Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh qilish



Yüklə 295,59 Kb.
səhifə5/21
tarix16.12.2023
ölçüsü295,59 Kb.
#180799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1. 2 Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh-fayllar.org

Mavzuning amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishidan
“O‟zbekistonning eng yangi tarixi”, “Davlat va huquq nazariyasi”,
“Konstitutsiyaviy huquq” fanlaridan kurs ishi, bitiruv malakaviy ishini yozish, 
shuningdek ma‟ruza matnlari tayyorlashda qo‟shimcha manba sifatida foydalanish
mumkin.

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, 6
paragrаf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati hamda ilovalardan iborat. 


7


I BOB. SUD HOKIMYATI DAVLAT HOKIMYATINING MUSTAQIL 


TARMOG’I SIFATIDA 

1.1 Sud hokimyatining alohida tizim sifatida tashkil topishi hamda uning 

rivojlanish bosqichlari 
Mustaqillik yillarida O‟zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
ma‟naviy hayotida yuz bergan o‟zgarishlar o‟z navbatida inson faoliyatining
barcha sohalarida tegishlicha tub o‟zgarishlar qilinishini, ijtimoiy qadriyatlar 
ustuvorligini qaytadan ko‟rib chiqish zaruriyatini taqоzo etdi
1
.

Qonunlarimizni isloh qilish borasidagi ishlar juda katta ahamiyat kasb etadi.


Biroq islohotlar muvoffaqqiyatli tarzda amalga oshirilishi va yangi qonunlar 
xohlaganimizdek natijalarga olib kelishi uchun bosib o‟tilgan yo‟lni to‟la aniqlash
va idrok etish, o‟z tariximizni anglab yetishimiz lozim. O‟tmish, bugungi kun va 
kelajak – bir-biri bilan chambarchas bog‟langan mushtarak ildizlar bo‟lib, biz
tarixga qanchalik ko‟p murojaat qilsak, bugun va ertaga nimalar qilishimiz 
kerakligini yanada ko‟proq tushuna boramiz
2

Sud hozirgi O‟zbekiston hududida davlatchilikning bir belgisi sifatida ko‟p


asrlik tarixga ega. Uning qadim o‟tmishda, bundan uch yarim ming yil ilgari, ya‟ni 
davlatchilik shakllanishing dastlabki bosqichlarida qanday bo‟lganligi to‟g‟risida,
afsuski, ishonchli ma‟lumotlar yo‟q. Umuman olganda, O‟rta Osiyo xalqlarining 
qadimgi madaniyati, turmushi, an‟analari va ma‟naviy negizlari umumiy tavsifga
asoslanib shunday faraz qilish mumkinki, sudyalik vazifalarini obro‟-e‟tiborli, 
hurmatli, boy hayotiy tajribaga ega bo‟lgan kishilar bajarishgan. Ular tomonidan
jamiyatdagi nizoli, ziddiyatli holatlar yuzasidan chiqarilgan qarorlar har qanday 
shubhadan holi va majburiy deb e‟tirof etilgan
3
.

1
Umarova Sh.O. O‟zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat qurishda sud hokimyatining o‟rni.


- T., 2005. - 56-b.


2
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.: 

“Adolat”, 2002 .–5-b.


3
O‟sha manba. 5-b. 


8
O‟zbekiston hududida qariyb o‟n uch asr davomida shariat qonunlariga amal 


qilgan qozilik sudlari hamda xalq urf-odatlari va an‟analari me‟yorlari bo‟yicha


qarorlar qabul qilgan biylik sudlari mavjud bo‟lgan. 
O‟n to‟qqizinchi asrning ikkinchi yarmida (O‟rta Osiyoni Rossiya
imperiyasi bosib olganidan keyin) mustamlakachi chor hokimyati bu yerda Rossiya 
imperiyasi qonunlariga ko‟ra amal qiluvchi o‟z sud organlarini ta‟sis etdi. Bu
sudlar dastlab Rossiya fuqarolari manfaatlariga daxldor fuqarolik nizolarini va 
jinoyat ishlarini ko‟rib chiqishgan, keyinchalik jiddiy nizolar, shuningdek qonunga
binoan ozodlikdan mahrum qilish, jazolash nazarda tutilgan jinoyatlar haqidagi 
ishlar ham ularning vakolatlariga berilgan
1

Oktabr to‟ntarilishi, shubhasiz, sud tizimiga ham ta‟sir qildi. Xalq sudlari va


tribunallar ta‟sis etildi. Ular sovet hokimyatining ilk qarorlarida rasmiy ravishda 
ko‟rsatilganidek, “proletarcha ongga” amal qilishgan. Ularga o‟z faoliyatida agar
“revolutsiya manfaatlariga” zid kelmaydigan bo‟lsa, chor Rossiyasining 
qonunlarini qo‟llash ham ruhsat etilgan edi
2

Aytib o‟tganimizdek, davlatchiligimizning boy tarixi 1917-yilga qadar uning


hududida mustaqil sud hokimyati faoliyat ko‟rsatganligidan, xalq va davlat 
tizimining hurmat-ehtiromga sazovor bo‟lgan bu hokimyat adolat va qonun
posboni bo‟lganligidan dalolat beradi. Ammo, sovetlar davrida odil sudlovning 
eski tizimlarini o‟ylamay-netmay o‟zgartirish, uni partiya va sovetlarga
bo‟ysundirish adolat sudini yo‟qqa chiqardi
3
.

Sud totalitar tuzumining bir qismiga aylanib, 30-50-yillarda respublikamiz 


boshiga qirg‟in keltirdi, uning o‟n minglab asl farzandlarining umriga zomin


bo‟ldi. Qatag‟onlar qoralanib, bunday bedodliklarga boshqa yo‟l qo‟yilmasligi 
va‟da qilingan bo‟lsa-da, odil sudlov tashqaridan qilinadigan tazyiqlardan himoya
etilmadi, avvalgidek qaram va huquqsiz bo‟lib qolaverdi
4
.
1
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.: 
“Adolat”, 2002 .–5-b.
2
O‟sha manba. 7-b 

3
Sud shunday hokimyatki // Yosh kuch jurnali. -1994-yil. - №1. 


4
O‟sha manba. 


9
Shu boisdan hattoki 80-yillarda ham o‟zbek xalqiga nisbatan qatag‟onning 


yangi to‟lqini avj oldirilganligi tasodifiy hol emas. Mash‟um “Paxta ishi”


bahonasida minglab aybsiz kishilar hibsga olindi. Gdlyan va Ivanovning jinoiy 
to‟dasi ayollar va bolalarni ham ayab o‟tirmay qamoqqa tashladi. O‟shanda markaz
tomonidan har taraflama do‟mbira qilib chalingan “O‟zbeklar ishi” to‟g‟risidagi 
uydurma paydo bo‟ldi
1

Ming bor shukurlar bo‟lsinkim, mustaqilligimiz munosabati bilan


respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan qo‟llab-quvvatlabganligi 
sababli bu ishlar qayta ko‟rib chiqildi, aybsiz hukm qilingan ming-minglab kishilar
oqlandilar, qonuniylik tiklandi
2
.

Sovetlar davrida qabul qilingan konstitutsiyalarning birontasida ham sud 


mustaqilligi, sud hokimyati to‟g‟risida lom-lim deb og‟iz ochilmaganligi tufayli


xalqimiz mana shunday qatag‟onlarga duchor bo‟ldi
3
.

Yana shuni aytib o‟tish lozimki, hokimyatning qonun chiqaruvchi, ijro 


etuvchi, sud hokumyatiga bo‟linishi tamoyilining Konstitutsiyada mustahkamlab


qo‟yilishi mustaqillikning eng muhim yutuqlaridan biri bo‟ldi. Faqat shunday 
umume‟tirof etgan, tajribada sinovdan o‟tgan demokratik yo‟l bilangina odil
sudlov lozim darajada amalga oshirilishi, Konstitutsiyaga va inson huquqlari 
to‟g‟risidagi xalqaro hujjatlarga so‟zsiz rioya etilishi, ijtimoiy adolat, fuqarolar
tinchligi va totuvligini ta‟minlash, qonuniylik va huquqiy tartibotning 
mustahkamlanishiga erishish mumkin
4

Shu bilan bir qatorda sud hokimyatining yangi tuzilmalari (Konstitutsiyaviy
sud, xo‟jalik va harbiy sudlar)ni yaratish ishlari ham olib borildi. Jamiyat hayoti 
gurkirab taraqqiy etdi. Barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi. Huquqiy
davlatning mustahkamlanib borishi sud islohotni chuqurlashtirishni, odil sudlov 
tizimini demokratlashtirishni taqozo qildi.

1
Sud shunday hokimyatki // Yosh kuch jurnali.-1994-yil. №1. 


2
Polvonzoda A.A,Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.: 


“Adolat”, 2002 .–5-b.
3
Sud shunday hokimyatki // Yosh kuch jurnali.-1994-yil. №1.

4
Vohiov Z. O‟zbekiston Respublikasida hokimyat bo‟linishi prinsipining amaliy ifodasi. – T.,2000.-12-b. 




10

Davlat mustaqilligi e‟lon qilingandan so‟ng jamiyatda boshlangan
demokratik tub islohotlar sudning davlat organlari tizimidagi o‟rni va rolini 
mukammallashtirishni talab qilar edi
1

Bugungi kunda sud hokimyati davlat hokimyatining mustaqil tarmog‟i 


ekanligi to‟g‟risidagi nuqtai nazar to‟la qaror topdi. Sovet davrida, ayniqsa uning
dastlabki bosqichida, bunday g‟oya inkor etilgan edi. Sudning jazolovchi 
funksiyasi asosiy o‟rinni tutar, sud amalda eng avvalo bosib turishga moslashgan
davlat apparatining bir bo‟g‟ini bo‟lib, uning muhofaza qilish funksiyasi haqida 
umuman gapirilmas edi. Faqat huquqiy davlat g‟oyasining e‟lon qilinishi,
O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sud hokimyati davlat hokimyatining 
alohida mustaqil tarmog‟i sifatida e‟tirof etilgandan keyingina qonunlarda o‟z
aksini topayotgan muayyan nazariy baza yaratila boshlandi. 

O‟zbekiston Respublikasi oliy sudi Plenumi sud hokimyati tushunchasiga 


birinchi marta quyidagicha ta‟rif berdi: “Sud hokimyati – bu sudlarning
O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga 
so‟zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo‟jalik ishlarini va ma‟muriy
huquqbuzarlik to‟g‟risidagi ishlarni ko‟rish bo‟yicha vakolatlidir”
2
.

Izoh tariqasida, shuni qayd qilish kerakki, Oliy sud Plenumi talqinida sud 


hokimyatining muhim funksiyalaridan biri – Konstitutsiyaning 108-moddasiga


binoan

O‟zbekiston


Respublikasi 
Konstitutsiyaviy
sudiga

yuklangan


konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish o‟z aksini topmagan. 

1992-yil 3-iyulda O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibida Harbiy


hay‟at ta‟sis etildi.
Harbiy sudlar tizimi “Sudlar to‟g‟risida”gi Qonunda belgilangan va 
Qonunning 39-moddasiga muvofiq O‟zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimi
1
Jumaboyev Q. Hokimyatlar bo‟linishi demokratik tamoyildir // Hayot va qonun. 1997-yil.№ 4.- 61-b. 

2
O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining to‟plami. 1991-1997. – T.: Sharq, 1997. 5-7-


betlar.



11
O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy hay‟ati, O‟zbekiston Respublikasi 


harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat


1

Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilan faoliyatni amalga oshiradigan


sud

hokimyatining


shakllantirilishi, 
davlatda
ijtimoiy 
barqarorlik
va

qonuniylikning ta‟minlanishi, “O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi


to‟g‟risida”gi, “Sudlar to‟g‟risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi O‟zbekiston 
Respublikasida sud islohoti ilk bosqichining asosini tashkil etdi
2

Sud-huquq islohoti navbatdagi bosqichining vaziflari O‟zbekiston


Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‟aniyevich Karimovning birinchi chaqiriq 
Oliy Majlisining VI sessiyasida so‟zlagan nutqida aniq ifodalab berildi: “Sud
islohotini chuqurlashtirish, hokimyatning uchunchi, mustaqil va qaram bo‟lmagan 
tarmog‟i sifatida butun sudlov odil tizimini demokratlashtirish – huquqiy davlatni
mustahkamlashning yana bir muhim yo‟nalishidir. Ijtimoiy turmushimizning 
demokratik institut tariqasida sudning ahamiyati jiddiy oshirilishi zarur.

Fuqarolarning qonuniy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sudlarning


va huquq-tartibot organlarining faoliyatida asosiy mazmunga aylanmog‟i kerak. 
Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya
qiluvchi organga aylanib, haqiqatdan ham mustaqil bo‟lib qolishi lozim”
3
.

Prezident I.A.Karimovning tashabbusiga ko‟ra 1997-yil 12-sentabrda 


birinchi marta O‟zbekiston sudyalari qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda O‟zbekiston
sudyalari Assotsatsiyasini ta‟sis etish haqida qaror qabul qilindi, Assotsatsiya 
nizomi tasdiqlandi. Assotsatsiyaning eng muhum vazifasi – respublikada sud
hokimyatining mustaqilligini ta‟minlash deb qayd qilindi. Qonunlar loyihasini 
tayyorlashda qatnashish, Oliy Majlisga qonun loyihalari yuzasidan har taraflama
yordam ko‟rsatish, kasbiy-huquqiy ekspertiza o‟tkazish va shu kabilar 
Assotsatsiyaning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Assotsatsiya sudyalikka
1
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.: 

“Adolat”, 2002 .–64-b.


2
O‟sha manba.16-b. 

3
Karimov I.A. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Milliy 


davlatchilik, istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to‟g‟risida. - T.: IIV Akademiyasi, 1999. - 381-b.



12
nomzodlar tanlash va joy-joyiga qo‟yishga faol ta‟sir qilishi, sudyalar malakasini 


oshirish shartligi ko‟rsatilgan


1

Sud tizimi – davlat hokimyati tomonidan ularga berilgan vakolatlar hamda


ular oldiga qo‟yilgan vazifa va maqsadlarning yig‟indisiga asoslangan sud 
mahkamalaridan iborat
2
.

Konstitutsiyaning 


107-moddasi


va “Sudlar to‟g‟risida”gi hamda 
“Konstitutsiyaviy sud to‟g‟risida”gi O‟zbekiston respublikasi qonunlariga ko‟ra
O‟zbekiston Respublikasida sud hokimyati tizimi quyidagilardan tashkil topgan: 
1) O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; 

2) O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudi; 


3) O‟zbekiston Respublikasi Oliy xo‟jalik sudi;

4) Qoraqalpog‟iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‟yicha oily


sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‟yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
5) Fuqarolik ishlari bo‟yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; 

6) Jinoyat ishlari bo‟yicha tuman (shahar) sudlari;

7) Harbiy sudlar;
8) Qoraqalpog‟iston Respublikasi xo‟jalik sudi;

9) Viloyat va Toshkent shahar xo‟jalik sudlari. 


Favqulodda sudlar tuzishga yo‟l qo‟yilmaydi. 


O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sud va Oliy xo‟jalik
sudi raislari, rais o‟rinbosarlari hamda sudyalari O‟zbekiston Respublikasi 
Prezidenti taqdimnomasiga binoan O‟zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi
tomonidan 
besh
yil

muddatga


saylanadi. 
Ikki
palatali 

parlament


shakllantirilganidan keyin mazkur sud a‟zolarini saylash bilan bog‟liq bu vakolat 
Oliy Majlisning yuqori palatasi – Senatga beriladi
3

1
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.: 


“Adolat”, 2002 .–17-b.


2
Kostetskiy V.A.O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Izohli lug‟at. – T., 2004.-107-b. 

3
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.: 


“Adolat”, 2002 .–48-b.



13
Konstitutsiyaviy sud – qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatlarning 


hujjatlari O‟zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga qanchalik mosligini tekshirib


turish – O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining asosiy vazifasidir, 
ya‟ni chiqarilayotgan qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya talablariga
qanchalik javob bera olishini tekshirishdan iborat
1
.

O‟zbekiston Respublikasida dastlabki konstitutsiyaviy yurisdiksiya 


Konstitutsiyaviy nazorat qo‟mitasi zimmasiga yuklangan edi. 1992-yil 8-dekabrda


qabul qilingan O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy sud ta‟sis 
etish zaruratini belgilab berdi
2
.
Oliy sud – fuqarolik, jinoiy va ma‟muriy sudlov ishlarini yurgazish borasida
O‟zbekiston Respublikasi sud hokimyatining Oliy mahkamasi. Oliy sud tarkibi – 
Rais, uning birinchi o‟rinbosari, o‟rinbosari, sudlov hay‟ati raislari, Oliy Sud
sudyalaridan iborat bo‟lib, Oliy sud Rayosati, Fuqarolik ishlari bo‟yicha sudlov 
hay‟ati, jinoyat ishlari bo‟yicha sudlov hay‟ati, harbiy hay‟atdan iborat tarkibda ish
olib boradi
3
.

Oliy xo‟jalik sudi – xo‟jalik nizolarini hal etish sohasida sud hokimyatining 


oliy mahkamasi hisoblanadi. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-


moddasiga muvofiq, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, 
muassasalar, tshkilotlar o‟rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o‟rtasidagi,
iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‟jalik 
nizolarini hal etish Oliy xo‟jalik sudi va xo‟jalik sudlari tomonidan ularning
vakolatlari doirasida amalga oshiriladi
4
.

“Sudlar to‟g‟risida”gi Qonunda Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi aniq 


belgilab qo‟yilgan. Masaan, qonunning 1-moddasiga muvofiq mazkur tizim


tarkibiga O‟zbekiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‟yicha viloyatlar 
1
.Kostetskiy V.A.O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Izohli lug‟at. – T.,2004.-98-b. 

2
Umarova Sh.O. O‟zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat qurishda sud hokimyatining o‟rni.


- T., 2005. - 85-b.
3
Kostetskiy V.A .O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Izohli lug‟at. – T.,2004.-92-b. 

4
O‟sha manba.-92-b. 




14
va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‟yicha tumanlararo, tuman (shahar) 


sudlari, jinoyat ishlari bo‟yicha tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar kiradi.


Harbiy sudlar – umumiy sudlarga o‟xshash sud ishlarini olib boruvchi 
hamda O‟zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida sud hokimyatini amalga
oshirishga vakil qilingan sud hay‟ati, shuningdek, harbiy xizmat ko‟zda tutilgan 
qo‟shinlar, harbiy jamlamalar va ijroiya hokimyat mahkamalarida ham faoliyat
olib boradi
1
.
Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimida tumanlararo, tuman (shahar) sudlari
asosiy bo‟g‟in hisoblanadi. Chunki ko‟pgina fuqarolik va jinoyat ishlarini
shuningdek ma‟muriy huquqbuzarlik to‟g‟risidagi ishlarni birinchi instansiya
tariqasida ko‟rish ayni shu sudlar zimmasiga to‟g‟ri keladi. Har yili o‟n minglab 
jinoyat va fuqarolik ishlari tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko‟riladi.
Masalan, birgina 2000-yilning o‟zida sudlar 50 mingdan ortiq jinoyat ishlarini va 
90 mingdan ortiq fuqarolik ishlarini ko‟rganlar
2
.

Mamlakatimizda fuqarolik, jinoyat va ma‟muriy sud ishlarini yuritish


sohasida sud hokimyatining oliy organi hisoblangan Oliy sud faoliyatining asosiy 
qismi sudlov hay‟atlari zimmasiga tushadi. Bu bo‟linmaning tarkibini Oliy sud
raisining taqdimga ko‟ra sud a‟zolari orasidan Oliy sud Plenumi belgilaydi 
(“Sudlar to‟g‟risida”gi Qonunning 17-moddasi)
3
.

Sudlov hay‟ati birinchi instansiyada O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudi 


vakolatiga tegishli fuqarolik va jinoyat ishlarini uch sudyadan iborat tarkibda


ko‟radi. Masalan, 1999-yil oxirida O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga saylov 
o‟tkazilganda Oliy sud birinchi bosqich bo‟yicha okrug saylov komissiyalari
harakatlari ustidan berilgan shikoyatlar asosida 13 ta fuqarolik ishini ko‟rib chiqdi. 
Bunday toifadagi ishlarning sud tarkibida hal etilishi o‟tkazilgan saylovlar
demokratik, oshkora va ochiq ekanligidan dalolat beradi
4
.

1
Kostetskiy V.A.O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Izohli lug‟at. – T., 2004. - 92-b. 


2
Sudlar mustaqilligi – qonun ustuvorligi mezoni // Xalq so‟zi. - 2002. 27-sentabr. 


3
Polvonzoda A.A., Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.: 

“Adolat”, 2002 .– 63-b.


4
Abdumajidov G‟. Sud-huquq islohotlari – tarixy zarurat // Hayot va qonun. - 2000-y.5-son. 67-b. 


15
Prezident Islom Karimovning O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 


Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O„zbekiston mustaqilligining 16


yilligiga bag„ishlangan qo„shma majlisidagi ma‟ruzasida mamlakatimizda sud-
huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida
chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo„yicha yangi konsepsiya hayotga tatbiq 
qilingani alohida ta‟kidlandi. Sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlar
bo„yicha alohida sudlar tashkil etildi, sudlar sud qarorlarini ijro etish bilan bog„liq 
o„zlariga xos bo„lmagan vazifalardan ozod qilindi
1

Shunday qilib, sud islohotini amalga oshirish jarayonida sud vakolatlarida 


tub o‟zgarishlar ro‟y berdi: fuqarolik-huquqiy va jinoyat-huquqiy munosabatlar
sohasida qonunlar va qonun osti hujjatlari bilan cheklab qo‟yilgan taalluqlikning 
qoidasi bekor qilinib, dunyoda qabul qilingan andozalarga mos keladigan
vakolatlar belgilandi
2
.
Ana endi mustaqil O‟zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha‟ni, qadr-
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanmish umuminsoniy
prinsiplarga asoslanadigan huquqiy-demokratik davlat qurish bilan bog‟liq aniq 
yo‟lni tanladi. Konstitutsiyamizning 44-moddasiga binoan har bir kishiga buzilgan
huquqlarini sud yo‟li bilan himoya etilishi kafolatlangan bo‟lib, har qanday 
huquqiy nizoni esa xolis va beg‟araz sudda hal qilinishini, shaxsning huquqlari va
davlatning manfaatlari faqat sudda huquqiy asoslarga ko‟ra himoya qilinishi 
mumkinligi belgilangan.

1


www.UzA
. “Sud-huquq islohoti”. Abduraimova N. 9-oktabr.2007-yil 
2
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.: 

“Adolat”, 2002 .–17-b.




16


Yüklə 295,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin