalarda tomoshabinlar diqqatini tortib, hozirda aynan shu kurashchilar yunon - rum va erkin ukurash bo'yicha musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo'lishdi. Dzyudochilar bunday yangiliklarga yo'l qo'ymay, musobaqalarga vazn cheklovisiz og'ir va absolyut vazn kategoriyasiga tegishli sportchilarni kiritishadi.

Musobaqa qoidalariga ko'ra erkin ko'rash buyicha og'ir vazn kategoriyasiga tegishli xotin - qizlar og'irligi ham (75 kg gacha ) cheklangan. Usha vaqtning o'zida 1991- yilda sovet federatsiyasi KXFgа xotin - qizlar uchun og'irroq vazn 85 kg gacha kategoriyasini kiritishni so'rab murojaat qilgandi. Lekin bu iltimos sportchilarning estetik ko'rinishini yaxshilash maqsadida niqobi ostida rad etildi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, baland bo'yli xotin - qizlar uchun 85 kg og'ir vazn emas, natijada esa xotin - qizlarning eng kuchli vakillari erkin kurash bo'yicha musobaqalardan chetlashtirildi.

Muntazam tarzda sport kurashini "takomillashtirish" ga odatlangan KXF rahbarlari 1992-yili qoidalarga yana boshqa o'zgarishlar va qo'shimchalar blokini kiritishdi. Bunday o'zgarishlar, mazmunan 1999-yilgacha o'z kuchiga ega bo'lib, asosan kurash bo'yicha musobaqalar o'tkazish tizimiga tegishli edi. Ammo bunday о’zgarishlardan boshqa kurashni rivojlantirish bo'yicha kamroq ahamiyatli o'zgartirishlar ham kiritilgan. Bu kabi o'zgarishlar tahlilini boshlab, awalo ulardan eng ijobiylarini tilga olamiz. Hujum qilayotgan kurashchi kurashda raqibini gilamdan to'liq kutarib, yuqori samarali uslublarni qo'llash 3 yoki 5 ball, shuningdek, qo'shimcha tarzda 1 ball oladi. Bu esa sportchilarni chiroyli va tomoshabop texnik harakatlar bajarishga undaydi.

Kurashchi raqibini kurash "ko'prigi" holatida 5 yoki undan ortiq ortiq soniya ushlab tura olsa, qo'shimcha 1 ball oladi. Holbuki, bunday holda 1980 yilgacha majud bo'lib, negadir keyinchalik bekor qilindi.

Musobaqadagi hakamlar hay'ati tarkibidagi nazoratchi lavozimining bekor qilingani ijobiy о'zgarishlardan biri hisoblanadi. Bu o'zgarish bir tomondan har bir jangda bevosita ishtirok etadigan hakamlar ma'suliyatini oshirsa, boshqa tomondan, ahamiyatsiz xatolarga yo'l qo'yilganda jazoning yo'qligi bilan bog'liq ortiqcha asabiy taranglikni kamaytiradi. Lekin 1993-1996-yillarda kiritilgan boshqa o'zgarishlar va qo'shimchalar salbiy jihatlarga ega.

Zamonaviy sport kurashning 100 yillik tarixida ilk marta vazn kategoriyalari soni cheklandi: erkaklarda 10 dan 8 taga; ayollarda 9 tadan 6 taga kamaydi. Ehtimol, KXF medallar sonini ko'paytirmay Olimpiya o'yinlari dasturiga ayollar erkin kurashini kiritish harakati sabablidir.

Bundan tashqari, qoidalar variantlaridan birida, KXF a'zolari og'ir vaznli kurashchilar (125 kg gacha) vazniga cheklov o'matildi. Ko'pgina mutaxassis -amaliyotchilar flkriga ko'ra, bu cheklov atayin mashhur rus kurashchisi A. Karelinning g'oliblik yo'lini to'sish uchun qilingan bo'lib, 130kg vaznli sportchi musobaqalardan oldin vaznini kamaytirishga majbur bo'lgan. 125 kg gacha og'ir vazn cheklovi uzoq vaqt davom etmadi, tez orada oldingi daraja (130 kg gacha) qaytarildi.

KXF tomonidan 1997- yili chop etilgan qoidalar, qo'shimcha va o'zgarishlar yanada salbiy harakterga ega. KXF rahbarlarining biriga g'olib kurashchi jang mobaynida kamida 3 ball olishi zararligi kerak bo'lib qoldi. Negadir mualliflarga 1:0, 2:0 yoki 2:1 hisobi va jang vaqti tugagach, durang natija to'g'ri kelmay, qo'shimcha tarzda uch. daqiqagacha vaqt ajratildi[46] .

Ayollar uchun kurashning asosiy vaqti davomiyligi erkaklarga nisbatan 1 daqiqaga kamaytirildi va mantiqan olib qaralganda, qo'shimcha vaqt ham kamroq bo'ladi. Lekin bir necha yillar davomida musobaqalarda kurashga berilgan qo'shimcha vaqt erkaklar va ayollar uchun bir xil edi (3 daqiqa). Tabiiyki, mualliflarning o'zlari 7 daqiqa tanaffussiz kurashishga harakat qilganmikan degan qiziqarli savol to'g'iladi. KXF rahbarlari ayollar uchun qo'shimcha vaqt davomiyligini 2 daqiqaga qisqartirishni anglaguncha ancha vaqt o'tdi.

Qoidalarga kiritilgan yana bir mantiqan asoslanmagan yangilik shundaki, sustroq kurashchini partyor holatida qoldirib, yuqorida o'rin egallagan kurashchi imkoniyatini oshirishdir. Kurashga bunday yangilikni kiritgan mualliflarnmg [26,48,61] eng ezgu niyati natijasida kurashchilar hakam raqiblarini partyor holatiga qo'yishini kutib kamroq uslub qo'llay boshlashdi.

Kurash bo'yicha qoidalarning o'zi mutaxassislar uchun ahamiyatsiz, zarur bo'lmagan tafsilot va tushunchalar bilan boyitilgan. Misol uchun, kurashchining sustligini aniqlashda passiv kurashning 36(!) turi sanab o'tilgan. Bu ro'yxatga nafaqat kurashda sportchi sustligini aniqlash uchun zarur ma'lumotlar, balki kurashchilarning qoidalar mualliflariga ma'lum barcha holatlari kiritilgandek tuyuladi. Bu kabi holatda, shubhasiz, ko'rsatib o'tilgan ro'yxat takrorlashlar, alohida holatlar va may da - chuyda ko'rsatmalarga boy.

Qoidalarning yana bir omudsiz qismi shaxsiy - jamoaviy musobaqalar natijalari bo'yicha jamoa ballini aniqlash tizimidir. Jamoalar о'mini aniqlash uchun har bir vazn kategoryasida birinchi o'n kurashchining natijalarini hisoblash zarur, bunda kurashchi birinchi o'rin uchun 10 ochko, ikkinchi o'rin uchun 9 ochko uchunchi o'rin uchun 8 ochko va shu tartibda 10 o'rin uchun 1 ochko beriladi. Jamoa hisobini bu kabi tizim bilan aniqlash jamoalar chiqishi sifatini oshirmaydi, balki tarkibida shaxsiy yutuqli g'oliblari bo'lmagan jamoa yuqori o'rinlarni egallashiga imkon yaratadi. Misol uchun, biror jamoaning sakkiz a'zosi o'z vazn kategoriyasi bo'yicha beshincha o'rinlarni egallasa, bu jamoa 48 ball oladi. Shu bilan u ikki chempionlik ( 20 ball ), ikki kumush medal sohiblari (18 ochko) va bir bronza medali soxibi (8 eehko), jami 46 ochkoga ega jamoani ortda qoldiradi. Bu tizimning noto'g'riligi yaqqol namoyon, ehtimol odatda tarkibiga Rossiya terma jamoasi kiradigan eng kuchli jamoalar imkoniyatini qisqartirish uchun kiritilgandir.

XXI talablariga sport kurashi moslashishi uchun 1999 yil kiritilgan o'zgarishlar borasida KXF rahbarlari asoslanmagan qo'shimcha va o'zgarishlar kiritish bilan an'analariga sodiq qolishdi.

Shunday yuqori maqsad uchun mualliflar ldingi reglamentga 3- daqiqadan qaytib 2- bo'lim kurash shakli va davomiyligini o'zgartirishdi, lekin bo'limlar o'rtasidagi tanaffus (30 soniya) qisqartirildi.

Kurashlarning bunday shakli 3 daqiqagacha qo'shimcha vaqt berish imkoni bilan ayollar musobaqalarida ham belgilangan. Shu tarzda, kurashning umumiy davomiyligi ham erkaklar, ham ayollar uchun bir marta 30 soniyalik tanaffus bilan 9 daqiqa bo'lishi mumkin. Bu kabi yangilik kurashning uzoq va intensive davomiyligi sportchi, ayniqsa ayol kurashchilar organizmiga salbiy ta'sirlarini hisobga olmagan. Yana bir e'tiborli yangilik yunon - rum kurashida 1-bo'lim 0:0 hisob bilan yakunlanganda, ikkinchi bo'limda kurashchilarning "yuzma yuz " holati zarurligidir. Eng qizig'i, kurashchilardan biri qura tashlash yo'li bilan aniqlangan, qulay ushlash huquqiga ega bo'ladi. (!) Bundan tashqari, agar ikkala kurashchi ikkinchi bo'lim davomida baholanadigan harakatlarni bajarishmasa, ularning ikkalasi ham nafaqat mag'lub bo'libgina qolmay, balki musobaqadan chetlashtiriladi. Bunday yangi qoidalar kurashchilarni g'olibni aniqlash uchun tasodifiy elementligini oshirib, asosiy bo'lmasada keskin harakatlarga undaydi. Kurashchi harakatlari samaradorligini oshirish maqsadi ostida qoidalarga kiritilgan ushbu o'zgarishlar kuchli kurashchilar, shu jumladan rus sportchilarining ustunligini oshirishning navbatdagi uslubi deb hisoblash mumkin.

Aynan shu fikrni qoidalarga kiritilgan boshqa qo'shimcha: e'tiroz bildirish borasida ham aytish mumkin. Shu tarzda qoidalar va asosli e'tiroz holatida komissiya jang natijasi o'zgartirishi va kurashchilar o'rtasida yangi kurash bo'lishi kerakligini belgilaydi. Lekin kurash 0:0 hisob bilan tugasa, takroriy kurash o'tkazilmaydi. Shu tarzda hakamlar xatoga yo'l quyishi mumkin. Lekin hakamning xatosi tufayli jabrlangan kurashchiga reabilitatsiya uchun imkoniyat berilmaydi.

Sport kurashida keyingi 25-30 yillar davomida ko'p marqtaba kiritilgann barcha o'zgarishlar KXF prezidenti M.Erstegan (1990) [60] aytganidek, zamonaviy kurashchilarning musobaqa modeliga qarama - qarshi bo'lgan, lekin originallik bilan bajarilgan, sportchilar harakatini intensivlash yo'li bilan kurashning tomoshabopligini oshirishga yo'naltirib, Prezidentning fikricha kurash to'g'ri yo'ldan borayotgani va hozirgi vaqtda sportning zamonaviy, dinamik va diqqatga tortuvchi turi hisoblanadi. Muallifiiing bunday fikri, bahsli, chunki mutaxassislarning ko'p sonli tadqiqotlaridan ma'lumki, musobaqalarda kurashchilarning samarali va chiroyli texnikjiarakatlari soni ko'paymadi, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, aksincha, kamaydi [43].

M.Ersteganning fikricha, tayyorgarlikning asosiy maaqsadi hisoblangan "kurashning musobaqaviy modeli" ham munozarali.

Bu modelning asosiy olti omillariga qo'yidagilar kirtildi:


  1. Barcha kurashlar mobaynida chidamlilikning yuqori darajasi.

  1. Kurash texnikasi ustida ishlashda party or va tik turganda uslublar turfa xilligi va yuqori samaradorligi.

  2. Kurashni samarali olib borish uchun zarur bo'lgan chidamlilik bilan birga tezlik xususiyatlarining yuqori darajasi.

  3. Omadga erishish uchun zaruriy element sifatida tavakkal omilining mavjudligi.

  4. Barcha imkoniyatlarni jamlash va mobilizatsiyalashda kurashchilarning kuchli asabiy tizimi.

  5. Raqibni kutilmaganda chalg'itish imkonini beruvchi uslublarni qo'llashva hujum qilish taktikasi asosida har bir musobaqa yoki kurashni o'tkazishda taktik jadval tuzish.

Kurashchi tomonidan taqdim etilgan modelning eng qisqa tanqidiy tahlili bir necha qarama-qarshiliklarga ega.

Birinchidan bu modelda kurashchilar tajribasiga tegishli jismoniy tayyorgarlik, ayniqsa chidamlilik va tezlik borasida ustunlik mavjud. Shu sababli ko'ch, epchillik va ularning tez-tez ko'rinishi kurashda omadga erishish uchun zarur emas.

Ikkinchidan kurashchilarning yuqori sportiv natijalariga erishish uchun zaruriy sharoitlardan biri sifatida tavakkal omillari yetakchi modellari qatorida kurinishi shubhali kurinadi. Tavakkal qilish yoki qilmaslikni har bir kurashchi o'z murabbiysi bilan qaror qilishi lozim, to'g'ri qaror esa muayyan holatda individual tarzda amalga oshiriladi.

Uchunchidan, M.Erstegan modelida kurash olib boorish taktikasi ahamiyati pasaytirilgan. Gap bu taktika muallif modelida so'nggi o'rinni egallashda ham emas. Yuqorida eslatilgan modelning olti omillari hosil bo'lgan vaziyatga ko'ra murabbiy va sportchilarning kurash taktikasi yoki rejasini o'zgartirish imkoniyatini cheklaydi. Chunki ushbu vaziyatda tavakkalchilik va yuqori darajada chidamlilik bilan bog'liq "hujum rejasi" taktikasi talab etiladi.

To'rtinchidan, kurash uslublari texnikasini rang-barangligi

borasidagi konsepsiyasi muallifi talabi dekiorativ xarakterga ega chunki texnik xilma-xillik kurashni faol olib borib, ijobiy korrelatsiyaga ega bo'lmaydi. Amaliyotda, ko'pincha, balki asosan kurashning yuqori teptida raqibini charchatadi. M.Erstegarming sharhida musobaqa modelining eng asosiy qarama-qarshiligi ko'rinadi. Ehtimol KXFmng~ hurmatli rahbari u bir-biriga o'xshamagan, tayyorgarlik tizimida kuchli va ojiz tomonlariga ega bo'lish huquqiga ega tirik insonlar bilan ishlayotganini unutgan ko'rinadi.

Tushunilishi qiyin bo'lgan musobaqa qoidalaridagi o'zgarishlar so'nggi o'n yillar davomida va sport kurashi bo'yicha musobaqalar o'tkazish tizimi borasida ham amalgam oshirildi.

70-yilgacha musobaqalarni o'tkazish tizimi kurashchi 6 (yoki 8) mag'lubiyat ochkolarini olgach, chiqarib yuborish tizimiga asoslangan edi: bir marotaba mag'lub bo'lgan yoki yutqazmagan (during natija) ishtirokchi musobaqadan chiqib ketishi; musobaqaning boshlanishida yakuniy kurash bo'lishi mumkin edi; yakuniy uchrashuvlardan oldin ozod bo'lgan boshqalardan ko'ra ustunlikka ega bo'lardi.

Shu sababli, qoidalarga mantiqan mos qo'shimchalar kiritildi: 6 yoki undan ko'proq jarima ochkosini olgan ishtirokchi musobaqadan chetlashtirilmasdi. Bu esa tahlil qilinayotgan musobaqalarni o'tkazish tizimini ancha yaxshiladi. Bu holatda yakuniy kurashlar oldidan ozod bo'lgan sportchi ustunligi pasayardi.

Eng sezilarli kamchiliklar quyidagilar: yakuniy kurashlarning bir qismini musobaqalarning boshqa bir bo'limida o'tkazish va musobaqani bunday uslubda o'tkazishning murakkabligi. Misol uchun, uni dzyudo buyicha turnir o'tkazish tizimi bilan taqqoslaganda, u 60% ga murakkab ekani aniqlanadi. Bu esa bir marotaba mag'lub bo'lgan sportchilarga tiklanish imkoniyatini berish zaruriyati haqida mutaxassislarda mavjud tushuncha bilan bog'liq. Shu sababli, ular musobaqalarda keyinchalik ishtirok etish imkoni yaratilib, tabiiyki, turning murakkabligini oshirdi.

O'sha yillarda birinchi guruh g'oliblari natijalar bo'yicha "A" guruhini, mag'lublar "B" guruhidagi mag'lublar musobaqalardan chiqib ketar edi. Ushbu tizimni qo'llash musobaqaning yakunlovchi qismlarida final o'chrashuvlar muammosini hal qilar edi, lekin bir turnir davomida aynan bir xil kurashchilarning takroriy jangi mavjudligini istisno qilmasdi, bu esa ushbu tizimning yaqqol kamchiligidir. Tahlil qilinayotgan tizimning yana bir kamchiligi kurashning ayniqsa birinchi doirasida durang natijasida ustunlikni aniqlash tartibi murakkabliga va obyektiv emasligidadir. Agar kurashning asosiy vaqtida kurashchilardan hech biri ustunlik qilmasa, "A" guruhida kurashish huquqi qura tashlash yordamida aniqlanadi. Ushbu kamchiliklar bu tizimni qo'llash imkoni to'g'risida mutaxassislarda salbiy fikr shakllanishida hal qiluvchi rol o'ynadi va u tez orada musobaqa qoidalaridan chiqarildi.

Lekin KXF rahbarlari musobaqaning yakuniy qismida final o'chrashuvlarni o'tkazish zaruriyati haqida asosiy fikrlarini yana olg'a surishdi. Shu maqsadda "ikki taxminiy guruh" uslubi bo'yicha musobaqalar o'tkazish tizimi kiritildi va uzoq vaqt davomida asosiy tizim sifatida qo'llanildi. Ushbu tizim asosida qur'a tashlash natijasida barcha ishtirokchilar soniga ko'ra teng ikki guruhga bo'linadi. Har bir guruh tarkibida musobaqalar ikki mag'lubiyat va g'olib aniqlanguncha olib borilib, "kichik final" deb nomlanardi. Asosiy fmallar tarkibiga: o'z guruhlarida uchinchi o'rinlarni egallagan kurashchilarga 5-6 o'rinlar uchun kurash: guruhlarida ikkinchi o'rin egallagan kurashchilarning 3-4- o'rinlar uchun kurashi; g'oliblarning 1-2 o'rinlar uchun kurashi kiradi.



O'sha vaqtlar uchun tahlil qilinayotgan tizim progressive bo'lsada kurashchi bir yoki ba'zi holatlarda hatto ikki mag'lubiyat bilan musobaqa g'olibi bo'lishi mumkinligi sababli mutaxassislar etiroziga sabab bo'ldi bundan tashqari, ilk marta kurash bo'yicha kumush va broonza medali sovrindorlari uchrashmaydigan tizim qo'llanildi. Komandaning tadqiqotchi [44] haqli tarzda "har bir turnirda faqat g'olibdan yengilgan broonzali tadqiqotchi [44] haqli tarzda "har bir turnirda faqat g'olibdan yengilgan broonzali sportchi kumushli g'olibdan kuchliroq va shu mukofotga ko'proq sazovor deb hisoblaydi" deyarli u haq deb hisoblaydi.

Bularning barchasi sport kurashi bo'yicha musobaqalasr o'tkazish tizimlarini yanada takomikllashtirish zaruriyatini to'g'diradi va 90 yil boshida musobaqalarning birinchi doirasi natijasi bo'yicha ishtirokchilarni g'oliblar guruhi (A guruhi) va mag'lubiyatlar guruhi (B guruhi) ga bo'linishi tizimiga yana murojaat qilindi. Keyinchalik "A" gurahiga mag'lubiyatga uchragan kurashchilar "B" guruhiga o'tadi.

Ikkinchi bora mag'luboyatga uchragan "B" guruhi kurashchilari musobaqadan chetlashtiriladi. Bu tanlov har bir guruhda ikkitadan kkurashchilar qolguncha davom etadi. So'ngra "B" guruhi finalistlari o'zaro uchinchi o'rin uchun "A" guruhi fmalchilari o'zaro birinchi o'rin uchun kurashishadi.

KXF rahbarlari ushbu tizimni kiritib ikkala masalaning ijobiy yechimiga erishishdi: birinchidan kurashda mag'lub bo'lgan kurashchi musobaqa g'olibi bo'lish imkonini yo'qotdi va ikkinchidan, final janglar turninrning yakuniy bosqichida amalga oshiriladi.

Lekin bu tizimning kamchiliklari ham yaqqol namoyon. Kamchiliklar jumlasiga; uchinchi o'rin uchun ishtirokchilarning takroriy o'chrashuvi imkoniyati, tizim murakkabligi, shuningdek kumush va bronza g'oliblarining bir kurashda uchrashmasligini kiritish mumkin, bundan tashqari asta sekin tahlil qilinayotgan tizim "alohida holatlar" uchun ko'p sonli qo'shimchalar va sharhlar bilan boyitildi. Bularning barchasi mutaxassislar bu tizimning nomukammalligini anglashga, va uni bekor qilish uchun fikrlar bildirishga olib keldi. 1999 - yili KXF kurash bo'yicha musobaqalarni o'tkazishning yana bir "yengil" tizimini kiritdi. Bunda musobaqalar ishtirokchilari 3-4 kishidan guruhlarga bo'linadi. Har bir guruhda kurashchilar g'olib aniqlanguncha aylana tizim asosida amalga oshiriladi. So'ngra, to'rtga nisbatan (48 yoki 16 ) ishtirokchilar sonini belgilash uchun kvalifikatsion sinovlar o'tkaziladi. Birinchi va ikkinchi o'rin uchun ikki g'olib saralanmaguncha final tanlovlariga asoslanadi. Mag'lublar yarim fmalda uchinchi va to'rtinchi o'rinlar uchun kurashadi. T01dingisidan ko.'ra bu tizimni 70 yilda sambo kurashi uchun qo'llanilgani uchun yangiroq deb ayta olamiz. Tahlil qilinayotgan tizimda turnirning yakuniy qismida final uchrashuvlar o'tkazish ijobiy sanaladi.

Lekin bu tizimning kamchiliklari ko'proq. Kamchiliklar qatori quyidagilar:



  • Eng kuchli kurashchilarning bir guruhga tushishi, kuchsizroq ishtirokchi musobaqada g'olib bo'lish imkoniyatini yaratadi;

  • Birinchi aylanalardan birida mag'lub bo'lish musobaqada ishtirok etishni imkoniyatini cheklamaganda, to'rtinchi, beshinchi aylanalardagi mag'lubiyat kurashchini chetlashtirishga olib keladi;

  • Musobaqaning to'rtinchi aylanasidan boshlab, g'alaba sifatiga kurashchilar undalmaydi, chunki istalgan g'alaba kurashchiga musobaqani davom ettirish imkonini beradi;

  • Kumush va bronza medal sohiblari o'zaro uchrashmaydi, bu esa bronza medali sovrindori kumush medali sohibidan ko'ra ustunligini ta'kidlashga imkon yaratadi.

  • Bundan tashqari, kvalifikatsion sinovlar o'tkazish uchun tahlil qilinayotgan tizimlar mualliflari maqsadi unchalik tushunarli emas. Imkoni boricha, bu sinovlarni o'tkazishdan uzoqlashish va darhol 4 karralikka teng sonli guruhlarni tuzish zarur. Misol uchun, 15 yoki 16 ishtirokchilardan beshta guruh (4 guruh o'rniga) tuzish nima uchun zarurligi aniq emas. Aynan shunday e'tiroz vazn kategoriyasi 27 dan 32 gacha bo'lgan ishtirokchilar to'qqizta guruh (sakkizta guruh o'rniga)larda musobaqalar o'tkazish buyicha tavsiyalarga ham tegishli.

Yuqorida eslatilgan dalillar kurash bo'yicha musobaqa o'tkazish tizimini tuzatish zarariyati yoki hatto yanada progressive tizimga almashtirishni talab qiladi. Musobaqa o'tkazishning optimal tizimini ishlab chiqish va qo'llash uchun ijobiy misol sifatida dzyudo kurashida qo'llaniladigan tizimni ko'rsatish mumkin.

Kurashning bu turi bo'yicha mutaxxassislar bir necha o'n у Шаг davomida ikki uch qo'shimchadan tashqari musobaqa utkazish tizimida hech qanday o'zgashtirishlar kiritilmadi. Har bir qo'shimcha ham mufassal tahlil qilinib, faqat samarali natijalar berdi.

Lekin dzyudo kurashi mutaxassislaridan farqli ravishda KXF rahbarlari kurashchilar va murabbiylarning e'tirozlariga qaramay, kurash bo'yicha musabaqa o'tkazish tizimi va hakamlik qoidalarini muntazam o^zgartirib turishi kerak deb hisoblanadi. Misol uchun, 1997 yil yoz oyida В.А.Булкгы, 1996; А.Медведь, 1985 mashhur mutaxxissislar bir ovozdan "Qoidalar va reglamentni muntazam to'g'rilash bilan bog'liq bu tartibsizlikka chek qo'yish zarur" deb aytishdi.[19,20,21].

Shu tarzda, kurash bo'yicha musobaqa qoidalarini takomillashtirish va musobaqalarni o'tkazishni turli tizimlari tendensiyasining tanqidiy tahlilini tugatayotib, bu qoidalar, shubhasiz, to'g'rilash va qayta ishlab chiqilishi zarur. Lekin bu to'g'rilashlar qatiiy asoslangan va local xarakterli bo'lishi, sport kurashi rivoji ob'ektiv qonuniyatlarini hisobga olishi va XXI asr talabiga binoan ushbu sport turini optimal tarzda takomillashtirishga yordam berishi kerak. KXF rahbarlari musobaqa uchrashuvlarida ishtirokchilar faolligini oshirish uchun be'mani poygani bas qilishini o'ylab topilgan qo'shimchalar va mayda - chuyda reglamentni qoidalardan chiqarishi, o'zgarishlarni mufassal asoslanishini o'rganib, maviud bo'ladigan vaziyatni hisobga olib kiritishlari zarur [47,48,49,50,51,52,53,54,55,56,57].



Yüklə 471,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin