Reja: Yakka tartibdagi tadbirkorlik Biznesda marketing faoliyatini tashkil etish Biznes infratuzilmasi O'sishning optimal variantini tanlash Boshqarishning tarkibiy



Yüklə 74,75 Kb.
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü74,75 Kb.
#194256
1   2   3   4   5   6   7   8
REJA

BIZNESNI TASHKIL ETISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi, biznes faoliyatilar to‘g‘risidagi, xususiylashtirish va davlat tasaruffidan chiqarish to‘g‘risidagi va boshqa bir qator me’yoriy xujjatlarda ko‘p ukladlilik asoslari belgilanib, ular mulkchilikning barcha shakllarining teng huquqliligini qaror toptirish, mulkdorlarning huquqlarini qat’iy himoyalanishi, xususiy mulkni yanada himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgandir. Tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub biznes faoliyatilarni barpo etish, ular faoliyatining, ularni qayta tashkil etish va tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari mazkur me’yoriy xujjatlarda keng yoritib berilgan. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi biznes faoliyatilarga bo‘linadi:
-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolarning individual (xususiy) mulkiga asoslangan biznes faoliyati;
-jamoa mukiga asoslangan jamoa, oila, maxalla, ishlab chiqarish kooperativlari; kooperativlarga qarashli, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyatli cheklangan jamiyatlarga, o‘zga xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlariga qarashli; jamoat tashkilotlarining, diniy tashkilotlarining va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga asoslangan biznes faoliyati;
-davlat mulkiga asoslangan respublika davlat, Qoraqalpog‘iston respublikasi davlat korxonalari, kichik va xususiy, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shaxar davlat korxonalari, kichik va xususiy biznes faoliyatlarining boshqa turlari;
-to‘la yoki ulush qo‘shib ishtirok etishga asoslangan (qo‘shma biznes faoliyatilar) respublika mulki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ajnabiy xuquqiy shaxslar, firmalar va davlatlar mulki bo‘lgan biznes faoliyati;
-mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan biznes faoliyati.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, biznes faoliyati ishlovchilar soniga qarab kichik biznes faoliyatilar jumlasiga kiritilgan, bunday biznes faoliyatilarni barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jixatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari, shuningdek biznes faoliyatilarni bu turga kiritish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirishning xuquqiy asoslari, shuningdek rag‘batlantirish yo‘llari “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida” (1991 yil 15 fevral) va “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi (2005 yil 21 sentyabr) Farmonlarda o‘z aksini topdi. Mazkur qonunlar tadbirkorlikning iqtisodiy va xuquqiy mustaqilligiga kafolat beradi, ularning huquq va ma’suliyatini aniqlaydi, tadbirkorlarning boshqa biznes faoliyatilari davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi. Bundan tashqari, fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatini butun choralar bilan ishga solish, ularning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning xuquqiy kafolatlrini belgilash asosida bozor munosabatlarini jadallashtirishga qaratilgandir.

Yüklə 74,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin