Respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish



Yüklə 381,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix08.06.2023
ölçüsü381,08 Kb.
#127134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
765 02.12.2020 (1)

Oldingi
 tahrirga qarang. 
23. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan 
alohida hollarda kichik maydonlarda yetishtiriladigan o‘simliklarni himoya qilishda ishlatiladigan, 
biroq tijorat qiymatiga ega bo‘lmagan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini 
ro‘yxatga olish sinovlari Agentlik tomonidan moliyalashtiriladi. 
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 
dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 
09/21/752/1166-son)
Bunda ishlab chiqaruvchi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining 
namunasini sinovni o‘tkazuvchilarga zarur miqdorda yetkazib beradi. 
24. Sinovlarning belgilangan tartibda o‘tkazilishi, natijalarning ishonchliligi, xulosalar va 
tavsiyalarning ob’ektivligi (xolisonaligi) uchun sinovni o‘tkazuvchilar javobgar hisoblanadi. 
25. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida 
ariza bergan, shuningdek, ularni yaratgan shaxslar kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish 
vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa tayyorlanishida qatnashishi mumkin 
emas. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
26. Sinovni o‘tkazuvchilar sinovlar va ekspertiza natijalari bo‘yicha ilmiy hisobot 
tayyorlaydi va uning asl nusxasini Agentlikka taqdim etadi. 
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
27. Ishchi organ o‘tkazilgan sinovlar yakuniga oid ilmiy hisobotlar, xulosalarni tahlil etadi
umumlashtiradi va o‘ttiz kun muddatda Agentlikka kiritadi. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib 
chiqadi, muhokama qiladi hamda kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositasini ro‘yxatga 
olish yoki rad etish to‘g‘risida tegishli qarorni qabul qiladi. 
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
28. Kimyolashtirish yoki o‘simliklarni himoya qilish vositasini ro‘yxatga olganlik uchun 
chet ellik ariza beruvchi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorda, vosita 
qayta ro‘yxatga olinganda yoki qo‘llash doirasi kengaytirilganda100 baravari miqdorida bir martalik 
yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida undiriladi. Chet el valyutasidagi to‘lovlar 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to‘lov to‘lanadigan kun uchun belgilangan 
valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida 
amalga oshiriladi. 
Mahalliy ariza beruvchilardan mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 20 va 10 
baravari miqdorida bir martalik yig‘imlar undiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 
dekabrdagi 752-sonli 
qaroriga 
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 
09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
29. Agentlik ariza beruvchilarga mazkur Nizomga 
10-ilovada
keltirilgan namunadagi 
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi (yoki yuboradi). 
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 


30. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, 
kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik 
himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatini 
yuritadi hamda veb-saytida e’lon qilib boradi. 
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
31. Ro‘yxatni yuritish va e’lon qilishga Agentlikning kimyolashtirish va o‘simliklarni 
himoya qilish vositasini ro‘yxatga olish haqidagi qarori asos bo‘lib hisoblanadi. 
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
32. Ro‘yxatni yuritish va e’lon qilish xarajatlari Agentlik tomonidan qoplanadi. 
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
33. Ro‘yxatga olish muddati tugagandan so‘ng, ariza beruvchining arizasiga ko‘ra 
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari keyingi muddatga qayta ro‘yxatga kiritilishi 
mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‘mitasining xulosalari asosida qabul qilingan Agentlikning qarori kimyolashtirish va 
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini keyingi muddatga qayta ro‘yxatga kiritilishiga asos bo‘ladi. 
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 
dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 
09/21/752/1166-son)
34. Quyidagilar kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga 
olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin: 
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va 
namunalarning ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi, ruxsat berish 
talablari va shartlariga nomuvofiqligi
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan 
ma’lumotlarning mavjudligi; 
ushbu Nizomga muvofiq kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini 
ro‘yxatga olish sinovlarini o‘tkazish yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosalar berilishi. 
35. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishning boshqa asoslarga ko‘ra rad 
etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
36. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani berishning rad etilganligi to‘g‘risidagi 
xabarnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari 
hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun 
taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). 
37. Ariza beruvchi ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish sabablarini 
bartaraf etishga va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat 
ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan 
boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. 
38. Ariza beruvchi tomonidan ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berishni rad etish 
sabablarini bartaraf etilishi natijasida kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining 
sifati, samaradorligi va xavfsizlik xossalarining o‘zgarishiga olib kelsa, u holda ariza yangidan 
berilgan hisoblanadi. 
39. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ilgari ariza beruvchiga yozma ravishda bayon 
qilinmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf 


etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarining keltirilishi bundan 
mustasno. 
40. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish rad etilgani to‘g‘risidagi xabarnomada 
ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan 
hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqiladi. 

Yüklə 381,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin