Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/6
tarix16.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#75586
  1   2   3   4   5   6
Mamatqulov Bahodir hrfd


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM FAKULTETI
«JISMONIY MADANIYAT» KAFEDRASI
.

“SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH METODIKASI” fanidan


KURS ISHI
MAVZU: FUTBOL O'YININI O'RGATISH BOSQICHLARI VA ULARNING AHAMIYATI



«Himoyaga tavsiya etildi»
Kafedra mudiri: _
Ilmiy daraja va unvoni
F.A.Nurmatov

imzo FISh

Sana (kun, oy, yil)


Kafedraning _
kun, oy
yildagi № sonli bayonnomasi.
yilda
« »
himoya qildi yoki himoya qila olmadi yozuvi yoziladi

5112000 - «Jismoniy madaniyat» sirtqi ta‘lim yo‘nalishi
5-kurs «18-5» guruh talabasi



imzo
Mamatqulov Bahodir
tomonidan bajarilgan kurs ishi.

Ilmiy rahbar:


Shermatov M.N
Imzo FISh

Chirchiq - 2022


MUNDARIJA:
REJA:
Kirish.

1. Futbol o`yinining paydo bo`lishi va rivojlanishi.


2. Futbol o'yinini o'rgatish bosqichlari
3. Futbol o`yin qoidalari

4. Futbol musobaqalarini tashkil qilish


XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISh
Futbol qadimgi o`yinlardan biri builb inglizlar e'tirof etishicha, Britan orollarida IX asrdayoq juda mashhur bo`lgan. 1863 yil 26 oktyabrda Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o`yinning 13 moddadan iborat bo`lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan. Keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o`yinining asosi bo`lib koldi.
Futbol o`yinining ilk qoidalarida belgilanishicha, maydon uzunligi 200 yard (183 metr)dan, kengligi 100 yard (91 metr)dan oshiq bo`lmasligi kerak. Darvozalar ikki ustundan iborat bo`lib, ular orasida to`sin bo`lmagan va ustunlar orasidagi masofa 8 yard (7, 32 m) bo`lgan. 1866 yilda balandlikni cheklash uchun ustunlar orasiga arqon tortib qo`yilgan. Yana 10 yil o`tib, bu arqonni yog`och to`singa almashtirishgan.
Futbol o`yindagi turli-xil tarzda uyg`unlashtirilib qo`llaniladigan maxsus usullar to`plami futbol o`yini texnikasini tashkil etadi.
Futboldagi texnik usullar futbol o`yinini vujudga keltirish vosita-sidir. Yuksak sport natijalariga erishish ko`p jihatdan futbolchining ana shu turli-xil vositalarni qanchalik to`liq bilishiga, raqib jamoa o`yinchilari qarshilik ko`rsatayotgan, ko`pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o`yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo`llay bilishga bog`liq.
O`yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol texni-kasida muayyan o`zgarishlar bo`ldi. Bu evolyutsiyaning asosiy yo`nalishlari boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, to`pni boldir bilan to`xtatish singari nomaqbul usul va usullarni qo`llash ancha kamayib ketdi, oyoq yuzi bilan zarba berish, to`pni son va ko`krakda to`xtatish, to`pni qo`l bilan tashlash (darvozabon texnikasi) kabilardan foydalanish koeffitsiyen-ti oshdi, aldash harakatlari (fintlar) taraqqiy etib keldi.
Hozirgi futboldagi texnik usullar o`yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan yetarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakatlar tizimi bilan xarakterlanadi. Futbol texnikasini qo`llashga qo`yiladigan bugungi kunda-gi talab tezlik va ishonchlilik, soddalik va samaradorlikdan iborat.
Futbol o`yini texnikasining tasnifini texnik usullarni umumiy o`ziga xos belgilariga qarab ikki guruhga bo`lish mumkin ya'ni maydon o`yinchisi texnikasi va darvozabon o`yin texnikasiga. Har qaysi bo`lim esa o`z navbatida harakatlanish texnikasi va to`pni boshqarish texnikasi kabi bo`limchalariga taqsimlanadi. Kichik bo`limlar turli usullarda ijro etiladigan muayyan texnik usullardan: harakatlanish texnikasi usullari va usullaridan iborat. Ulardan maydon o`yinchilari va darvozabon foydala-nadi. Ammo ayrim usul va usullar o`zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo`lib, detallardagina farq bo`ladi. Har xil usul, usul va turlarni ijro etish shartlari futbol texni-kasini yanada turli - tuman etadi.
O`rganilayotgan materialni tizimlashtirish usul, usul turlarini tuzuk-roq tushunishga, ularni to`g`ri tahlil qilishga, olingan bilimlarni tako-millashtirish vazifalarini muvafaqqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Futbol texnikasining ifodalanishi maydon o`yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo`lim bo`lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin