Respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish


-bob. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani olish uchun hujjatlar taqdim etish



Yüklə 381,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix08.06.2023
ölçüsü381,08 Kb.
#127134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
765 02.12.2020 (1)

2-bob. Ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnomani olish uchun hujjatlar taqdim etish 
8. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
ariza beruvchilar (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakil) ushbu Nizomga muvofiq 
quyidagilarni taqdim etadi: 
mazkur Nizomning 
2-ilovasiga
 muvofiq shaklda ariza; 
mahalliy ariza beruvchilar tomonidan boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan 
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ishlab 
chiqaruvchining rozilik xati va ishlab chiqarish sertifikati; 
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazgan tashkilotlar 
nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) boshqa shaxs foydalanganda tuzilgan 
litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi nusxasi
mazkur Nizomning 
3 — 9-ilovalarida
 nazarda tutilgan tartibda yig‘ilgan, qismlar bo‘yicha 
guruhlangan va raqamlanib, tegishli ravishda ariza beruvchilar (rahbari)ning imzosi bilan 
tasdiqlangan texnik hujjatlar to‘plamining bir xildagi uch nusxasi; 
sinovlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish 
vositalarining namunalari va taqqoslash uchun etalonlari; 


analogi bo‘lmagan yangi o‘simliklarni himoya qilish vositalari ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
taqdim etilayotganda ularga tegishli analitik standarti; 
yangi mikrobiologik kimyolashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilayotganda 
3

6

7
 va 
9-ilovalarga
 muvofiq shakldagi ma’lumotlar; 
tarkibida yangi ta’sir etuvchi moddasi bo‘lgan kimyolashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish 
uchun taqdim etilayotganda 
3 — 9-ilovalarida
 muvofiq shakldagi ma’lumotlar; 
preparativ shakli o‘zgargan va (yoki) konsentratsiyasi o‘zgargan kimyolashtirish va analogi 
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilayotganda 
3

3a

4
va 
9-ilovalarga
muvofiq shakldagi 
ma’lumotlar; 
yangi preparativ shakli o‘zgargan va (yoki) titri o‘zgargan mikrobiologik ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun taqdim etilayotganda 
3

6
 va 
9-ilovalarga
 muvofiq shakldagi ma’lumotlar; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tarkibida oldin Agentlik tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sir etuvchi moddalari bo‘lgan 
kombinatsiyalashgan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilayotganda 
3

4
 va 
9-ilovalarga
 muvofiq 
shakldagi ma’lumotlar; 
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 
dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 
09/21/752/1166-son)
qayta ro‘yxatga olish yoki qo‘llash sohasi kengaytirilayotgan kimyolashtirish va ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun taqdim etilayotganda 
3

3a
 va 
9-ilovalarga
 muvofiq shakldagi ma’lumotlar taqdim 
etiladi. 
9. Ariza beruvchilardan ushbu Nizomning 
9-bandida
nazarda tutilmagan hujjatlar va 
namunalarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
10. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
zarur bo‘lgan hujjatlar bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi 
haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza 
beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Bunda kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari namunalari bevosita yoki 
pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi. 
11. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
taqdim etilgan hujjatlar va tegishli namunalar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatda hujjatlarning 
qabul qilingan sanasi va qabul qilgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi ko‘rsatilib, imzosi 
qo‘yilgan holda darhol ariza beruvchilarga beriladi (yuboriladi). 

Yüklə 381,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin